Odilqoriyev X. T



Download 1,16 Mb.
bet286/370
Sana01.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#297353
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   370
Bog'liq
777 (1)

Tarixiy-siyosiy sharhlash usulida qonun chiqaruvchi idora belgilagan

har bir normaning maqsadi va ma’nosini aniqroq tushunib olish uchun, sharhlanayotgan norma qabul qilinayotgan paytda yuzaga kelgan ijtimoiy- siyosiy sharoit inobatga olinadi.



Tarixiy-siyosiy usulda sharhlashda tatbiq etilayotgan huquqiy normaning mazmuni qanday tarixiy sharoitda, davlatning qaysi organi tomonidan, qan- day maqsadda qabul qilinganligi aniqlanadi. Masalan, O‘zbekiston Respub- likasi Konstitutsiyasining 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan tahririda 89-mod- daning mazmuni quyidagicha edi: «O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasida davlat va ijro hokimiyat boshlig‘idir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblana- di». Ushbu qoida O‘zbekistonning mustaqilligini mustahkamlash, o‘tish davri- da mamlakatda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy barqarorlikni, fuqarolar tinchligi va farovonligini ta’minlashda mustahkam zamin bo‘ldi.

Mamlakatimizda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllanti- rish yo‘lida islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, hokimiyat- lar taqsimlanishi prinsipini yanada chuqurlashtirish, oliy hokimiyat organlari tizimida ro‘y bergan muhim o‘zgarishlar tufayli mazkur qoida tadrijiy ravishda o‘zgarib bordi. O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-aprelda qabul qilingan konstitutsiyaviy qonuni bilan Konstitutsiyaning 89-moddasiga quyidagicha tu- zatishlar kiritildi: «O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir (ta’kid muallifniki X.O.) va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishi hamda hamkorligini ta’minlaydi».


Sharhlanayotgan normaning tarixiy kelib chiqish shartlari, ya’ni huquqiy norma ma’nosining qabul qilinishi tarixiga murojaat qilish orqali uni huquqiy tartibga solish tizimiga kiritishdan ko‘zlangan maqsad aniqlanadi. Sharhlashning tarixiy-siyosiy usulida normativ hujjatning matni bilan birga tarixiy hujjatlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihasining muho- kama qilinishi va qabul qilinishi bilan bog‘liq materiallar, bunday hujjatlar chiqarilishi vaqtidagi urf-odatlar, yuridik amaliyotning ilmiy sharhlari va boshqa shu kabi qo‘shimcha manbalardan foydalaniladi. Sharhlovchi sub- yekt hayolan huquqiy normaning hayotga kirib kelishiga sabab bo‘lgan tarixiy sharoitlarga qaytib, o‘sha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muhitni o‘rganib chiqadi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari uchun tarixiy-siyosiy sharhlash alohida ahamiyatga ega. Chunki, shu faoliyat davlat manfaatlari bilan, ularni himoya qilish bilan uzviy bog‘liq. Shuning uchun qonun chiqaruv- chi idoraning siyosiy maqsadini tushunish, uning tarixini bilish ishning sifatli va muayyan maqsadga qaratilgan bo‘lishiga yordam beradi. Sharhlashning tarixiy-siyosiy usuli, masalan, ma’muriy, fuqarolik yoki intizomiy huquqbu- zarlik chegarasida bo‘lgan jinoiy ishlarni tekshirishda katta ahamiyat kasb etadi. Tergovchi huquqbuzarlikning tarkibini tahlil qilib va huquqiy siyosatning zamonaviy talablarini hisobga olib, ish bo‘yicha qonunlar doirasida maqsadga muvofiq qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan u huquqiy nor- maning maqsadga erishishini ta’minlaydi.




Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish