Statistik-matematik metod – yuqoridagi aniq-sotsiologik metod bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lib, sud amaliyoti, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatiga oid amaliyot, boshqa davlat idoralari faoliyatidan kelib chiqadigan statistik ma’lumotlarni umumlashtirish orqali ijtimoiy taraqqiyotning hayotiy jarayonlarini xolis aniqlash va baholash usuli hisoblanadi. Huquqiy hodisalarni, muayyan tarixiy davrdagi matematik va geometrik holatlarni o‘rganish, tahlil etish ham ushbu metod doirasiga kiradi.
Statistika – bu raqamli hisob-kitob yuritish asosida ma’lumotlar to‘plash, ularni tahlil etish, baholash va mantiqiy-ilmiy xulosa chiqarish ilmidir. Bun- da miqdoriy ko‘rsatkichlar ilmiy tahlilning obyekti hisoblanadi. Miqdoriy ma’lumotlar davlat va huquq hodisalari taraqqiyotining nisbiy barqaror tenden- siyalarini o‘zida ifoda qilgani holda, ularning taraqqiyot yo‘nalishlarini belgilash va baholashga, strategik va taktik ahamiyatga molik jihatlarini aniqlashga yordam beradi. Raqamli ma’lumotlar davlat va huquqning holati, dinamikasi hamda rivojlanish tendensiyalarini obyektiv ifodalaydi. Qator holatlarda statis- tik –matematik tadqiqotlar natijalari so‘z bilan anglashiladigan har qanday matn –ifodalardan ishonchliroq chiqadi. Bunday tadqiqotlar statistik kuzatuv, statistik ma’lumotlarni matematik usullar yordamida erkin ishlovdan o‘tkazish va ularni tahlil etish bosqichlari orqali amalga oshadi.
Statistik – matematik metod o‘zining ommaviyligi va takroriyligi bilan tavsiflanadigan davlat-huquqiy voqeliklarni, masalan, vakillik va bevosita de- mokratiya shakllari: saylov hamda referendumlar natijasini hisoblash; huquq ijodkorligi va huquqni qo‘llash jarayonlarini, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning
boshqa turlarini aniqlash hamda baholashda nihoyatda keng qo‘llaniladi. Davlat va huquq institutlarining holati va rivojlanishi haqidagi miqdoriy ko‘rsatkichlar tegishli sotsiologik tahlillar o‘tkazishda qo‘l keladi.
Kibernetik metod – davlat va huquq hodisalarini o‘rganishda hozirgi
zamon texnikaviy vositalarini qo‘llab, huquqiy ma’lumotlar to‘plash, ularga ishlov berish va umumlashtirish usuli. Masalan, bu usul yordamida elektron hisoblash mashinalari, kompyuter, multimedia va boshqa texnika vositalarini qo‘llab, davlat va huquq funksiyalarining istalgan birontasini modellashtirish hamda shu asosda kelgusida ularning rivojlanishini bashorat qilish mumkin.
«Kibernetika» yunoncha «boshqarish san’ati» demakdir. Davlat va huquqni o‘rganishda modellashtirish metodi bu voqeliklarning oqilona modelini yaratish- ga, davlat va huquqning harakatlanish mexanizmlari tuzilishiga mo‘ljallangan modelni joriy etishga, demokratik va huquqiy tartibga solish jarayonlarini zarur yo‘nalishda modellashtirishga ko‘maklashadi. Bu metod davlat va huquq naza- riyasi arsenalidagi tushuncha va kategoriyalarni shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |