Yuridik faktlar irodani ifodalashiga qarab, ikki asosiy guruhga:
yuridik hodisalar va
yuridik harakatlarga bo‘linadi.
Hodisalar – tabiat va jamiyatdagi shunday faktlarki, ularning yuz berishi kishilarning erku irodasi, ongi va ehtiyojiga bog‘liq emas. Masalan, yer qimir- lashi, bola tug‘ilishi, insonning vafot etishi, yong‘in, sel kabi tabiiy ofatlar va boshqalar. Mazkur hodisalar huquq bilan tartibga solinuvchi ijtimoiy munosa- batlarga muayyan ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababdan ular yuridik faktlar, deb tan olinadi. Odatda, hodisalar huquqiy munosabatning obyektiga ta’sir etadi. Masalan, yong‘in tufayli uy-joyiga zarar yetgan shaxs bilan tegishli davlat idoralari, jumladan, sug‘urta idoralari o‘rtasida huquqiy munosabat kelib chiqadi.
Harakatlar – huquqiy munosabat ishtirokchilari irodasi bilan bog‘liq faktlar.
Ular bir necha turga ajraladi: huquqqa muvofiq va huquqqa xilof harakatlar. Amaldagi qonun normalari asosida vujudga keladigan hamda shu normalar bilan tartibga solinadigan harakatlar huquqiy (huquqqa muvofiq) harakat- lar, deb ataladi. Huquqiy normalar talablariga zid, ularni buzuvchi harakatlar huquqqa xilof (g‘ayriqonuniy) harakatlar hisoblanadi.
Huquqqa zid harakatlar o‘z mazmuni va xususiyatiga qarab jinoiy, ma’muriy, fuqarolik va intizomiy-huquqiy bo‘lmagan harakatlarga bo‘linadi. Huquqiy bo‘lmagan harakat qonunga binoan yuridik javobgarlikni keltirib chiqaradi. Masalan, jinoyat sodir qilinganlik uchun jinoiy javobgarlik kelib chiqadi.
Huquqqa muvofiq harakatlar o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi:
yuridik aktlar;
yuridik xatti-harakat.
Yuridik aktlarda huquqqa muvofiq harakatlar muayyan huquqiy oqibat- larni vujudga keltirishi nazarda tutilib sodir etiladi. Bunday harakatlarda huquq va majburiyatlarni vujudga keltirish, o‘zgartirish va barham toptirishga qara- tilgan xohish ifodalandi. Masalan, fuqarolik huquqiy bitimlari, ma’muriy aktlar shunday aktlar sirasiga kiradi.
Yuridik xatti-harakat kishilar tomonidan huquqiy oqibatlarga olib kelishi- ni atayin ko‘zda tutmagan holda sodir etiladi, biroq bunday oqibatlar qonunda nazarda tutilganligi tufayli kelib chiqadi. Masalan, ijodkor ilmiy yoki badiiy asar yaratdi, deylik. Bunda ijodkorning huquqiy oqibatlarni vujudga keltirishni istagani yoki istamaganidan qat’i nazar, qonun mualliflik huquqiy munosabat- lari paydo bo‘lishini shart qilib qo‘ygan. Demak, ijod mahsulining yaratili- shi – yuridik faktdir.
Yuridik aktlarning eng muhim xususiyati shundan iboratki, ularda yuri- dik ahamiyatga molik asosiy shart – yuridik oqibatlarni ko‘zlab o‘zicha ish ko‘rishdir.
Shunday qilib, yuridik faktlar huquqiy munosabatlar o‘rnatishning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ular, odatda, huquqiy munosabat subyektlarining manfaatlariga mos keladi. Yuqoridagi tahlillarga yakun yasab, quyidagi xulo- salarni chiqarish mumkin: