Gipoteza – dispozitsiyada ko‘rsatilgan qoidaning kim va qachon, qaysi
sharoitda bajarishi lozimligini ko‘rsatadi; dispozitsiya esa – bajarilishi lozim bo‘lgan qoida nimadan iboratligini ko‘rsatadi, u huquqiy munosabat ishtirokchi- larining subyektiv huquqlari va majburiyatlarining mazmunini aks ettiradi; sanksiya esa, huquq normasi talabini bajarmaslik oqibatlarini ko‘rsatadi.
Ta’kidlash joizki, huquqiy normalarning hammasida ham uning uch elementi birgalikda kelavermaydi. Aksariyat konstitutsiyaviy normalar gipoteza va dispozitsiyadangina iborat. Konstitutsiyaviy normalarning sank- siyasi boshqa qonunchilik hujjatlarida, tegishli kodekslarda mustahkamlangan bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasida
«Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd
qilish eng og‘ir jinoyatdir», degan mazmundagi huquqiy qoida mustahkam- langan. Bu normada insonni hayotdan mahrum etganlik uchun qanday jazo berilishi ko‘rsatilmagan. Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasida qasddan odam o‘ldirganlik uchun o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Ayni paytda, Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarning maxsus qismi, ya’ni huquqbuzarliklar ko‘rsatilgan qismida joylashgan mod- dalar asosan dispozitsiya va sanksiyadan iborat (Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning maxsus qismi normalariga qarang), ularning gipotezasi mazkur kodekslarning umumiy qismida, ayrim hollarda boshqa qonunchilik hujjatlarida mustahkamlangan bo‘ladi. Masalan, JKning 97-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatning subyekti jinoyat qonunchiligida belgi- langan yoshga yetgan, aqli raso, mazkur jinoyatni qasddan sodir etgan shaxs bo‘lishi mumkin. Bu qoidalar JKning Umumiy qismida ko‘rsatib o‘tilgan. Shun- day qilib, huquq normasining strukturasi – bu uning o‘zaro mazmunan uzviy bog‘liq tarkibiy qismlardan iborat bo‘lgan ichki tuzilishidir.
3-§.
Huquq normalarining turlari
Huquq normalarining ilmiy va o‘quv adabiyotida turlicha tasniflari va guruh- lanishlari mavjud. Tasniflash deganda, mantiqan o‘rganilayotgan obyektlarni tur-
lar bo‘yicha ma’lum bir umumiy mezonlar asosida guruhlarga ajratish tu- shuniladi. Tasniflashning to‘g‘ri va to‘laroq bo‘lishi, avvalo, unga asos qilib olingan mezonning boshqa barcha belgilarini qayd etuvchi uning eng aha- miyatli jihatiga bog‘liqdir. Yuridik normalarni tasniflashning to‘rtta mezo- ni mavjud: 1) ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish funksiyalari;
2) huquqiy tartibga solish predmeti; 3) huquqiy tartibga solish metodi;
4) normani ifodalash shakli.
Huquq normalari huquqiy tartibga solish mexanizmidagi funksional vazifasi- ga ko‘ra, boshlang‘ich normalar va qoida – normalarga bo‘linadi. Boshlang‘ich, ta’sis etuvchi, yo‘nalish beruvchi normalar ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning maqsadini, vazifalarini, prinsiplari, yo‘nalishi va chega- ralarini aniqlab beruvchi asos hisoblanadi. Demak, bunday normalar qatoriga Konstitutsiyada mustahkamlanadigan mamlakat iqtisodiyoti va davlat siyosati asoslarini, inson huquqlari va erkinliklari, fuqarolik jamiyati asoslarini ifodalovchi normalar kiradi; shuningdek, huquq sohalari asoslarini belgilovchi prinsip- normalar, yo‘nalish va vazifalarni ifodalovchi maqsad-normalar, huquqiy tushuncha va kategoriyalarni belgilovchi ta’rif-normalar kiradi.
Huquqiy normalarning katta qismini xulq-atvor qoidalaridan iborat normalar tashkil etadi. Huquqiy normalarini tasniflash uchun asosan, huquq normasi elementi bo‘lgan dispozitsiyaning mazmuni bilan bog‘liq holdagi o‘zgarishlar nazarda tutiladi. Umuman olganda, huquq normasining tasniflanishiga dispozitsiyadagi o‘zgarish ta’sir etadi hamda turli mezonlar orqali o‘z ifodasini topadi. Huquq normasini tasniflashda usul va mezonlar ko‘p bo‘lganligi uchun uni tasniflashning umumiy tomonlarini inobatga olgan holda, guruhlar- ga bo‘lish qulay hisoblanadi.
Huquq normalarini, ularda mustahkamlangan qoidalar xususiyatiga qa- rab quyidagicha tasniflash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |