Odilqoriyev X. T



Download 1,16 Mb.
bet178/370
Sana01.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#297353
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   370
Bog'liq
777 (1)

Birinchidan, jamiyat, shaxs yoki ijtimoiy guruh uchun qadr-qimmatli bo‘lgan eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Bunda, birinchi navbatda, normadagi adolat va erkinlik g‘oyalari bilan belgilanadigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy idrok etish va qonuniy mustahkamlash predmeti bo‘ladi. Bunda huquqning ijobiy munosabatlarni mustahkamlash funksiyasi namoyon bo‘ladi.

Shu bilan birga, jamiyat, shaxs manfaatlarini qo‘riqlash maqsadida ba’zan salbiy, noxush ijtimoiy xulq-atvor ham huquqiy norma ta’siriga tushadi, lekin o‘z-o‘zidan emas, balki nizoli vaziyatlarni tartibga solish vositasi orqali aks etadi. Yuridik normalarda ijtimoiy voqelik, uning yo‘nalishlari va rivojlanish is- tiqbollarini aks ettirishning murakkabligi, hatto nobop normalar qabul qilishga olib kelishi mumkin. Huquqda ijtimoiy voqelikni aks ettirish subyektiv bo‘lib, davlatning huquq ijodkorligi bilan shug‘ullanuvchi organlari faoliyati ilmiylik prinsiplariga har doim ham asoslanavermasligi bois xato normalarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.



Ta’kidlash joizki, huquqiy normalarda aks ettiriladigan ijtimoiy munosa- batlarning ahamiyati, muhimligi darajasi normaning qonunchilik iyerarxiyasida egallaydigan o‘rnini belgilaydi. Eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalar yuridik kuchi jihatdan yuqori nufuzga ega bo‘lgan normativ- huquqiy hujjatlar – konstitutsiyalarda, konstitutsiyaviy qonunlarda, qonunlarda ifodalanadi.

Ikkinchidan, huquq normasi tartibga solinadigan ijtimoiy munosabat- larning modeli sifatida namoyon bo‘ladi. Modellashtirish – bu ongda ijtimoiy reallikning andozasini in’ikos etish, vujudga keltirish yo‘li bilan tabiiy va ij- timoiy hodisalarni idrok etish jarayonidir. Qonun chiqaruvchi organ «ongida»
shakllantirilgan ijobiy xulq-atvorning namunaviy variantlari, ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlar modeli shaklida ifodalanadi. Modelni ifodalash vositalari turli-tuman: tabiiy til vositasi, formulalar, konstruksiyalar, raqamlar va hoka- zolardir.

Huquqiy norma faqat xulq-atvor emas, balki ijtimoiy munosabatlarning holati, ularning xususiyatlari, obyektiv va subyektiv tarkiblarini ham model- lashtiradi. Bunda u huquqiy holat va tushunchalar, huquqiy tartibga solish chegaralari, usullari, prinsiplari haqida, huquqqa muvofiqlik va huquqqa zidlik, huquqiylik va nohuquqiylik haqida axborot yetkazadi. Ijtimoiy munosabatlarning modeli sifatida normativ-huquqiy hujjatda mustahkamlangan yuridik normalar ijtimoiy voqealikning yaxlit manzarasini aks ettiradi. Shuning uchun ham har qanday mamlakat va davrning qonunchilik yodgorliklarini o‘rganish – shu davr davlati, jamiyati va hayoti, turmushi va huquqi haqida ancha ishonchli axborot beradi. Huquq normasi o‘zidagi mavjud axborot, shuningdek ijtimoiy munosabatlarni modellashtirishda alohida ahamiyat kasb etishi tufayli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish imkoniyatiga ega. U ijtimoiy munosabatlarni aks ettirganligi bois unga muayyan mazmun va ifodalanish shakli xos bo‘ladi. Uchinchidan, ijtimoiy jarayonlar, holatlar va aloqalarning takrorlanishi tufayli huquq normasi ularning tipikligini aks ettiradi hamda mustahkamlaydi. Odatda, tip jihatidan mansublik mavjud munosabatlarga xos bo‘ladi, lekin u yangidan shakllanayotgan, kelgusida takrorlanib turishi ehtimol tutilgan ijti- moiy aloqalarga ham taalluqli bo‘lishi mumkin. Tipiklashtirish – murakkab tafakkur jarayoni bo‘lib, umumlashtirish, holatlarining muhim belgilarini aniqlash va ahamiyatsiz belgilarni bo‘rttirmaslikni nazarda tutadi. Huquqiy normaga nisbatan esa tipiklashtirish muayyan vaziyatlardagi huquqiy hodisa yoki inson xatti-harakatidagi muhim jihatlarni ajratib ko‘rsatishda ifodalanadi. Bu huquqiy holatlarda (shaxsning individual belgilaridan tortib, uning ayrim fe’l-atvorigacha) muayyanlikdan abstraksiyalashishga o‘tish jarayonidir. Shu tu- fayli «erkinlik qonunlarda alohida shaxs o‘zboshimchaligiga bog‘liq bo‘lmagan,

nomuayyan, nazariy mavjudlik kasb etadi»1.



Tipiklashtirish tufayli huquqiy tushuncha o‘ziga xos ma’lum belgilariga ega bo‘ladi, xulq-atvor qoidasi esa ijtimoiy munosabatlar bilan aloqani uzmagan holda o‘zining tartibga soluvchi ta’siri bilan cheksiz miqdordagi shaxslarni qamrab olish xususiyatiga ega. Shu ma’noda yuridik norma uchun mazmunining aniqligi va subyektlarining mavjudligi xosdir. Huquq normalari mazmunini tipiklashtirish shunga olib keladiki, bunda ular turli shaxslar uchun teng masshtab, me’yor sifatida namoyon bo‘ladi. Bu huquqning barqarorlik xususi-




1 Marks K., Engels F. Аsarlar. – M., 1984, T.1. – 63-bet.
yatini ham belgilab beradi. Ijtimoiy munosabatlar ancha uzoq muddat mavjud bo‘lgandagina, ularga xos umumiy va barqaror belgilar tipik ma’no kasb etadi. Bu barqarorlik huquq normasida mustahkamlanib, ularga doimiylik, izchillik baxsh etadi. Huquqiy normalar modellashtirayotgan ijtimoiy munosabatlar notipik bo‘lib qolgan taqdirdagina o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish