Odilqoriyev X. T


Siyosatshunoslik hamda davlat va huquq nazariyasi



Download 1,25 Mb.
bet22/298
Sana16.06.2022
Hajmi1,25 Mb.
#677267
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   298
Bog'liq
Odilqoriyev X. T

Siyosatshunoslik hamda davlat va huquq nazariyasi. Siyosatshunos- lik fani siyosat, uning shakllari, siyosiy jarayonlar va siyosiy birlashmalar, jumladan, siyosiy partiyalar, siyosiy hokimiyatga va davlat hokimiyatiga erishish vositalari, fuqarolik jamiyati, davlat va shaxsning o‘zaro munosabati kabi hodisalarni o‘rganadi. Siyosatshunoslik inson siyosiy madaniyatini ijti- moiy-siyosiy munosabatlar tizimi, ya’ni fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirilishi orqali o‘rganadi.

Davlat va huquq nazariyasining siyosatshunoslik fani bilan bog‘liqligi har ikkala fanning ham bir obyektni, ya’ni jamiyat siyosiy tizimining muhim elementi bo‘lmish davlat va huquqni ilmiy jihatdan tadqiq etishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bunda davlat va huquq nazariyasi davlat va huquqning vujudga kelishi, rivojlanishi, amaliy faoliyatining umumiy qonuniyatlarini o‘rgansa, siyosatshunoslik fani davlat va huquqiy siyosatni, aniqrog‘i, jami- yatda yuz berayotgan siyosiy hodisalar va jarayonlarni, ya’ni siyosat nazari- yasi va amaliyotini o‘rganadi. Ularning har ikkalasi bir predmet – davlat va huquqni, davlatning ichki va tashqi siyosatini har tomonlama, ayni vaqtda turli jihatlarini o‘rganadi, ilmiy tadqiqotlar natijasida olingan bilimlar bilan bir-birini to‘ldiradi. Pirovardida, siyosatshunoslik fani o‘zining keng qamrov- liligiga ko‘ra, davlat va huquq nazariyasi fani uchun muhim asoslardan biri bo‘lib xizmat qiladi.


O‘z navbatida, siyosatshunoslik fani ham davlat va huquq nazariyasi to‘playdigan bilimlardan foydalanadi. Masalan, fanimizning «davlat», «davlat mexanizmi», «siyosiy hokimiyat», «siyosiy va davlat rejimlari», «siyosiy parti- yalar faoliyatini huquqiy tartibga solish» tushunchalariga bergan ta’riflaridan siyosatshunoslik fani ham keng bahramand bo‘ladi.
Davlat va huquq nazariyasi tarix fani bilan ham uzviy aloqador.
Tarix jamiyatshunoslikka oid ijtimoiy fan hisoblanadi. U insoniyat madaniy va ma’naviy taraqqiyotining har xil tiplari va davrlarini, jamiyatning rivojlanish yo‘nalishlari va tiklanish bosqichlarini, insoniyatning o‘tmishdan kelajak tomon yuksalib borish sabablari va mohiyatini tadqiq etadi. Muayyan xalqlar, davlat- larning turli davrlardagi hayotining aniq shakllari va tajribasini, shuningdek huquqiy merosi va yodgorliklarini ham o‘rganadi. Lekin tarix fani uchun vaqt chegaralari muhimdir. U umumlashma xulosalar chiqarmaydi, qonuniyatlarni ochmaydi, ayni shu jihatlari bilan davlat va huquq nazariyasidan farq qiladi.
Shunday qilib, davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy fanlar tizimida quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi:
birinchidan, davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy fanlar jumlasiga kiruvchi
huquqshunoslikning tarkibiy qismidir. U huquqshunoslikka nisbatan xususiylik, boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan esa, alohidalik kasb etadi;
ikkinchidan, davlat va huquq nazariyasi ham boshqa ijtimoiy fanlar sin-
gari jamiyat ijtimoiy ehtiyojlarining mahsuli sifatida paydo bo‘lgan. U boshqa ijtimoiy fanlar bilan birgalikda davlat va huquqqa tegishli voqea-hodisalar va ja- rayonlarni har tomonlama o‘rganadi, boshqa fanlarning metodlaridan, to‘plagan bilimlaridan foydalanadi. O‘z navbatida, davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy fanlarni davlat va huquqqa oid aniq ma’lumotlar bilan ta’minlab, ularni nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollantiradi;


uchinchidan, davlat va huquq nazariyasi huquqshunoslik fani orqali dav- lat va huquq bilan shug‘ullanayotgan har qanday ijtimoiy fan sohasining ilmiy tadqiqot mavzuidan munosib o‘rin egallaydi.
Davlat va huquq nazariyasining barcha ijtimoiy fanlar bilan aloqasi ikki tomonlama manfaatli xususiyat kasb etadi. Davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy fanlarning xulosalariga asoslangan holda xilma-xil falsafiy, tarixiy materiallarni umumlashtirib, davlat va huquqning vujudga kelishi sabablari, taraqqiyot bos- qichlari, davlat va huquqning mohiyati, mazmuni va shakllarini ochib beradi. Ayni vaqtda, davlat va huquq nazariyasi boshqa ijtimoiy fanlarni takrorlamaydi, balki to‘ldiradi. Bu hol davlat va huquq nazariyasi o‘z mustaqil predmetiga va xususiyatlariga ega ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Bundan yana ham keng qamrovli xulosalar chiqarish mumkin. O‘zbekistonda davlatchilikning huqu- qiy asoslari takomillashib borishi, huquqiy madaniyat, fuqarolarning huquq va erkinliklari, huquqiy ta’lim rivojlanib borgani sayin davlat va huquq nazariyasi hamda barcha ijtimoiy fanlar o‘rtasidagi aloqadorlik hamda hamkorlik kuchayib boraveradi.
Davlat va huquq nazariyasining sohaviy huquqiy fanlar bilan nisbati.
Yuridik fanlar – ijtimoiy hodisa sifatida davlat va huquqning tushunchasi, mohiyati, tasnifi, kelib chiqishi, rivojlanishi va amal qilinishining umumiy va maxsus qonuniyatlari to‘g‘risidagi huquqiy bilimlar tizimidir.
Barcha yuridik fanlar diqqat markazida davlat va huquq asosiy o‘rin egal- laydi. Ayni paytda, har bir yuridik fan davlat va huquqning muayyan tomonla- rini, muayyan jihatlarini o‘rganadi. Shuning uchun huquqshunoslik fanlarining har bir tarmog‘i o‘zining mustaqil predmetiga ega. Davlat va huquq nazari- yasini barcha huquqiy fanlar bilan birgalikda o‘rganish bu fanning predmeti, ahamiyati va rolini yanada oydinlashtiradi. Barcha yuridik fanlarning ham o‘rganish sohasi va umumiy obyekti – davlat va huquqdir. Har bir sohaviy huquqshunoslik fani davlat va huquq masalasiga o‘ziga xos yondashadi, ularning har biri o‘zining tadqiqot obyekti va predmetiga ega.
Yuridik fanlar quyidagi tarzda klassifikatsiya (tasnif) qilinadi:


    1. Download 1,25 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish