Odilqoriyev X. T


Moddiy va protsessual huquq



Download 1,16 Mb.
bet229/370
Sana01.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#297353
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   370
Bog'liq
777 (1)

Moddiy va protsessual huquq. Huquq tizimidagi tarmoqlar moddiy va protsessual huquq turlariga ham bo‘linadi. Konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq, moliyaviy huquq, yer huquqi, fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi va mehnat huquqi o‘z mazmuniga ko‘ra moddiy huquq hisoblanadi va ular insonlararo, ularning xilma-xil tuzilmalariaro real tarkib topadigan munosabatlarni tartibga soladi. Bu munosabatlar mulk shakllari, mulkka egalik qilish, undan foydala- nish, uni tasarruf etish, mulkni olish va sotish, davlat boshqaruvi sohasidagi munosabatlar, fuqarolarning mehnat faoliyati, huquq va erkinliklarini amalga oshirish bilan bog‘liq holda vujudga keladi.

Protsessual huquq tarmoqlariga esa, jinoyat-protsessual, fuqarolik protses- sual va xo‘jalik protsessual huquq tarmoqlari kiradi. Ular turli nizolar, kelish- movchiliklarni hal etish, jinoyat va boshqa huquqbuzarliklarni tergov qilish va sudda ko‘rishning tashkiliy masalalarini tartibga soladi. Masalan, jinoyat huquqi normalari qanday qilmish jinoyat ekanligi va shu xatti-harakat yoki ha- rakatsizlik uchun beriladigan jazoning umumiy asoslarini belgilab bersa, jinoyat- protsessual huquqi uni tergov qilish, sudda ko‘rish kabi qator masalalarni o‘z normalarida mustahkamlaydi. Moddiy huquq bilan protsessual huquq o‘rtasida uzviy bog‘liqlik borligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Ular bir-birini taqozo etadi va uzviylikda bir butun yaxlitlik kasb etadi.

Shunday qilib, huquq tizimi – huquqning obyektiv ravishda shakllangan ichki tuzilishi bo‘lib, u harakatdagi, o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan barcha yuridik normalar, institutlar va huquq tarmoqlarini o‘z ichiga oladi, ichki uz- viylik va ayni paytda, tartibga soladigan munosabatlarning xususiyatlaridan kelib chiqadigan farqlar bilan tavsiflanadi.

Huquq tizimi tarkibidagi eng yirik tuzilma – huquq tarmog‘idir. Huquqni tarmoqlarga ajratish ikki mezon, ya’ni huquqiy tartibga solish- ning predmeti va huquqiy tartibga solishning usuli (metodi) orqali amal- ga oshiriladi.


2-§.
Huquqiy tartibga solish predmeti va uslubi – huquqni tarmoq va institutlarga ajratish mezoni


Huquq tizimini tarmoqlarga va institut- larga bo‘lish kimningdir xohishi yoki olim- lar va davlat arboblarining istagi emas. Bu jamiyatda mavjud turli-tuman ijtimoiy alo- qalar tabiatidan kelib chiquvchi obyektiv zaruriyatdir. Obyektiv huquqni nima uchun tarkibiy qismlarga bo‘lish zarur, degan

savolga XX asrning boshlarida G.F. Shershenevich shunday javob bergan edi: «Nazariy jihatdan yondashganda, huquq normalarining tabiatidan kelib chiquvchi ichki farqlanish (bo‘linish) mavjud va u tegishli tasniflashni talab qiladi. Pedagogika nuqtayi nazaridan esa, ulkan va doimo kengayib boradigan huquqiy materialni qismlarga ajratmasdan o‘rganish mumkin emas. Va ni- hoyat, amaliy nuqtayi nazardan qaraganda, turli boshqaruv organlari, ayniqsa, sudlar turlicha normalar bilan ish ko‘rganda ularning muayyan taalluqliligini belgilash uchun qat’iy mezonlar zarur bo‘ladi. Ushbu sabablarning barchasi fan tomonidan huquqni tasniflashga bo‘lgan intilishni oqlaydi»1.

O‘tgan XX asrda huquqning ommaviy huquqqa va xususiy huquqqa bo‘linishi butun dunyoda (sobiq Sovet Ittifoqidan tashqari) e’tirof etildi. Ayni vaqtda, uni tarmoqlar va institutlarga ajratish ham saqlanib qoldi. Bu tasnif mezonlari huquqiy tartibga solishning predmeti va metodidir.

Huquqiy tartibga solish predmeti deganda, huquq bevosita tartibga soladigan narsa, ya’ni, ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Ijtimoiy munosa- batlar o‘z xususiyatiga ko‘ra, yuridik normalar o‘rtasida alohida aloqadorlikni vujudga keltiradi, ularni yaqinlashtiradi. Shu bois huquqiy tartibga solish pred- meti huquq normalarini ma’lum tarmoqqa ajratish, guruhlashda asos bo‘lib hisoblanadi. Huquqiy tartibga solish predmeti tuzilmasi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:


    1. huquqiy tartibga solish predmeti subyektlari (individual va jamoa);

    2. subyektlarning xulq-atvori, xatti-harakati;

  1. atrof-muhit obyektlari: narsalar va hodisalar – bular yuzasidan inson- lar bir-birlari bilan munosabatga kirishadilar va ma’lum manfaat yuzasidan ularga qiziqish bildiradilar;

  2. muayyan munosabatning paydo bo‘lishi va barham topishining bevosita sababchilari bo‘lgan ijtimoiy faktlar: hodisa va harakatlar.

Demak, huquqiy tartibga solish predmeti – huquqiy ta’sir doirasidagi

barcha ijtimoiy munosabatlardir, boshqacha aytganda, huquqiy maydon qam- rovidagi munosabatlardir.






1 Шершеневич Г.Ф. Общая теория права. Вып. 3. – М., 1912. – 514–515-betlar.

Huquqiy tartibga solish predmeti – jamiyat a’zolari bo‘lmish insonlar o‘rtasida vujudga keladigan va tarkib topadigan faktik, real munosabatlar bo‘lib, ular obyektiv ravishda huquqiy tartibga solinishga muhtoj bo‘ladilar. Bunday munosabatlar xilma-xil va ko‘p sonli, ya’ni, boshqaruv, mehnat, mulk, oila va boshqa sohalarda bo‘lishi mumkin. Ular mazmunan turlicha bo‘lgani holda, muayyan umumiy xususiyatlardan ham xoli emas. Umumiylik esa, quyidagilarda ko‘rinadi:



  1. avvalo, insonlar va ularning turli jamoalari, birlashmalari uchun hayo- tiy muhim bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar;

  2. stixiyali tarzda bo‘lmay, balki doimo aniq maqsadga yo‘naltirilgan, irodaviy munosabatlar;

  3. barqaror, qayta-qayta takrorlanadigan, tipik (xos va mos) munosa- batlar;

  4. insonlarning xatti-harakati orqali ifodalangan munosabatlar va shu bois ularning kechishi jarayoni ustidan chetdan nazorat olib borish mumkin.

Shunday qilib, ijtimoiy munosabatlar, aniqrog‘i, ularning mazmuni, hajmi, ixtisoslashganligi, guruhlashganligi huquq tizimining ham tarkibiy tuzilishini, uning ichki «qurilmasi»ni belgilovchi bosh omil va asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi. Ta’kidlash joizki, har bir huquq tarmog‘ining huquqiy tartibga solish predmeti o‘z xususiyatiga ega. Shu bois bu holat mazkur tarmoq obyekti bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarning ma’lum turini tartibga solishning usuli ham o‘ziga xos bo‘lishini taqozo etadi. Huquqni tarmoqlarga ajratishning yana bir muhim mezoni huquqiy tartibga solish usulidir.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish