Dispozitsiya – huquq normasining navbatdagi tarkibiy elementi bo‘lib,
unda huquq subyektlarining huquq va majburiyatlari belgilanadi va ularning
bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlari variantlari ko‘rsatiladi. Masalan, Jinoyat kodeksida belgilangan tartibni buzib chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish yoxud chegaradan noqonuniy o‘tganlik uchun javobgar- lik belgilangan. Bu huquq normasining dispozitsiyasi – hukumatning ruxsati- siz yoki qalbaki hujjatlardan foydalanib yoki buning uchun belgilangan chegara punkti orqali o‘tmay, davlat chegarasidan noqonuniy o‘tishning taqiqlanganli- gidir. Dispozitsiya shu xulq-atvor qoidasining o‘zi, yuridik normaning o‘zagi, mag‘zidir. Ammo, huquq normasi faqat birgina dispozitsiyaning o‘zidan iborat bo‘la olmaydi. Faqat gipoteza va sanksiya birlikda dispozitsiya atrofida jamlan- gandagina dispozitsiya hayotiy kuchga ega bo‘ladi va o‘zining tartibga soluvchi xususiyatlarini namoyon qiladi. Dispozitsiya – bu huquqiy xatti-harakat modelidir.
Dispozitsiyada huquq normasining gipotezasida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lganda huquq subyektlari rioya etishlari lozim bo‘lgan qoida ifo- dalanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 66-moddasiga muvofiq, «voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar» – bunda, gipotezada ko‘rsatilgan holatlar, ya’ni farzandlarning voyaga yetishi va mehnatga layoqatli bo‘lishi hollarining mavjudligi dispozitsiyaning amal qilishiga sharoit tug‘diradi, ya’ni farzandlarda o‘z ota-onalariga g‘amxo‘rlik qilish majburiyatini vujudga keltiradi.
Bajarilishi shart bo‘lgan yoki aksincha, man etilgan xulq-atvor qoidala- rini bayon qilishning to‘laligi bo‘yicha dispozitsiyalar – oddiy, tavsif etuvchi, blanket va havola etuvchi dispozitsiyalarga bo‘linadi. Oddiy dispozitsiyada xatti-harakat tavsiflab berilmaydi, balki barchaga ma’lum tushuncha, ibora, (masalan, Jinoyat kodeksining 97-moddasi «qasddan odam o‘ldirish») yordami- da ta’riflanadi. Bu kabi dispozitsiyalarda izoh va sharh talab etilmaydi, ammo ular qonunchiligimizda juda kam uchraydi.
Tavsif etuvchi dispozitsiya – huquqbuzarlik belgilarining to‘liq bayonini o‘z ichiga oladi (masalan, JKning 169-moddasi: o‘g‘rilik – o‘zgalar mulkini yashi- rin ravishda egallab olish (qonunda, garchand bu mantiqan o‘rinli bo‘lmasa-da, talon-toroj qilish, deb yozilgan). Bunda norma dispozitsiyasi hammaga tushu- narli bo‘lishi uchun ma’lum bir ma’noda, qisqa shaklda bayon etiladi.
Blanket dispozitsiya huquqbuzarlikning belgilarini aniqlash uchun shu qonunda yoki qonunchilikning boshqa sohalari normalarida belgilangan tegishli qoidalarga havola qiladi. Masalan, Jinoyat kodeksida yong‘in xavfsizligi, texni- ka xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Bu qoidalarning mazmuni Jinoyat kodeksida emas, balki JKning moddalarini qo‘llashda muro- jaat qilish zarur bo‘lgan boshqa normativ hujjatlarda ochib beriladi. «Blanket»
so‘zi «blank» iborasi asosida vujudga kelgan bo‘lib, asl ma’nosi blank tarzidagi norma mazmunini boshqa huquqiy qoida vositasida to‘ldirish lozimligini anglatadi. Yuqorida keltirilganidek, «texnika xavfsizligi qoidalarini buzganlik» ka doir javobgarlikni belgilash uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan alohida tasdiqlangan «Texnika xavfsizligi qoidalari» degan hujjatni olib, uning qaysi qoidasi kodeks normasiga qay darajada muvofiq kelishini aniqlab, ya’ni shu qoida mazmuni bilan Jinoyat kodeksining blanket normasi to‘ldirilishi kerak bo‘ladi. Undan so‘ng aybning hajmi va jazoning miqdori hal etilishi mumkin.
Havola etuvchi dispozitsiya deganda, huquqbuzarlik belgilariga ega bo‘lmagan, balki o‘sha qonunning boshqa normasiga (masalan, JKning 110-m.
«Qiynash») yoki boshqa huquqiy hujjatga murojaat etishni nazarda tutuvchi dispozitsiya havola etuvchi dispozitsiya sifatida tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |