Odilqoriyev X. T



Download 1,16 Mb.
bet182/370
Sana01.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#297353
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   370
Bog'liq
777 (1)

Sanksiya – yuridik normaning uchinchi tarkibiy elementi bo‘lib, u

huquqiy norma buzilgan yoki majburiyat bajarilmagan yoxud talab etil- gan xatti-harakat sodir etilmagan holda huquqni buzgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan davlat ta’sir chorasidir. Sanksiyaning bunday ta’rifini, odatda, yuridik fan, davlat va huquq nazariyasi beradi. Faylasuflar, shuningdek, sotsiologlar sanksiya deganda, faqatgina salbiy (tanbeh, jazo) oqibatlarnigina emas, balki ijobiy (rag‘batlantirish, quvvatlash) oqibatlarni (shuningdek, insonning ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xulq-atvoridan kelib chiqadigan ijobiy oqibatlarni) ham tushunadilar.

Sanksiya huquq normasining bir qismi bo‘lib, unda dispozitsiyada ko‘rsatilgan talablarni bajarmaganlik uchun berilishi mumkin bo‘lgan jazo yoki tavsiya etilgan harakatni sodir etganlik uchun rag‘batlantirishning turi va o‘lchovi ifodalangan bo‘ladi. Sanksiya – yuridik normaning mantiqiy yakunlov- chi qismidir. Unda jamiyat, davlat, shaxsning huquqiy normani buzuvchilarga nisbatan salbiy munosabati ifodalanadi.

Huquqiy norma sanksiyasi – umumlashma tushuncha. Huquqbuzar uchun bo‘ladigan noxush oqibatlarning tabiatiga bog‘liq ravishda u qo‘yidagilarni nazarda tutishi mumkin:



      1. javobgarlik choralari (ozodlikdan mahrum qilish, jarima, moddiy zararni undirish); bu turdagi sanksiyalar javobgarlikka tortuvchi yoxud jazovlovchi sanksiyalar deb ataladi;

      2. ogohlantirish ta’sir choralari (ushlab keltirish, mulkini hisobga olish, jinoyat sodir etishda gumon qilib ushlash, davlat hokimiyatining akti yoxud ma’muriy aktlarni bekor qilish, majburiy davolash, o‘zboshimchalik bilan qurilgan binolarni buzib tashlash va hokazo);

v) muhofaza choralari (ishchi va xizmatchilarni agar ular ilgari qonunsiz ishdan bo‘shatilgan bo‘lsalar, avvalgi ish joyiga qayta tiklash, aliment undirish
va hokazo), ko‘rsatilgan choralarni tayinlash, ya’ni shaxsga yetkazilgan zararni bartaraf etish va uning buzilgan huquqlarini tiklashga qaratilgan xatti-hara- katlar (bu choralar javobgarlik choralaridan farq qilib, huquqbuzar tomonidan unga tegishli bo‘lgan va ilgari ijro qilinmagan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutadi);

g) subyektga nisbatan uning o‘z xulq-atvori oqibatida kelib chiqadigan noxush oqibatlar (kasalxona rejimini buzish natijasida bemorning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini yo‘qotishi yoxud bu hol uzrli sababsiz yuz berishi va hokazo).



Huquqiy normalarning sanksiyalarini huquqbuzar uchun noxush bo‘lgan oqibatlarning hajmi va miqdoridan kelib chiqib tasniflash maqsadga muvofiqdir, bunda sanksiyalar uch guruhga ajratiladi:

  1. mutlaq aniq sanksiyalar, ularda noxush oqibatlarning miqdori aniq ko‘rsatilgan (xodimni xizmat burchini bajarishdan ozod etish, ishdan bo‘shatish, jarimaning aniq miqdori va hokazo) bo‘ladi;

  2. nisbiy aniq sanksiyalar, bularda noxush oqibatlar chegarasining eng ozidan eng ko‘pigacha yoxud faqat eng ko‘pigacha ko‘rsatiladi. Avvalo, bular Jinoyat kodeksining «falon yildan ... falon yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi» yoki «... yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi» shaklidagi sanksiyalaridir;

  3. alternativ sanksiyalar, ularda «yoki», «yoxud» birlashtiruvchi-ayiruv- chi bog‘lovchilar orqali bir necha noxush oqibatlar (jazolar) ko‘rsatilib, sanab o‘tiladi va huquqni qo‘llovchi subyekt ulardan faqat bittasini – hal etilayotgan holat uchun eng maqsadga muvofiq bo‘ladiganini tanlaydi. Bunday sanksiya quyidagicha ifodalanishi mumkin: «... yilgacha ozodlikdan mahrum etish yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi».

Shunday qilib, huquq normasining tarkibiy qismlari quyidagilarni o‘rnatadi:


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish