oila – umumiylik, huquqiy guruh – alohidalik va milliy huquqiy tizim –
xususiylik hodisasini aks ettiradi.
Hozirgi dunyo huquqiy tizimlarining tarkibiy tuzilishi jihatidan murakkab bo‘lgan huquqiy oila, huquqiy guruh va alohida milliy huquqiy tizimlar tarzida tasniflash ilmiy afzallik va maqbullikka ega. Bunda huquqiy oilaning tarkibida yanada aniqroq tasniflash o‘tkazib, uni alohida huquqiy guruhlarga, huquqiy tuzilmalarga ajratish mumkin. Masalan, roman-german huquqiy oilasi tarki- bida fransuz huquqi guruhini va german huquqi guruhini ajratish mumkin; umumiy huquq oilasida – ingliz huquqi guruhini va amerika huquqi guruhini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Turli mamlakatlardagi huquqiy tizimlarni tasniflashning bir qancha me- zonlari mavjud:
Vujudga kelish va rivojlanish genezisining umumiyligi. Ushbu tizimlar tarixan o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, umumiy davlat – huquqiy ildiz- dan o‘sib chiqqan (ular qadimgi davlatlardan o‘sib chiqqan va yagona huquqiy ibtido, huquqiy prinsiplar va mezon – normalarga tayanadi).
Huquqiy normalarning mustahkamlanish va ifodalanish shakli (man- balari) ning umumiyligi. Gap huquqni ifodalashning tashqi ko‘rinishi haqida bormoqda. Bunda huquq normalari qanday o‘rnatiladi, qaysi manbalarda ifo- dalanadi (qonundami, sud qarori yoki shartnomadami?), ularning roli va aha- miyati, nisbati kabilar aniqlanadi.
Strukturasining (tarkibiy tuzilishining) yagonaligi, o‘xshashligi. Dun- yoning bir huquqiy oilasiga kiruvchi huquqiy tizimlar normativ-huquqiy ma- terialni joylashtirishning (shakllantirishning) o‘xshash strukturasiga ega. Bu o‘xshashlik, odatda, birinchidan, bu mikro darajada, ya’ni huquqiy normaning tarkibiy tuzilishi darajasida, ikkinchidan, makro darajada – normativ material yirik tuzilmalari (huquq tarmog‘i, subtarmog‘i, qonunchilikning kompleks tuzilmalari) ning tarkibiy tuzilishi (strukturasi) darajasida ko‘rinadi.
Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish prinsiplarining umumiyligi. Bu prinsiplar ba’zi davlatlarda subyektlarning erkinligi, tengligi g‘oyalarida, odil sudlovning obyektivligida ifodalansa, boshqa davlatlarda diniy asoslarda namo- yon bo‘ladi, uchinchi mamlakatlarda – milliy sotsialistik g‘oyalarda ifodalanadi. Yuridik kategoriya va tushunchalarning, terminlar va yuridik texni-
ka qoidalarining yagonaligi, huquq normalarini tizimlashtirishning birligi. Huquqiy jihatdan «qarindosh», turdosh bo‘lgan mamlakatlar, odatda, o‘z aha- miyati va ma’nosi bo‘yicha o‘xshash iboralarni, tushunchalarni ishlatadilar. Bu hol ularning kelib chiqishi umumiyligi bilan bog‘liq1. Shu sababli, bir huquqiy
1 Qаrаng: Теория государства и права / Под ред. В.М. Корельского и В.Д. Перевалова. – М., 1997. – 509–510-betlar.
tizimga (huquqiy oilaga) kiruvchi davlatlarning qonun chiqaruvchi organlari huquqiy hujjatlarning matnini yaratishda bir xil yuridik konstruksiyalardan, normativ materialni shakllantirish usulidan, ularni tartibga solish va tizim- lashtirishning o‘xshash uslublaridan foydalanadilar.
Hozirgi zamonda faoliyat yuritayotgan asosiy huquqiy tizimlarni tas- niflashda huquqshunos tafakkur yuritib, uncha ko‘p bo‘lmagan huquqiy tizim- lar tahlili bilan cheklanishi lozim. Chunki, kimki tasniflash chog‘ida sayyoramizdagi barcha huquqiy tizimlarni qamrab olishga intilsa, u juda katta empirik material ummoniga g‘arq bo‘lib ketadi. Bugungacha mavjud biron – bir xalqaro ensiklopediyada dunyodagi barcha huquqiy tizimlar ro‘yxati to‘la aks ettirilmagan.
Huquqiy tizimlar tahlili bilan shug‘ullanadigan huquqshunos, eng avvalo, tarixan tarkib topgan asosiy (shajarani boshlab beruvchi) huquqiy tizimni aniqlab olishi, so‘ngra uning geografik yoyilishini, ya’ni resepsiya qilinganligini kuzatishi (o‘rganishi) lozim. Agar dunyo huquqiy xaritasiga e’tibor bilan razm solinsa, davlatlarning uchdan ikki qismi ikki asosiy huquq tizimiga (huquqiy oilaga): roman-german va ingliz huquqiy tizimlariga daxldor hisoblanadi.
Tasniflash mezoni sifatida quyidagi asoslar olinadi: birinchidan, huquqiy tizimning geografik jihatdan qanchalik keng yoki tor yoyilganligi, ikkinchidan, huquqiy tizimning tarixiy ildizlari va rivojlanish yo‘llari; uchinchidan, tizim tarkibidagi yuridik institutlar va huquqiy tarmoqlar hisobga olinadi. Ushbu mezonlardan foydalanishda madaniy, etnik, milliy, geografik, diniy, huquqiy- texnikaviy, huquqiy-uslubiy va hokazo omillar ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Huquqiy tizimlarni tasniflashning mazmuni buning uchun tanlab olinadi- gan mezonga bog‘liq bo‘ladi. Bunday mezonlar yana formal – yuridik, ma’rifiy (sivilizatsiyali), ma’naviy, madaniy-tarixiy, ijtimoiy-siyosiy (formatsiyaviy) bo‘lishi mumkin. Bu mezonlarning turli kombinatsiyalarda qo‘llanilishi zamo- naviy qiyosiy huquqshunoslikda tasniflashning o‘ziga xos jihatidir. Chunki, bitta mezon dunyoning yuridik xaritasi haqida mufassal bilim hosil qilishi mushkul. Masalan, hozirgi Xitoyning huquqiy tizimi formal – yuridik mezonga ko‘ra, roman-german huquqiy oilasiga taalluqli bo‘lsa, ma’rifiy va ma’naviy mezonga muvofiq – an’anaviy (odat huquqi tizimiga) tizimga, ijtimoiy-siyosiy mezonga binoan – sotsialistik huquqiy oilaga mansubdir. Ba’zi mamlakatlarning huquqiy tizimi o‘z tarixiy rivojlanish xususiyatlariga ko‘ra hech bir huquqiy oilaga mos kelmaydi. Masalan, Shotlandiyaning huquqiy tizimi umumiy (anglo-sakson) huquq bilan kontinental (roman-german) huquq tizimlarining uyg‘unlashgan ko‘rinishi sifatida maydonga chiqadi. Shuningdek, anglo-sakson va roman-ger- man tizimlarining uyg‘unlashgan ko‘rinishi AQSh ning Luiziana shtati, Kana- daning Kvebek provinsiyasida kuzatiladi. Hozirgi Isroilning huquqiy tizimi uch
huquqiy oilaning, ya’ni musulmon, roman-german va anglo-sakson huquq oilalarining ta’sirida shakllangan1. Tahlil jarayonida ta’kidlangan mezonlar va omillarga tayanib huquqiy tizimlar tasniflanadigan bo‘lsa, ularni ikki asosiy yo‘nalishga ajratish mumkin. Tabiiyki, mazkur yo‘nalishlardan har biri muayyan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan bir qancha turlarga bo‘linadi.
Birinchi yo‘nalish fransuz olimi R. Davidning asarlarida o‘z aksini top- gan. Uning uch tomlik asarida uchta (roman-german, anglo-sakson, sotsialis- tik) «huquq oilalari» ajratib ko‘rsatiladi va ularga dunyo xaritasining beshdan to‘rt qismini o‘z ichiga oladigan hamda «diniy va an’anaviy tizimlar» deb nom- langan butun yuridik dunyo tutashadi2. R. Davidning tasnifi mashhur bo‘lib, Fransiya universitetlarida «Hozirgi zamon asosiy huquqiy tizimlari» fanining o‘qitilishi xuddi shu tasniflash asosida amalga oshiriladi.
Ikkinchi yo‘nalishning ko‘zga ko‘ringan vakili buyuk nemis yuristi K. Svaygert hisoblanadi. U tasniflashga besh omilni, ya’ni: 1) huquqiy tizimning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti; 2) yuridik fikrlashning o‘ziga xosligi; 3) o‘ziga xos huquqiy institutlar; 4) huquq manbalari va ularni sharhlash usullari; 5) mafkuraviy omillarni nazarda tutuvchi «huquqiy uslub» («huquq uslubi»)ni mezon qilib oladi.
Shu asosda K. Svaygert sakkizta «huquqiy doira»ni, huquq oilasini, ya’ni roman-german, anglo-sakson, skandinaviya, sotsialistik, musulmon huquqi, odat huquqi, hind huquqi, Uzoq Sharq mamlakatlari huquqi, Afrika va Lotin Amerikasi huquqiy oilalarini ajratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |