4-§.
Davlat va huquq nazariyasining ijtimoiy va yuridik fanlar tizimidagi o‘rni hamda ahamiyati
Davlat va huquq nazariyasi fanini har tomonlama va mufassal tavsiflashda uning boshqa fanlar bilan aloqadorligini ochish muhim ahamiyatga ega. Bu fan barcha ij- timoiy va yuridik fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Davlat va huquq masalalarini faqat yuridik fanlar emas, balki boshqa ijtimoiy
fanlar ham o‘rganadi. Chunki insonlarning faoliyati serqirra va turli-tuman bo‘lib, ular huquq vositasida tartibga solinadi, davlat-siyosiy munosabatlarning obyekti sifatida maydonga chiqadi.
Davlat va huquq hamisha ijtimoiy hayotning muhim masalasidir. Dav- lat va huquq nazariyasi davlat va huquq hodisalarini tadqiq va tahlil qilishda boshqa fanlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi, ularning yutuqlari, ilmiy xu- losa va tavsiyalaridan foydalanadi. Davlat va huquq nazariyasi boshqa ijtimoiy fanlar: falsafa, iqtisod, sotsiologiya, siyosatshunoslik, tarix kabi fanlar bilan mustahkam aloqada bo‘ladi.
Falsafa hamda davlat va huquq nazariyasi. Falsafa tabiat, jamiyat
va tafakkur rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Ijtimoiy falsafa davlat va huquqni jamiyatning tarkibiy qismi sifatida o‘rganadi. Shu bois, u davlat va huquq masalalarini umumiy tarzda, ijtimoiy hodisa sifatida talqin etadi.
Davlat va huquq nazariyasi fani falsafadan ijtimoiy, shu jumladan davlat- huquqiy hodisalarni bilishning metodologiyasi sifatida foydalanadi, falsafaning qoidalari va xulosalariga tayangan holda, davlat va huquq muammolarini aniqlashtiradi hamda ularning nazariy jihatlarini o‘rganadi. Bunda falsafa bilan davlat va huquq nazariyasi bir-birini takrorlamaydi, aksincha to‘ldiradi.
Falsafa borliqning ongga, insonning uni o‘rab turgan atrof-muhitga mu- nosabatining umumiy qonuniyatlari haqidagi bilimlar tizimidir. Falsafa dav- lat va huquqning mohiyati, tabiati, uning ijtimoiy hodisalar tizimidagi o‘rnini aniqlaydi. Davlat va huquq nazariyasi fani esa, davlat va huquqning barcha ko‘rinishlari va belgilari bilan bir butun holda batafsil o‘rganadi. Agar falsafa davlat va huquqning mohiyatini aniqlash imkonini bersa, davlat va huquq nazariyasi falsafani ijtimoiy taraqqiyot, davlat va huquqning umumiy tamoyil- lari, ijtimoiy vazifasi va funksiyalarini ifodalash usullari bilan boyitadi.
Falsafaning umumiy qonun va kategoriyalaridan davlat va huquqqa te- gishli voqea-hodisalar va jarayonlarni o‘rganishda amaliy foydalanish, bir to- mondan, davlat va huquq sohasida to‘plangan barcha bilimlarni ilmiy jihatdan umumlashtirib, bu bilimlarni davlat va huquq nazariyasining kategoriyasi sifa- tida bayon qilish imkonini beradi; ikkinchi tomondan, davlat va huquq nazari-
yasi fani to‘plagan bilimlar, ma’lumotlar falsafaning obyektiv qonunlarni ochi- shi va umumiy kategoriyalarni ishlab chiqishi uchun amaliy ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi. Davlat va huquq nazariyasi o‘z mavzusini tahlil etish chog‘ida falsafaning «munosabat», «erkinlik», «jarayon», «funksiya», «butun va qism»,
«sistema», «evolyutsiya», «taraqqiyot», «aloqadorlik», «mohiyat», «shakl» kabi tushuncha va kategoriyalaridan keng foydalanadi1. Mazkur fanlar yaratadigan bilimlar o‘zaro bir-biriga singib ketadi.
Davlat va huquq zohir bo‘lishining falsafiy talqini hozirgi davrda alohida dolzarblik kasb etmoqda. Huquqshunoslik bilan falsafa hamkorligi zamirida
«huquq falsafasi» degan yangi ilmiy yo‘nalish shakllanmoqda. Davlat va huquq hodisalarini falsafa kategoriyalari va qonuniyatlari nuqtayi nazaridan talqin etish huquqshunoslik fani rivojida yangi ufq va marralar ochishi shubhasizdir2. Tabiiyki, davlat va huquq nazariyasi huquq falsafasi fani bilan ham o‘zaro uzviy hamkorlik qiladi.
Shunday qilib, falsafa fani davlat va huquq nazariyasi uchun poydevor bo‘lib, metodologik asos vazifasini bajaradi, davlat va huquq nazariyasi esa, falsafa shu jumladan, huquq falsafasi uchun aniq hayotiy ma’lumotlar manbayi vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |