Qiyosiy-huquqiy metod – qiyoslash, taqqoslash, solishtirish orqali dav-
lat va huquq voqeliklarini o‘rganish, ularning o‘ziga xos jihatlari va xususiyat- larini aniqlab olish usuli. Masalan, O‘zbekistondagi ikki palatali parlamentning mohiyati, vakolatlari ko‘lami, xususiyatlarini aniqlash uchun dunyodagi boshqa davlatlar ikki palatali parlamentlarining huquqiy maqomi va vakolatlari bilan qiyoslanadi. Yoki O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘ziga xos ji- hatlarini tushunib olish uchun uni boshqa davlatlarning konstitutsiyalari bilan solishtirib o‘rganiladi va hokazo. Qiyosiy-huquqiy usul yordamida davlat va huquqning nafaqat boshqa mamlakatlardagi analoglari (o‘xshash hodisalar) bi- lan farqi aniqlandi, balki ularning o‘tmishdagi, avvalgi bosqichdagi holati bilan hozirgi kundagi holati qiyoslanib, qimmatli ma’lumotlar to‘planadi.
Ushbu metod turli davlatlar va huquqiy tizimlarning umumiy va o‘ziga xos tomonlarini bilish hamda ana shu asosda davlat va huquq taraqqiyotining qonuniyatlarini ochishga, davlat va huquq sohasidagi hodisalar va jarayonlarni o‘zaro solishtirish asosida ular o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlashga imkon beradi2.
Aniq-sotsiologik metod – davlat va huquq masalalarini davlat idoralari
faoliyati, davlat va jamiyat boshqaruvini huquqiy tartibga solish yo‘llarini real hayot bilan bog‘lab o‘rganish usulidir. Aniq – sotsiologik metodda quyida- gi ilmiy-amaliy usullardan foydalaniladi: yozma yoki og‘zaki so‘rov (anketa)
1 Qarang: Теория государства и права / Под ред. проф. Н.И. Матузова и А.В. Малько. – М.: Юристъ, 2000. – 26-bet.
2 Qarang: Saidov А., Tadjiхanov U. Davlat va huquq nazariyasi. 1-jild. Davlat nazariyasi. – T., 2001.
27-bet.
o‘tkazish, jamoatchilik fikrini aniqlash va tahlil qilish, statistik ma’lumotlar va hujjatlarni (arxiv materiallarini) tahlil etish, kuzatuv olib borish, suhbat, tajriba o‘tkazish va boshqalar.
Aniq-sotsiologik metodning ma’nosi shundaki, ilmiy tahlilning bu usu- lida yuridik amaliyot, huquqiy hayotning muhim jihatlari, davlat va huquq institutlarining amal qilishi haqida haqqoniy ma’lumotlar (axborot) to‘plash, tahlil etish va qayta ishlash amalga oshiriladi. Olingan natijalar asosida dav- lat-huquqiy voqelik xususida nazariy umumlashmalar, xulosalar chiqariladi va tegishli amaliyotni takomillashtirishga oid qarorlar qabul qilinadi. Masalan, sud-huquqiy tizimda o‘tkazilayotgan islohotlarning samarasini aniqlash uchun aniq-sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish mumkin. Bunda sud amaliyoti, prokuror nazorati hamda tergov amaliyoti bo‘yicha statistik ma’lumotlar va arxiv ma- teriallari o‘rganiladi, anketa so‘rovlari o‘tkaziladi, jamoatchilik fikri o‘rganiladi hamda ular matematik va kompyuter ishlovidan o‘tkazilib, hosil bo‘lgan ax- borot asosida ilmiy asoslantirilgan xulosalar chiqariladi, zarur tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |