bob. HOZIRGI DUNYO HUQUQIY TIZIMLARI
1-§.
Dunyoning huquqiy xaritasi: asosiy tushunchalar
Dunyoviy huquqiy tizimlarni ilmiy mushohada qilish va talqin etish masalasi bugungi kunda olimlar e’tiborini o‘ziga jalb qilayotgan dolzarb mavzu hisoblanadi. Hozir-
gi dunyo huquqiy xaritasi jamiyat taraqqiyotining mazkur bosqichida mavjud va faoliyat ko‘rsatayotgan ko‘plab milliy huquqiy tizimlarning yig‘indisidan ibo- rat. Uning muhim jihati shundaki, ushbu huquqiy tuzilmalar turlicha rivojla- nish darajasida bo‘lsa-da, ular o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik, o‘zaro ta’sir muno- sabatlari mavjuddir. Ushbu o‘zaro aloqadorlik va ta’sir etish darajasi turlicha bo‘lishiga asosiy sabab eng kamida ikkita: birinchisi – alohida milliy huquqiy tizimlar bir qator o‘zaro umumiy xususiyat, belgi va o‘xshashliklarga ega; ik- kinchisi – har biri aniq milliy huquqiy tizim bo‘lib, aksincha, qolgan boshqa huquqiy tizimlarga nisbatan ustuvorlik qiluvchi xususiyatlarga, o‘ziga xos bel- gilarga ega holatda namoyon bo‘ladi.
Qiyosiy huquqshunoslik bo‘yicha mutaxassis M. Bogdan shunday deydi:
«hozirgi dunyoda mavjud yuzlab huquqiy tizimlar ustuvor o‘xshash belgilarga ega. Bu o‘xshashliklar, odatda, aynan bir yoki «o‘zaro juda yaqin jamiyat tiplari bilan», umumiy yoxud «jamiyat taraqqiyotining juda yaqin (o‘xshash) tarixiy shart-sharoitlari bilan», umumiy yo «juda o‘xshash dinlar bilan», shuning- dek boshqa shunga o‘xshash holatlar bilan belgilanadi»1. O‘xshash belgilar mil- liy huquqiy tizimlarni integratsiyalashga asos bo‘ladi. Farqli xususiyatlar esa ularni alohida, mustaqil tizim sifatida talqin etish imkonini beradi.
Jahon huquqiy tizimlarini tavsiflashda «tizim» tushunchasi markaziy kategoriya hisoblanadi. «Tizim», («sistema») tushunchasi avval ta’kidlanganidek,
«qismlardan tashkil topgan majmua» degan ma’noni anglatadi2.
Falsafiy qomusiy lug‘atda: «tizim, sistema (qismlardan iborat butun) – o‘zaro munosabat va aloqada bo‘lgan, muayyan yaxlitlikni hosil qiluvchi ko‘p qismlar (elementlar) majmui», – deb ta’rif berilgan3. Yana shu manbada qu-
1 Qаrаng: Bogdan M. Comparative Law. Kluwer, 1994. – 82-bet; Проблемы теории государства и права. Учебное пособие. – М., 1999. – 375-bet.
2 Fаlsаfа: qоmusiy lug‘аt // Tuzuvchi vа mаs’ul muhаrrir Q. Nаzаrоv. – T., 2004. – 398-bet.
3 O‘shа jоydа.
yidagi izohlarni uchratish mumkin. «Sistema» – yaxlit bir butunlik sifatida tashkil topgan obyektni ifodalovchi ijtimoiy-falsafiy kategoriya. Odatda, siste- mani eng umumiy tarzda elementlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar birligi sifatida ta’riflaydilar. «Sistema» tushunchasi o‘z ma’nosiga ko‘ra «aloqa», «element»,
«butun», «birlik», «struktura», (elementlar o‘rtasidagi aloqalar sxemasi) tushunchalari bilan bog‘liq. Ushbu o‘rinda sistemali tadqiq etishning asosiy vazifalari: sistema elementlari, aloqalari va strukturasini, elementlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ajratishdir. Sistemaning mohiyatini metodologik tushunishga ko‘ra sistemalilik obyekt va hodisalarning o‘z xossasi deb emas, balki faoliyatning aniq bir maqsadga yo‘naltirilishi, tafakkurni tashkil etish sifatida ta’riflanadi1.
Shunday qilib, sistema atrof-muhitdan, ijtimoiy hayotdan ajratib olingan o‘zaro ichki munosabat va aloqalar asosida birlashgan bir qancha elementlar va ular tarkibiy tuzilmalarining yaxlit bir butunligidir2.
Yuridik adabiyotda yer yuzasida mavjud milliy huquqiy tizimlarni umumiy tarzda ifodalash uchun «dunyoning huquqiy xaritasi», «dunyoning yuridik geografiyasi», «huquqiy tizimlarning hamjamiyati» (uyushmasi) degan ibora- lar qo‘llaniladi. Mazkur kategoriyalar turli-tuman yo‘nalishdagi milliy huquqiy tizimlarning miqdor jihatdan katta qismini o‘z qamroviga olishi – masalaning bir tomoni. Ularning bundan-da muhim ikkinchi tomoni shundaki, bu terminlar ijtimoiy va tarixiy notekis shakllangan hamda turlicha rivojlanish bosqichida bo‘lgan huquqiy tizimlarni bir sinxron turkumga birlashtirib o‘rganish imko- nini beradi. Shu narsaga e’tibor qaratish joizki, turli mamlakatlarning huquqiy tizimi, ayniqsa, qonunchiligi turfa tillarda, turli yuridik texnika qoidalari aso- sida va ma’naviyati, e’tiqodi, tarkibiy tuzilishi har xil bo‘lgan jamiyatlar uchun yaratiladi3. Bular ularni differensiyalashga, farqlashga asos bo‘luvchi jihatlardir. Afsuski, «huquqiy tizim» kategoriyasini tahlil etganda ba’zan olim-
lar «huquq tizimi» ning tor doirasida fikr yuritadilar. Ammo, huquq tizimi o‘z tarkibiga huquq sohalari, huquq institutlari, huquq normalarini qamrab olgani holda huquqiy tizimning birgina elementini tashkil etadi. Ma’lumki, faqat huquqiy normalarning yig‘indisi huquqiy tizimni to‘la aks ettira olmaydi. Huquqiy tizim «huquq tizimi»ga nisbatan ancha keng, serqirra, murakkab ijti- moiy hodisadir.
Chexiyalik olim, akademik Imre Saboning talqiniga ko‘ra, «huquqiy tizim tushunchasi muayyan huquq tiliga tegishli bo‘lgan alohida tizimlarni ifoda- lashga xizmat qiladi», bunda gap «huquq normalarining oddiy yig‘indisi emas,
1 Fаlsаfа: qоmusiy lug‘аt // Tuzuvchi vа mаs’ul muhаrrir Q. Nаzаrоv. – T., 2004. – 370-bet.
2 Qаrаng: Оdilqоriyev Х.Х. O‘zbеkistоn Rеspublikаsining qоnunchilik tizimi. – T., 2008. – 16–17-betlar.
3 Qаrаng: Давид Р., Жоффре – Спинози К. Основные правовые системы современности. – М., 1996.
– 18-bet.
balki mantiqiy jihatdan tuzilgan yagona huquqiy tizim to‘g‘risida boradi»1. U
«huquqiy tizim» tushunchasini «huquq tizimi» kategoriyasi bilan aralashtirib yuborishdan ogohlantiradi. M.N. Marchenko ham I. Sabo kabi huquqiy tizim kategoriyasini huquq tizimi va qonunchilik tizimidan farqlaydi. Huquqiy tizim faqat huquqiy normalar yig‘indisi bo‘lmay, balki o‘z ichiga huquqiy mafku- ra, huquqiy ong, huquqiy siyosat, huquqiy madaniyat, yuridik amaliyot kabi boshqa huquqiy hodisalarni qamrab oladi. Rus olimi T.V. Kuxarukning fikricha,
«jamiyat huquqiy tizimi» shunday ilmiy kategoriyalar sirasiga kiradiki, uning fanda vujudga kelishini faqat ijtimoiy taraqqiyot, jamiyat huquqiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zaro aloqadorlik, huquqiy borliqda tizimli xususiyatning mavjudli- gi bilan tushuntirish mumkin emas. U voqea va hodisalarga falsafiy tizimlilik nuqtayi nazaridan yondashish mahsulidir.
Milliy huquqiy tizimni anglashda «huquq tizimi», «huquqiy tizim» tushunchalaridan tashqari «huquq oilasi» kategoriyasining ma’nosini bilib olish ham maqsadga muvofiqdir. Yuqoridagi fikrlardan ma’lum bo‘lishicha, huquq tizimi huquqning ichki tarkibiy tuzilishidir. Ular: huquq normasi, huquq instituti va huquq sohasi (tarmog‘i) ni o‘z ichiga oladi. Huquqiy tizim esa, na- faqat huquq normalarining yig‘indisi, balki ularni harakatga keltiruvchi, o‘zaro
bog‘liq huquqiy hodisalar yoki vositalar hamda ularning bir butun organizm sifatida harakatdagi ko‘rinishidir. Huquqiy tizim tarkibiga huquq normalari tizimi bilan bir qatorda, huquq ijodkorligi jarayoni va huquqni qo‘llash jarayoni, yuridik mazmundagi barcha hodisalar kiradi.
«Huquqiy tizim» tushunchasi keng ma’noda «huquqning tarixiy tipi» tushunchasiga o‘xshash tushuncha sifatida qo‘llaniladi. Bu tushunchalarning ikkinchisi bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadagi huquqiy tizimlarning barchasini qamrab oladi va eng muhimi, shu tizimlarga ham xosligini ifodalaydi. Biroq,
«huquqning tarixiy tipi» tushunchasi hozirgi zamon huquqiy tizimlarining barcha ko‘rinishlarini qamrab ololmaydi2.
Turli-tuman milliy huquqiy tizimlarning umumiy va o‘xshash belgilarining mavjudligi ularni guruhlashtirish, tasniflash, alohida huquqiy umumlashma- larga, huquqiy oilalarga biriktirish imkonini beradi. Qiyosiy huquqshunoslik huquqiy tizimlarning umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan tashqari, ularni turli tiplar, guruhlar va huquq oilalari bo‘yicha tasniflash imkonini bera- di. Milliy huquqiy tizimlarni ularning turli jihatlari bo‘yicha qiyoslash mumkin. Bunday jihatlar qatorida huquqning strukturasi (tarkibiy tuzilishi), huquqning manbalari, huquqning jamiyat va davlat hayotidagi o‘rni, muayyan huquqiy
1 Сабо Имре. Социалистическое право. – М., 1864. – 128-bet.
2 Qаrаng: Tаdjiхаnоv U., Sаidоv А. Huquqiy mаdаniyat nаzаriyasi. Dаrslik. / Mаs’ul muhаrrir аkаdеmik Sh.Z. O‘rаzayev. 1-tоm. – T., 1998. – 80-bet.
tizim doirasida shakllangan yuridik texnika, huquqiy tizimning prinsiplari va boshqalar qabul qilinishi mumkin1. Qiyosiy huquqshunoslikda va maxsus yuri- dik adabiyotlarda shakllangan ta’rifga binoan, huquqiy oila deganda, turli xususiyat va belgilarning umumiyligi asosida ajraluvchi hamda farqlanuvchi milliy huquqiy tizimlarning yig‘indisi tushuniladi2.
Xalqaro huquq fanida ham «milliy huquqiy tizim» iborasi keng qo‘llaniladi. Bunda bir mamlakat miqyosida shakllangan va amal qiladigan huquqiy tizim nazarda tutiladi. Har bir mamlakatda davlat tuzilishi, davlat boshqaruv shakl va davlat organlari majmui turlicha va ularning huquqiy mustahkamlanishi (rasmiylashuvi) o‘ziga xos bo‘ladi. Shunga ko‘ra, mamlakat ijtimoiy-siyosiy voqeligiga mos milliy huquqiy tizim qaror topishi tabiiy. Ammo, tarixan o‘zaro yaqin rivoj topgan qator jamiyatlarda (mamlakatlarda) shaklan o‘xshash va mazmunan yaqin huquqiy institutlar, huquqiy an’ana, qadriyat va normalar qaror topadi. Xuddi ana shu huquqiy institutlar, voqeliklar va normalar turli milliy huquqiy tizimlarning bir huquqiy oilaga uyushishiga asos bo‘ladi. Bun- dan tashqari, mamlakatda istiqomat qilayotgan xalqning mentaliteti, millat- ning o‘ziga xos xususiyatlari, qadriyatlari, urf-odati va an’analari ham huquqiy tizimni shakllantirishga, uning mazmuniga ta’sir o‘tkazadi.
Demak, «huquq oilasi» huquq tizimi va huquqiy tizimga nisbatan keng ma’noli tushuncha bo‘lib, ularni o‘z tarkibiga qamrab oladi. Huquq oilasi ba’zan yuridik adabiyotlarda huquqiy tizim tushunchasi bilan aynanlashtiriladi3. Qiyo- siy huquqshuqshunoslik bilan shug‘ullanuvchi olimlar tomonidan «huquq oila- si» atamasi turlicha talqin etiladi. Jumladan, R. David «huquqiy tizimlar oilasi», K-O. Ebert va M. Reynstayn «huquqiy doiralar», I. Sabo «huquqiy tizimlar shakli», S.S. Alekseev «tuzilmaviy umumiylik» – deb ataydilar.
Huquq oilasi huquqiy tizimlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishiga asos bo‘luvchi, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan, tarixan shakllangan, bir necha milliy huquqiy tizimlarning birligini ifodalovchi dunyo huquqiy voqeligining eng katta tarkibiy qismidir. Bir qator huquqiy tizimlarga xos bo‘lgan umumiy xususiyatni belgilab olish, ularni huquq oilalariga ajratish imkonini beradi.
«Huquq oilasi» kategoriyasi yuridik belgilari o‘xshash bo‘lgan huquqiy tizimlar guruhini ifodalashga xizmat qiladi. Bu tushuncha o‘zaro o‘xshash yuridik bel- gilarga ega bo‘lgan huquq tizimlarining nisbiy birligini anglatish uchun xizmat qiladi va aytib o‘tilgan tizimlarning muayyan tarixiy rivojlanish xususiyatla- rini, ya’ni tuzilishi, huquq manbalari, yetakchi huquq institutlari va sohalari,
1 Общая Теория государства и права. Академический курс. Т.2. – М., 1998. – 99-bet.
2 Qаrаng: Синюков В.Н. Российская правовая система. Введение в общую теорию. – Саратов, 1994. – 166-bet.
3 Qаrаng: Давид Р. Основные правовые системы современности. – М., 1988.
huquqiy madaniyati, an’anasi kabilarni aks ettiradi. «Huquq oilasi» instituti
«huquqning tarixiy tipi» tushunchasiga nisbatan ikkilamchi, yordamchi hisoblanadi, huquq shaklining nisbatan mustaqilligini, huquqning texnik-yuridik mazmunini, o‘ziga xosligini aks ettiradi.
Shunday qilib, huquq oilasi deganda, bir huquq chegarasida tarixiy shakllanishining o‘xshashligi asosida birlashgan milliy huquq tizimlarining ozmi-ko‘pmi keng majmui, huquqiy manbalar tuzilishi, yetakchi huquq sohalari va huquq institutlari, huquqni qo‘llash, yuridik fanning umumiy jihatlari tushuniladi. Tahlillarga xulosa yasab, huquqiy tushunchalarni «obyekt doirasi»
(hajmi) yoki tartibga solish jarayoni bo‘yicha tartiblashtirsak, dunyo huquqiy xaritasi: huquq oilalari, huquqiy tizimlar va milliy huquq tizimlari kabi iyerarxik ko‘rinishga ega bo‘ladi.
2-§.
Dunyo huquqiy tizimlarining tasniflanishi
Hozirgi zamonda ikki yuzdan or- tiq mamlakatlarda alohida milliy huquqiy tizimlar amal qilmoqda. Bir tomondan, bar- cha huquqiy tizimlar o‘zaro o‘xshash jihat-
larga ega; ikkinchi tomondan, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lganligi bois milliy huquqiy tizimlar bir-biridan farq qiladi. Har bir davlatda yashovchi xalqlarning o‘z urf-odatlari, an’analari, o‘ziga xos qonun- chilik hujjatlari, yurisdiksion organlari, huquqiy mafkurasi, huquqiy ongi (mentaliteti) va huquqiy madaniyati mavjud. Mamlakatning huquqiy jihatdan alohidaligi, uning o‘ziga xosligi tegishli jamiyatning alohida huquqiy tizimga (huquqiy ong, huquqiy normalar, an’analar, munosabatlar va muassasalarga) ega bo‘lishini taqozo etadi. Biroq, hozirgi dunyoda turli-tuman milliy huquqiy tizimlar bo‘lishiga qaramay, ularni bir necha huquqiy oilalarga birlashtirishga (taqsimlashga), guruhlashtirishga imkon beruvchi umumiy jihatlar, o‘xshash belgilar mavjud.
Mazkur umumiy belgi va xususiyatlar huquqiy tizimlarni alohida huquqiy guruhlarga, huquqiy oilalarga tasniflash imkonini beradi. Tasniflash usuli deyarli barcha fanlar tomonidan qo‘llaniladi, masalan, lingvistikada – ro- man, slavyan, ingliz, turkiy til guruhlari; dinshunoslikda – islom, nasroniylik, buddizm, iudaizm va hokazo; tabiiy fanlarda (hayvonot va jonzotlar borasida) – o‘txo‘rlar va sudralib yuruvchilar; quruqlikda yashovchilar va suvda yashovchi- lar kabi tasniflar uchraydi. Huquqshunoslik fanida tasniflash orqali biz huquqiy tizimlarning ayrim juz’iy jihatlariga berilmagan holda ularning muhim xususi- yatlariga ko‘ra, huquqiy oilalarga ajratib mohiyat-belgilarini tadqiq etish maqsadiga erishamiz. Ushbu tasniflashga falsafiy yondashiladigan bo‘lsa, bunda huquqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |