Odilqoriyev X. T



Download 1,16 Mb.
bet227/370
Sana01.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#297353
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   370
Bog'liq
777 (1)

Huquq normasi huquq tizimining birlamchi elementi bo‘lib, u davlat

tomonidan o‘rnatiladigan, hokimiyat xususiyatiga ega bo‘lgan xulq-atvor va xatti-harakat qoidasidir. Huquq normasi huquq tuzilmasi ichida boshlang‘ich o‘rinda bo‘lib, butun huquq tizimida bo‘ladigan o‘zgarishlarni o‘zidan o‘tkazadi. Shu bois, uning huquq tizimining boshqa tuzilmalariga ta’siri ancha salmoqli. Ta’bir joiz bo‘lsa, uni huquqning «o‘lchov birligi», «birlamchi mezoni» deyish mumkin.


Huquq instituti huquqiy normalarning alohida guruhi bo‘lib, u ijti- moiy munosabatlarning muayyan turini tartibga soladi. Odatda, huquq ins- tituti huquqiy normalarning uncha katta bo‘lmagan barqaror guruhi bo‘lib, u ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir turini tartibga soladi. Demak, agar huquqiy norma huquqiy materiyaning birlamchi elementi bo‘lsa, huquq instituti esa, uning dastlabki huquqiy umumlashmasidir. Har bir tarmoq o‘z ichiga bir qator institutlarni qamrab oladi va ular tarmoqning tarkibiy qismi, bo‘lagi, bo‘g‘ini sifatida namoyon bo‘lib, ayni paytda, muayyan mus- takillikka ega. Zero, ular ma’lum darajada mustaqil masalalarni tartibga soladi. Huquq institutlariga misol qilib, ma’muriy huquqda – mansabdor shaxs instituti; fuqarolik huquqida – da’vo muddati, shartnomalar, oldi-sotdi institutlari; konstitutsiyaviy huquqda – saylov tizimi, fuqarolik instituti; jinoyat huquqida – zaruriy mudofaa instituti; oila huquqida – nikoh instituti va boshqalarni keltirish mumkin.

Huquq institutlarini turlicha guruhlashtirish mumkin. Eng avvalo, biz ularni huquq tarmoqlari bo‘yicha ajratamiz: ma’muriy huquq institutlari, fuqa- rolik huquqi institutlari va shu kabilar. Demak, qancha huquq tarmog‘i bo‘lsa, shuncha yo‘nalishdagi huquq institutlari majmui mavjud. Bunda huquq tarmoqlari institutlarni turlarga ajratish mezoni vazifasini o‘taydi. Hayotda shunday bo‘ladiki, muayyan bir ijtimoiy munosabat bir huquq tarmog‘iga oid institut bilan tartibga solinib qolmay, bir necha tarmoqqa tegishli institutlar bilan tartibga solinishi mumkin. Shu munosabat bilan ular tarmoq institutlari va tarmoqlararo institutlar hamda oddiy va murakkab (kompleks-majmuaviy), regulyativ (tartibga soluvchi), qo‘riqlovchi va ta’sis etuvchi (mustahkamlovchi) institutlarga ajraladi.



Huquq tarmog‘i – bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartib- ga soluvchi yuridik normalar va huquq institutlarining umumiy majmui. Huquq tarmog‘i huquqni tizimlashning ancha yuqori darajasi hisoblanadi va u ma’lum yaxlitlik va mustaqillik bilan tavsiflanadi. Ta’kidlash joizki, ba’zi adabiyotlarda huquq tizimining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tarkibiy elementlaridan tashqari yana huquq tarmoqchasi va subinstitutlar ham ajratiladi. Huquq tizimida tarmoqlarning ajralib chiqishiga unga bo‘lgan obyektiv zarurat asos bo‘lib hisoblanadi, davlat esa bu zaruratni o‘z vaqtida anglab, uni rasmiylashtiradi, xolos. Huquq tarmog‘i qonun chiqaruvchi or- gan tomonidan o‘ylab topilmay, balki ijtimoiy va amaliy ehtiyoj mahsuli sifatida shakllanadi. Ijtimoiy munosabatlar u yoki bu sohasining sifat jiha- tidan turdoshligi muayyan huquq tarmog‘ining shakllanishini taqozo etadi. Shu bois, u yoki bu huquq tarmog‘ining mavjudligi yoki mavjud emasligi huquqiy tartibga solishga «muhtoj bo‘lgan» ijtimoiy munosabatlarning te-
gishli sohasi mavjud yoki mavjud emasligiga bog‘liq bo‘ladi. Ayni paytda, huquq tarmoqlari ham o‘zlarining hajmi, ijtimoiy munosabatlarga ta’siri va umuman huquqiy tartibga solishda tutgan o‘rni bilan farqlanadi hamda bu farq ko‘p jihatdan ular tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va ahamiyati bilan belgilanadi. Mustaqil huquq tarmog‘i tashkil topishi uchun quyidagi shartlar bo‘lishi lozim:

    • ijtimoiy munosabatlarning o‘ziga xosligi (tur jihatdan birligi);

    • bu munosabatlarning hajmi va murakkabligi;

    • vujudga kelgan munosabatlarni boshqa huquq tarmoqlari normalari yordamida tartibga solishning imkoni yo‘qligi;

    • bu munosabatlarni tartibga solishning alohida usulini qo‘llash zarurligi. Adabiyotlarda huquqning konstitutsiyaviy, ma’muriy, moliyaviy, mehnat, fuqarolik, oila, jinoyat huquqi, yer huquqi, qishloq xo‘jaligi huquqi, ekologiya huquqi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual huquqi va boshqa tarmoqlari

ko‘rsatiladi.

Shunday qilib, huquq tizimi murakkab, ko‘p qirrali harakatdagi yaxlit tuzilma bo‘lib, professor S.S. Alekseev ta’kidlaganidek, quyidagi bir necha darajalarni:



  1. alohida normativ qoida tuzilmasini;

  2. huquqiy institut tuzilmasini;

  3. huquqiy tarmoq tuzilmasini;

  4. huquqning yaxlit umumiy tuzilmasini o‘z ichiga oladi.

Ushbu darajalarning hammasi bir butun yaxlit holda ancha murakkab ij- timoiy tarkibni tashkil etadi. Ayni paytda, huquq tizimi darajalari mantiqan va mazmunan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular bir-birini sabab va oqibat nisbati tarzida taqozo etadi.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish