Odilqoriyev X. T


partiyalar bilan davlat organlari funksiyalarini ajratish



Download 1,16 Mb.
bet357/370
Sana01.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#297353
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   370
Bog'liq
777 (1)


partiyalar bilan davlat organlari funksiyalarini ajratish;

  • davlat boshqaruvini demokratlashtirish;

  • huquqiy madaniyatni yuksaltirish;

  • yangi huquqiy tafakkur va huquqiy qadriyatlarning vujudga keltirilishi. Huquqiy davlatda tabiiy-tarixiy huquq va erkinliklar, davlat bilan muno- sabatlarda fuqarolar manfaatining ustunligi, huquqda umuminsoniy asoslar, in- sonning oliy qadri ta’minlanadi. «Huquqiy davlat» tushunchasi – demokratiya, insonparvarlik, inson huquqlari, siyosiy va iqtisodiy erkinliklar, liberalizm kabi muhim umuminsoniy qadriyatlardan biri. Huquqiy davlatning mohiyati – ijti- moiy va siyosiy hayotda huquqning ustunligi, suveren huquqiy hokimiyatning mavjudligida ifodalanadi. Hokimiyatning bo‘linishi prinsip yordamida davlat huquqiy usulda tashkil topadi va faoliyat ko‘rsatadi, bu siyosiy hayotning de-


    mokratiyalashuvi mezonidir. Huquqiy davlatning oddiy davlatdan farqi nimada? Oddiy davlat butun hokimiyatni o‘z qo‘lida jamlaganligi, huquq bilan chega- ralanmaganligi, davlatning jamiyatdan ustunligi, fuqaroning davlat organlari va mansabdor shaxslar o‘zboshimchaligidan himoya qilinmaganligi bilan tavsifla- nadi. Undan farqli o‘laroq, huquqiy davlat huquq bilan bog‘langan bo‘ladi, qo- nunning ustunligidan kelib chiqadi, jamiyat tomonidan belgilangan mezonlar doirasida ish ko‘radi, jamiyatga bo‘ysunadi, fuqarolar oldida mas’ul bo‘ladi, fuqarolarning ijtimoiy va huquqiy himoyasini ta’minlaydi. Аyni vaqtda, boshqa har qanday davlat singari, huquqiy davlat ham umumiy jihatlarga ega bo‘ladi. Ular quyidagilardan iborat:

      1. ommaviy-siyosiy hokimiyat ichki va tashqi siyosat olib borish vositasi sifatida huquqiy davlatga xosdir;

      2. huquqiy davlat jamiyatning tegishli ijtimoiy-iqtisodiy negiziga asoslan- gan siyosiy tashkilotidir;

      3. demokratik davlat mexanizmiga ega bo‘ladi;

      4. soliqlar va boshqa yig‘imlar hisobidan ta’minlanadi;

      5. davlat suverenitetini xalq suverenitetiga muvofiq amalga oshiradi. Huquqiy davlatning mohiyatini huquqning oliyligi, hukmronligi, qonun-

    ning ustunligi tashkil etadi. Qonunning ustunligini ta’kidlaganda shu narsa muhimki, har qanday qonunning ustunligini ta’minlash bu hali huquqiy dav- latchilik vujudga keldi degani emas. Chunki, qonunlar o‘z mazmuniga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, mustabid, totalitar, avtoritar, fashistik dav- latlarda nohaqlik, zo‘ravonlik va johillikni ifodalovchi qonunlar amal qilishi mumkin. Bunday qonunlarning ustunligini ta’minlash huquqiy davlatchilik bilan hech qanday aloqasi yo‘q. Huquqiy davlatda tom ma’noda xalq iroda- sini ifodalovchi adolatli, demokratik, insonparvar qonunlarning ustuvorligi ta’minlanishi nazarda tutiladi. Xuddi shu ma’noda haqqoniy, huquqiy qonun haqida gapiriladi.

    Huquqiy davlatda hokimiyatning diqqat markazida turadigan asosiy nar- sa – bu fuqarolarning, shaxsning huquq va erkinliklarining kafolatlanganligi- dir. Huquq, qonun erkinlik va adolat me’yori sifatida maydonga chiqadi. Qonun yordamida shaxs erkinliklarining ta’minlanishi – huquqiy davlatning muhim funksiyasidir.

    Huquqiy davlat huquq va qonunning ustunligi, qonun va sud oldida barchaning tengligi ta’minlanadigan, fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlangan, davlat hokimiyati vakolatlari demokratik taqsimlash asosida tash- kil etiladigan adolatli davlat sifatida maydonga chiqadi. Zamonaviy huquqiy davlat – avvalo, inson huquq va erkinliklari, hokimiyatni amalga oshirishda (bevosita yoki vakillari orqali) xalqning ishtiroki ta’minlanadigan demokra-
    tik davlat. U yuksak huquqiy va siyosiy madaniyat, rivojlangan fuqarolik jamiyatini nazarda tutadi. Huquqiy davlatda fuqarolarga o‘z qarashlari va e’tiqodlarini qonun doirasida himoya qilish imkoniyati ta’minlanadi. Bu, xu- susan, siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalarining shakllanishi va faoliyat olib borishi, siyosiy plyuralizm, so‘z va matbuot erkinligi hamda shu kabi- larda o‘z ifodasini topadi.

    Huquqiy davlat uchun fuqarolarning davlat oldida va davlatning fuqarolar oldida o‘zaro mas’ulligi xosdir. Davlat har bir insonga tug‘ilishidan boshlab tegishli ajralmas huquq va erkinliklarni nafaqat tan oladi, balki ularni hayotga real tatbiq etish va tajovuzlardan himoyalashni ham kafolatlaydi. O‘z navba- tida, fuqarolar o‘z huquq va manfaatlaridan davlat, boshqa fuqarolar, ijtimoiy munosabatlarning boshqa subyektlariga zarar yetkazmagan holda foydalanish- lari mumkin, ya’ni ular o‘zlariga yuklatilgan majburiyatlarni qat’iy bajarishlari lozim1.

    Huquqiy davlat mexanizmining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat. Uning barcha tarkibiy qismlari va elementlari hokimiyatning bo‘linishi prinsipi asosida, o‘z ijtimoiy vazifalariga muvofiq ravishda ish olib boradi. Huquqiy davlatning hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan organlari o‘z faoli- yatida jamiyat xohish-irodasini ro‘yobga chiqaradi. Huquqiy davlatning tarkibiy qismlari va elementlari o‘z faoliyatini amaldagi qonunlarga muvofiq tashkil etadi va amalga oshiradi. Mansabdor shaxslar fuqarolarning konstitutsiya va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan kafolatlangan huquqlari va erkinliklariga tajovuz qilganlik uchun shaxsan javobgar bo‘ladi. Fuqarolarning huquq va erkinliklari huquqiy davlat organlari tomonidan ta’minlanadi. Huquqiy davlat funksiyalari uning apparati yordamida amalga oshiriladi. Shunday qilib, huquqiy davlat mexanizmining demokratik xususiyati uning o‘zi xizmat qiladigan jamiyat oldida javobgarligi bilan belgilanadi. Huquqiy davlatning rivojlanish bosqichlari fuqarolik jamiyatining rivojlanish bosqichlariga mutanosib bo‘ladi.

    Huquqiy davlatda davlat hokimiyati mutlaq bo‘lmaydi. Bu nafaqat huquqning ustunligi, davlat hokimiyatining huquq bilan bog‘liqligi, balki davlat hokimiyatining tuzilishi, uni amalga oshirish shakllari bilan ham belgilanadi. Bu yerda hokimiyatning bo‘linishi nazariyasiga murojaat etish o‘rinli bo‘ladi. Bu nazariyaga binoan, hokimiyatlar(qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari)ning birikib ketishi, bir organda, bir shaxs qo‘lida jamlanishi shaxs erkinligini yo‘qqa chiqaradi. Shu bois, huquq bilan bog‘liq bo‘lmagan av- toritar mutlaq hokimiyat vujudga kelishining oldini olish uchun hokimiyatning ko‘rsatilgan tarmoqlarga bo‘linishi amalga oshadi.






    1 Оdilqоriyev Х.T., Chiniboyev Х.J. Dаvlаt hоkimiyati: mоhiyati, funksiyasi vа zаmоnаviy tаlqini. – T., 2015. – 31–36-bеtlаr.
    Hokimiyatning bo‘linishi yordamida davlat huquqiy usulda tashkil topadi va faoliyat ko‘rsatadi: davlat organlari bir-birining o‘rnini bosmay o‘z vakolat- lari doirasida ish olib boradilar; qonunchilik, ijro va sud hokimiyatini amalga oshiruvchi davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida muvozanat, mutanosiblik, o‘zaro nazorat o‘rnatiladi.

    Hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo‘linishi prinsipi ularning har biri mustaqil ish ko‘rishi va boshqa tarmoqlar ishiga aralashmasligini anglatadi. Bu prinsip izchil amalga oshirilgan taqdirda u yoki bu hokimiyat tarmog‘ining boshqa tarmoq vakolatini o‘zlashtirish im- koniyatiga chek qo‘yiladi. Hokimiyat tarmoqlarining «o‘zaro muvozanat va cheklovlar» tizimi yaratilsa, hokimiyatning bo‘linishi prinsipi yashovchan xu- susiyat kasb etadi. Mazkur tizim bir hokimiyat tarmog‘i boshqa tarmoq vako- latlarini qonunga xilof ravishda tortib olish imkoniyatini cheklaydi va davlat organlarining normal faoliyatini ta’minlaydi.

    Hozirgi ilg‘or demokratik davlatlarda davlat hokimiyatining klassik «uch tarmoq»qa bo‘linishi bilan bir qatorda, uning federativ tuzilishi ham hokimiyat- ni taqsimlash va nomarkazlashtirish usuli hisoblanishiga e’tibor berish lozim.

    Demokratik jamiyat uchun hokimiyatning bo‘linishi prinsipi ayniqsa muhimdir. U nafaqat davlat organlari o‘rtasida mehnat taqsimotini, balki dav- lat hokimiyatining bir qo‘lda jamlanishi, avtoritar yoki totalitar hokimiyatga aylanishining oldini oluvchi barqarorlik, «taqsimlanganlik»ni ifodalaydi. Bu prinsip demokratik jamiyatda har uch hokimiyatning ham bir xil, teng kuchga ega ekanligi, bir-birini muvozanatga solish va cheklash vositasi bo‘lib xizmat qilishi, biri boshqalaridan ustun bo‘lishiga, masalan, boshqaruv hokimiyati av- toritar hokimiyatga, qonunchilik hokimiyati esa – boshqaruvni ham, odil sud- lovni ham bo‘ysundirgan totalitar hokimiyatga aylanishiga yo‘l qo‘ymasligini nazarda tutadi. Biroq, hatto hokimiyatning bo‘linishi talabi bajarilgan, «o‘zaro muvozanat va cheklovlar» tizimi yaratilgan bo‘lsa ham davlat albatta, huquqiy bo‘lavermaydi. Shu bois huquqiy davlatning navbatdagi belgisi – qonun ustu- vorligi belgisi alohida ahamiyat kasb etadi.

    Huquqiy davlatda biron-bir davlat organi, mansabdor shaxs, jamoa yoki jamoat tashkiloti, biron-bir odam qonunni buzishi mumkin emas. Qonunni buz- ganlik uchun ular qat’iy yuridik javobgarlikka tortiladi. Qonunning ustunligi to‘g‘risida so‘z yuritilar ekan, bu barcha qonun osti hujjatlari qonunga muvofiq bo‘lishi lozimligi, mansabdor shaxslar uni bajarishdan bo‘yin tovlamasligi yoki uni buzmasligi nazarda tutiladi. Bundan tashqari, barcha oddiy fuqarolar ham o‘z faoliyatida qonunga rioya qilishlari lozim. Buning uchun ular qonun maz- munidan xabardor bo‘lishlari kerak.
    Huquqiy davlat Konstitutsiyaning barqarorligini ham nazarda tutadi. Uni tez-tez o‘zgartirish, to‘ldirish va yangilash maqsadga muvofiq emas. Zero, bu holda u davlatning barqaror, uzoq muddatli xususiyatga ega Аsosiy qonuni bo‘lmay qoladi. Аgar konstitutsiya jamiyatning davlat darajasidagi xohish-iro- dasini ifodalasa, uni o‘zgartirish, yangilash xususiy xohish-irodaga emas, balki konstitutsiyaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.

    Qonuniylikni mustahkamlash – huquqiy davlatning bosh mezoni. O‘zbekiston Respublikasida qabul qilinuvchi barcha normativ – huquqiy huj- jatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid bo‘lishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiyaga mos bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida majburiy sanalgan farmon- lar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. O‘zbekiston Respublikasi Hukuma- ti qarorlar va farmoyishlar qabul qiladi, ularning ijrosini ta’minlaydi. Ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, Prezident farmon- lariga asoslanadi va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etish uchun majburiydir. Qonuniylik va huquqiy davlat – ko‘p jihatdan uzviy kategoriyalardir, biroq ular o‘rtasida farq bor. Qonuniylik huquq sohasidagi barcha subyektlarning qonunlarga so‘zsiz rioya etishlarini talab qiladi, huquqiy davlat esa, xuddi shunday talabni xalq hokimiyati funksiyalarini bajaruvchi davlat tuzilmalariga nisbatan ham qo‘yadi. Shu sababli huquqiy davlatchilik, eng avvalo, hokimiyat tuzilmalari, chunonchi, davlat hokimiyati, boshqaruv, sud va prokuratura organlari hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonun ustuvorligini anglatadi.

    Huquqiy davlatda inson huquqlari poymol etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Boz ustiga, huquqiy davlat bu huquqlarni amalga oshirishni qat’iy va izchil ta’minlashi va ularni himoya qilishi lozim. Shu munosabat bilan jamiyat va davlat hayotining turli jabhalarida huquqiy tenglik muammosi alohida ahamiyat kasb etadi. Uning yechimi davlat bunday tenglikni ta’minlovchi ishonchli kafo- latlarni yaratishini nazarda tutadi.

    Huquqiy davlatga xos bo‘lgan inson va fuqaro huquq va erkinliklari ro‘yxati xalqaro hujjatlarda ifodalangan. Bu, eng avvalo, BMT Bosh Аssambleyasi 1948-yil 10-dekabrda qabul qilgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, 1966-yil 16-dekabrda qabul qilgan «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt» hamda «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt» va boshqalardir.



    Ko‘rsatilgan hujjatlarda e’lon qilingan huquq va erkinliklar ro‘yxati huquqiy davlatlarning konstitutsiyalarida mustahkamlab qo‘yilgan va kafolatlangan. Ularda shaxsni yuridik himoya qilishga alohida e’tibor beriladi. Ma’lumki, aybsizlik prezumpsiyasisiz shaxsni yuridik himoya qilishni ta’minlash mumkin

    32–18-8
    emas. Аybsizlik prezumpsiyasi haqiqiy demokratik davlatda fuqarolarning u yoki bu jinoyatni sodir etishda aybdorligi yoki aybsizligi bilan bog‘liq barcha masalalarni faqat sud hal qilishini anglatadi.





    5-§.
    O‘zbekiston – huquqiy ijtimoiy davlat


    Mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘tgan chorak asr mobaynida mamlakatimiz ilmiy hamjamiyati, shu jumladan, huquqshunos- lar, asosiy e’tiborni istiqbolda barpo etilishi

    mo‘ljallanayotgan huquqiy davlatni ta’rif va tavsif etishga, uning turli xususi- yat hamda fazilatlarini ochishga, izohlashga qaratib keldilar. Аyni vaqtda, davlatimizning ijtimoiy tabiatini, ijtimoiy vazifasi va faoliyatini (funksiyasini) tahlil etish olimlar va mutaxassislarning diqqat-markazidan chetda qolayotir. Shu bois, «huquqiy davlat» kategoriyasi bilan bir qatorda «ijtimoiy davlat» fenomeni (hodisasi)ni ilmiy tadqiq va tahlil mavzusiga aylantirish muhim ilmiy, amaliy hamda metodologik ahamiyatga ega bo‘ladi.

    Ijtimoiy davlatchilik tushunchasi XIX asr oxiri XX asr boshlarida vu- judga keldi. Bu davrda neoliberal nazariyotchilar «erkinlik»ning yangi «pozi- tiv» talqinini ilgari surib, davlatning ijtimoiy yo‘naltirilgan siyosatni ta’minlash majburiyati g‘oyasini ilgari surdilar. Bunga ko‘ra, davlat «ijtimoiy tengsizlik» ni bartaraf etishi, ya’ni boylik va qashshoqlik o‘rtasidagi nisbatni muvozanat- lashi lozim edi. Shu tariqa davlatning «ikkinchi avlod» inson huquqlarini (ya’ni, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy huquqlar) ta’minlash bilan bog‘liq faoliyatini nazarda tutuvchi «ijtimoiy davlat» g‘oyasi, ta’limoti paydo bo‘ldi. U XX asrning ikkinchi yarmida keng rivoj topdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin bir qator G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining (GFR, Fransiya, Italiya, Rossiya, Turkiya, Daniya, Shvetsiya va boshq.). Konstitutsiyalarida «ijtimoiy davlat» («sotsial davlat») formulasi o‘z ifodasini topdi.

    Keng tarqalgan talqinga binoan, ijtimoiy davlat, eng avvalo, ijtimoiy adolat haqida, o‘z fuqarolarining farovonligi, ularning ijtimoiy himoyalanganligi xususida g‘amxo‘rlik qiladigan davlatdir. Bunday davlat erkinlikni ta’minlash vazifasini aholining ijtimoiy nochor qatlamlari(ishsizlar, mehnat qobiliyatini yo‘qotganlar, boquvchisidan ajralganlar, nogironlar va h.k.)ni ijtimoiy himoyalash bilan qo‘shib olib boradi.

    «Ijtimoiylik»ning asosiy sharti – inson shaxsiga, uning sha’ni, qadr-qimmati, erkiga asrab-avaylab munosabatda bo‘lishdan iborat. Davlatning mohiyati uning faoliyat yo‘nalishlarida mujassamlashadi. Davlat faoliyatining muayyan qismini ij- timoiy vazifalarni bajarish tashkil etadi. Аna shunday vazifalar faoliyatining ak- sariyatini tashkil etgan demokratik davlatlar – ijtimoiy davlat sanalishi mumkin.

    Ijtimoiylik, avvalo, bu adolat, ya’ni ko‘pchilikning manfaatiga muvofiqlikdir, ikkinchidan, insonlarning hamjihatligi ifodasidir. Shunga ko‘ra, hayotni adolatliroq qiladigan har qanday qoida, har qanday qonun, har qanday tartib ijtimoiydir.

    Yuridik adabiyotlarda ijtimoiy davlatning tabiatiga, belgi va xususiyat- larga oid turli talqinlar beriladi. Bir qator tadqiqotchilar ijtimoiy davlatni fuqa- rolarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini (ya’ni, mehnat qilish huquqi, dam olish huquqi, ijtimoiy ta’minot huquqi va boshq.) e’lon qiluvchi yoki pensiya va boshqa nafaqalarni ta’minlovchi davlat deb baholaydilar1. Аmmo bu yondashuv ijtimoiy davlatning o‘ta boy ma’nosini yetarlicha ocha olmaydi. U ancha teran mazmun-mohiyat kasb etadi. «Sotsial (ijtimoiy) davlat, – V.M. Baglayning fikricha, – fuqarolarni ish bilan ta’minlanishiga sharoit yaratadigan, umumiy daromadlarni budjet vositasida qayta taqsimlaydigan, odamlarga turmush ke- chirishning eng quyi chegarasini (minimumni) ta’minlaydigan, kichik va o‘rta mulkdorlar hissasi ko‘payishiga ko‘maklashadigan, yollanma mehnatni muho- faza qiladigan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash va oila xususida g‘amxo‘rlik qiladigan, ijtimoiy ta’minotni muntazam yaxshilaydigan davlatdir»2.

    Konstitutsiya davlat uchun aniq ijtimoiy dasturni belgilab bermaydi, balki unda davlat siyosatining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari belgilanadi. Davlat siyosatining ikki muhim jihatini nazarda tutish lozim. Birinchisi – fuqarolarga munosib hayot kechirish uchun va insonning erkin rivojlanishi uchun sharoit yaratishda ifodalanadi. Bu – mehnatni va insonlar sog‘lig‘ini muhofazalash, ish haqining minimal hajmini belgilash, ishsizlikning oldini olish va h.k. Ikkinchisi – aholining ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, oilani, onalik, otalik va bolalikni muhofazalash, nogironlarga va qariyalarga g‘amxo‘rlik qilish va boshqalar. Ijtimoiy xizmatlar tizimini rivojlantirish, davlat pensiyala- rini, nafaqalar va boshqa ijtimoiy himoya kafolatlarini belgilash ko‘zda tutila- di3. Professor O.E. Leyst ta’biricha, «sotsial davlat» nafaqat huquqiy tartibotni muhofazalashi, shuningdek kam ta’minlanganlar va butun jamiyat manfaati uchun ijtimoiy siyosatni amalga oshirishi (qonun vositasida ish kuni davomiyligini, bolalar va ayollar mehnatini cheklash hamda taqiqlashni, mehnatga qobiliyat- sizlarni, ijtimoiy himoya bilan, ishsizlarni ish bilan ta’minlashni, davlat hisobi- dan umumiy o‘rta ta’limni, bepul meditsina xizmatidan foydalanish kabilarni huquqiy tartibga solishi) lozim4. Ijtimoiy davlatni tavsiflovchi ijtimoiy siyosat-






    1 Qаrаng: Иваненко В.А., Иваненко В.С. Социальные права человека и социальные обязанности государства: международные и конституционные правовые аспекты. – СПб., 2003. – 62–63-betlar.

    2 Qаrаng: Баглай В.М. Конституционное право Российской Федерации. – М., 2007. – 137-bet.

    3 Qаrаng: Конституция Российской Федерации: комментарий / Под общ. ред. Б. Топорнина и др. – М., 1994. – 21-bet.

    4 Qаrаng: Лейст О.Э. Гражданское общество, государство и право / Общая теория государства и права. Академический курс. Отв. ред. М.Н. Марченко, Том 1. – М., 1998. – 346-bet.
    ning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan tarkib topadi: mehnatni va odamlar sog‘lig‘ini muhofazalash, mehnatga haq to‘lashning eng minimal miqdorini kafolatlash, oilani, onalik, otalik va bolalikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvat- lanishi, nogironlar va keksalarga g‘amxo‘rlik qilish, ijtimoiy xizmatlar tizimini rivojlantirish, davlat pensiyalarini, boshqa to‘lov va nafaqalarni belgilash, ijti- moiy himoyani kafolatlash va h.k. Demak, biz nazarda tutayotgan ma’nodagi davlat ijtimoiy yo‘naltirilgan siyosat yuritishi, ijtimoiy (shu jumladan, mulkiy) tengsizlikni ijtimoiy adolat talablari asosida muvozanatlashtirishi, ijtimoiy rivojlanishda mo‘tadillik va barqarorlikni ta’minlashi lozim. Biroq, ijtimoiy dav- latni paternalistik davlat1 bilan aynanlashtirish o‘rinsiz bo‘lar edi, davlat jami- yat va insonlarning barcha ehtiyojlarini to‘la ta’minlab beradi, deb umid qilish to‘g‘ri emas. Davlat hamma narsani muhayyo qiladi, muruvvat manbayi deb, boqimandalikka berilish ham ma’qul emas.

    Professorlar Е.I. Kozlova va O.Е. Kutafin ijtimoiy davlatni ijtimoiy teng- lik, umumiy hamjihatlik va o‘zaro mas’ullik prinsiplarining huquq vositasi mus- tahkamlanganligiga tayanib, yuksak ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashni bosh vazifasi deb biluvchi davlat deb ta’riflaydilar. Ijtimoiy davlat zaif insonlarga ko‘maklashadi, iqtisodiy (moddiy) boyliklarni ijtimoiy adolat prinsipi ruhida taqsimlab, har bir insonga munosib hayot kechirishni ta’minlashga intiladi2.



    Inson o‘z ehtiyojlarini qondirishi, munosib hayot kechirishi uchun mablag‘ga ega bo‘lishi, buning uchun esa, ish bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Shu bois ijtimoiy davlat shaxsning mehnat qilish huquqini kafolatlaydi, ishsizlikning oldini oladi, ish o‘rinlari yaratadi, ijtimoiy muhtojlarni, nogiron- larni pensiya va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bilan ta’minlashni o‘z zimmasiga oladi. Konstitutsiya demokratik mamlakat sharoitida huquqiy ijtimoiy davlat mumkin qadar hamma fuqarolarning ravnaqiga teng sharoitlar yaratishga ko‘maklashishini va hayot mashaqqatlarini imkon qadar teng taqsimlashini nazarda tutadi.


    Download 1,16 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   370




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish