Tarixiy metod – davlat va huquqni tarixiy rivojlanish shart-sharoitlariga bog‘lab o‘rganish usuli bo‘lib, unda davlat va huquqning tavsifi va rivojlanish bosqichlari tarixiy xronolologik izchillikda, ketma-ketlikda o‘rganiladi.
Ushbu o‘rinda davlat va huquqning tarixan vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash, ularning tarixiy taraqqiyot bosqichlarida rivojlani- shi, o‘zgarishi va shakllanishiga ta’sir etgan omillarni ko‘rsatib berish, shu asosda davlat va huquqning bugungi holatiga baho berish hamda istiqboldagi evolyutsiyasini bashorat qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarixiy metod vositasida davlat – huquqiy hodisalarga ikki nuqtayi nazardan yondashish mumkin: birinchidan, bu hodisalarning «vaqt o‘lchovida harakatlanish, o‘zgarish jarayoni»ni kuzatish, ikkinchidan, bu jarayonni
«nazariy jihatdan anglash». Tarixiy yondashuv asosida tahlil yuritish umu- man abstrakt davlat va huquqni emas, balki konkret, aniq muayyan davlat va huquqning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va mohiyatini, tabiatini o‘rganish imkoniyatini beradi.
Va nihoyat, davlat va huquqning nazariy jihatlarini tarixiy voqealar ham- da faktlar bilan bog‘lab o‘rganish puxta bilim olish garovidir. Davlat va huquq haqidagi turli-tuman fikrlar ichida o‘ralashib qolmaslik uchun ularning asosiy tarixiy bog‘lanishlarini unutmaslik lozim. Shu bois har bir masalaga tarixdagi ma’lum hodisa qanday paydo bo‘lganligi, bu hodisa o‘z rivojlanishida qanday asosiy bosqichlardan o‘tganligi nuqtayi nazaridan qarab, bu hodisa hozirgi paytda qanday bo‘lib qolganligiga baho berish lozim. Bu metodologik talab davlat va huquq hodisalariga ham bevosita taalluqlidir.
Sistemali-strukturali o‘rganish metodi – davlat va huquq nazariyasi,
uning predmetini mustaqil ijtimoiy tizim (sistema) tarzida o‘rganish usuli. Bun- da davlat va huquqni jamiyat hayotining boshqa hodisalari tizimida o‘rganish, ularning tuzilishini (strukturasini), davlat va huquq hodisalarini tashkil etuvchi tarkibiy elementlarini o‘rganish amalga oshiriladi. Bu metod tadqiq etilayotgan obyekt haqida to‘la va atroflicha bilim hosil qilishga yordam beradi.
Sistemali-strukturali metod davlat qurilishi va huquq amal qilishini tizim- li tahlil etishning metodologik yondashuvlari, usullari va prinsiplarini o‘z ichiga oladi. Davlat va huquqni tizimli tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
sistema qismlarning bir butun kompleks o‘zaro aloqadorligi ekanligi;
sistemaning tashqi muhit bilan uzviy birligi; 3) tahlil etilayotgan har qanday sistemaga o‘zidan yuqoriroq va kattaroq boshqa sistemaning tarkibiy elementi deb qaralishi; 4) o‘rganilayotgan sistemaning elementlari, odatda, quyi turuv- chi, kichik sistemani hosil qilishi1.
Tarkibiy qismlarning (elementlarning) o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligi fanimiz predmetini tashkil etuvchi «davlat apparati», «huquqiy tizim», «huquq normasi», «huquqiy munosabatlar», «huquq buzilishining yuridik tarkibi» kabi voqeliklar(institutlar) ning tarkibiy tuzilishi (strukturasi) misolida namoyon bo‘lishi mumkin. Boshqacha aytganda, mazkur institutlarni sistemali-struk- turali tahlil etish mumkin va lozim. Mazkur metoddan barcha davlat-huquqiy hodisalarni tadqiq etishda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |