Huquq tizimi – bu huquqning botiniy tuzilishi, uning ichki arxi- tekturasi, tarkibi bo‘lib, u huquqning qanday qismlardan iborat ekanligi
* Mаzkur bоb yuridik fаnlar nоmzоdi Хоjiаkbаr Аdilkаriyev bilаn hаmkоrlikdа yozilgаn.
va qismlari o‘rtasidagi munosabat, aloqadorlik hamda nisbatni ifodalaydi. Huquq tizimi obyektiv tabiatga ega. Buning ma’nosi shuki, mavjud ijtimoiy munosabatlar va ularning real manzarasi huquq tizimini belgilovchi omil hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi, yangilanishi huquq tizimida o‘zining aynan aksini, ifodasini topadi. Shu jihatdan har bir davlat- ning huquq tizimi mazkur jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning in’ikosi, ifodasi hisoblanadi.
Ma’lumki, har qanday huquq davlat tomonidan o‘rnatilgan va bajarilishi hokimiyat vositalari bilan ta’minlanadigan normalar majmuidan iborat. Ayni vaqtda, bu normalar majmui betartib tarzda jamlangan bo‘lmay, balki uning qismlari o‘zaro muvofiqlik, bog‘liqlik asosida birlashadi. Bu tizim bir paytda umumiylik va alohidalik, mustaqillik va bog‘liqlik, o‘xshashlik va farqlanish xususiyatlariga egadir. Huquq tizimini tashkil etgan normalarning umumiyligi va birligi ularda ifodalangan davlat irodasining yagonaligi, huquqiy norma- lar amal qilib turgan «huquqiy zamin»ning, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish mexanizmi va bu mexanizm asoslanadigan umumiy qoidalarning yaxlitligi, shuningdek vazifalari va maqsadlarining mushtarakligi bilan belgi- lanadi.
Tahlillar ko‘rsatishicha, huquq tizimi quyidagi xususiyatlarga ega:
birinchidan, ijtimoiy munosabatlarning mazmunidan kelib chiqib obyektiv ravishda shakllanadi;
ikkinchidan, u yaxlit tizim sifatida huquqning ichki tuzilishini, ya’ni bu tizim qanday ichki «qurilma»dan iboratligini ko‘rsatadi;
uchinchidan, huquq tizimi uni tashkil etuvchi yuridik normalarning muayyan guruhlarga birlashishini ifodalaydi;
to‘rtinchidan, huquq tizimini tashkil etuvchi yuridik normalar va ular birlashgan guruhlarning o‘zaro farqlanishini ko‘rsatadi;
beshinchidan, ijtimoiy munosabatlarning xususiyati va o‘ziga xosligi yuridik normalarning ham ma’lum darajada ixtisoslashuviga sabab bo‘ladi.
Falsafiy talqindagi «tizimlar nazariyasi»ga ko‘ra, har qanday tizimning tarkibiy tuzilishi muayyan qoidalar va mezonlar asosida tashkil topadi. Biron- bir tizimni chuqurroq anglash uchun tizim asosida yotadigan ushbu mezon- larni aniqlash lozim. Bu huquq tizimini o‘rganish uchun ham zarur bo‘lib, uning natijasida huquqning nimalarga asoslanib «qurilganligi», huquq norma- larining jamlanishi (integratsiya) va guruhlarga bo‘linishi (differensiatsiya) asosida nima yotganligini bilib olamiz. Shu maqsadda adabiyotlarda qator yon- dashuvlardan foydalaniladi. Genetik yondashuv asosida birlamchi va ikkilamchi (hosila) mezonlar ajratiladi. Huquqqa nisbatan, avvalo, inson birlamchi mezon hisoblanadi. Shu ma’noda huquqqa nisbatan turli yo‘llar bilan shakllangan
ijtimoiy va ijtimoiy-siyosiy tuzilmalar, eng avvalo, davlat va jamiyat ikkilamchi mezon hisoblanadi. Tarixiy yondashuvga asosan esa, huquqning tizim sifatida shakllanishining butun rivojlanish yo‘lini kuzatib tahlil etish mumkin, bu jarayonda eng muhim mezon sifatida huquqning shakli (manbayi) oldingi o‘ringa chiqadi. Huquq shakllarini tahlil etish orqali biz u yoki bu huquq tizimi uchun xos bo‘lgan tizim hosil qiluvchi mezonlarni aniqlashimiz mumkin. Tarixiy yondashuv huquq tizimining genetik aloqalarini ochib berishi bilan bir qatorda, tarixiy rivojlanish jarayonida huquq tizimida bo‘lgan jo‘shqin o‘zgarishlarni ham kuzatish mumkin. Bu avvalo insonning o‘zining individ sifa- tida va turli ijtimoiy-siyosiy tuzilmalar a’zosi sifatida rivojlanishi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, huquq tizimiga turli diniy, etnik, g‘oyaviy omillar va ularning o‘zaro nisbati ta’siri ham namoyon bo‘lgan.
Huquq voqeligiga tizimli-tuzilmaviy yondashuv uning ichki tuzilishida huquq normalarining ma’lum tartibda joylashganligini ko‘rsatadi. Huquq tizimi- da joylashgan normalarning tartibga solinganligi, o‘zaro muvofiqligi va aloqa- dorligi hamda ayni paytda, farqlanishi ijtimoiy munosabatlarning ham xuddi shunday tuzilmaviy xususiyati va ularni huquqiy tartibga solishga bog‘liqligi bilan belgilanadi.
Huquqning tizimliligi bir necha darajalarni o‘z ichiga oladi. Ulardan birinchisi o‘z ichki tuzilishi va aloqalariga ega bo‘lgan huquq normasidir. Ushbu aloqadorlik tufayli u aniq huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. Shu bilan bir qatorda, aynan bir munosabat bir necha normalar bilan tartibga solinadi va bu ularni huquq tizimliligining ikkinchi pog‘onasi hisoblangan huquq institutiga birlashtirishga asos bo‘ladi. Bu birlashuv huquq norma- sining tashqi aloqalari natijasi sifatida amalga oshadi. Uchinchi, huquq tizim- liligining ancha yuqori darajasi bo‘lib, huquqning tarmoqlarga (sohalarga) bo‘linishi hisoblanadi.
Huquq tizimidagi tarkibiy tuzilmalar o‘zining tashkiliy qurilishi va aloqa- larining murakkabligi bilan bir-biridan farq qiladi (masalan, gorizantal, verti- kal, matritsali va to‘g‘ri yo‘nalishli aloqalar va hokazo). Taraqqiyotning hozirgi holatiga mos keladigan tasnifga ko‘ra, huquq tizimi – huquq normalari, huquq institutlari va huquq tarmoqlari (sohalari)dan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |