Odilqoriyev X. T


-§. Urug‘chilik tuzumi- ning yemirilishi



Download 1,25 Mb.
bet30/298
Sana16.06.2022
Hajmi1,25 Mb.
#677267
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   298
Bog'liq
Odilqoriyev X. T

3-§.
Urug‘chilik tuzumi- ning yemirilishi.


Davlat va huquq- ning kelib chiqishi
Qadimgi kishilik jamiyatining «oltin davri» bo‘lmish ibtidoiy tuzum o‘z intihosiga yuz tuta boshladi. Bu tuzum o‘zining tabiiy yemirilish pallasiga kirdi. O‘zlashtiruvchi iqtisodiyotdan ishlab chiqaruvchi iqtisodiyot-

ga o‘tilishi insoniyat hayotining barcha sohalarida muhim sifat o‘zgarishlariga olib keldi. Yangi tosh asri (neolit) davrida moddiy ne’matlar yaratishning yangi manbalari paydo bo‘lishi, ishlab chiqarishning rivojlanishi, mehnat qilish qurol- vositalarining takomillashuvi, insonlarda tajriba va malakaning ortishi nati- jasida jamiyatni uyushtirish va boshqarishning urug‘-qabiladoshlik shakli o‘z ahamiyatini yo‘qota bordi.
Bu davrda metal eritish va metal qurol tayyorlash ishlab chiqarish vositala- rining takomillashib borishiga sabab bo‘ldi. Pirovardida, jamiyatning iqtisodiy negizi o‘sib bordi, ijtimoiy va ma’naviy hayot boyib, rang-barang bo‘lib o‘zgarib bordi. Ibtidoiy jamiyat iqtisodiyoti o‘sishiga, ishlab chiqarishning sifat jihatdan yangi jabhalari va hosil olishning yangi usullarining topilishiga mehnatning malakalashuvi, ijtimoiy mehnat taqsimoti hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatdi.
Tarixiy va ilmiy manbalarda ta’kidlanishicha, ibtidoiy tuzum davrida jami- yat hayotida uchta yirik mehnat taqsimoti sodir bo‘lganligi ma’lum. Murakkab tabiiy shart-sharoit, hayvonlarni vahshiyona ovlashning ortib borishi ular bio- massasining kamayishiga olib kelib, o‘sib borayotgan aholining ehtiyojlarini qondirishga yetishmasligi kelib chiqdi. Oziq-ovqat manbalarini kengaytirishga majbur bo‘linadi. Hosil beruvchi ekin ekish sohasi kengaya bordi. Ko‘plab qabi- lalar sug‘orishga asoslangan dehqonchilikka ixtisoslashadilar.
Ijtimoiy mehnat taqsimoti inqilobiy xususiyatga ega bo‘ldi. Dastlab odam- lar hayvonlarni uy hayvoniga aylantirishni va ko‘paytirishni o‘rganadilar. Bu ish mehnatning asosiy sohasiga aylanib, yer haydash yoki ov qilishga nis- batan ancha foydali bo‘lgan. «Cho‘ponlik bilan shug‘ullanuvchi qabilalar boshqa varvarlar ommasidan ajralib chiqqanlar: bu – birinchi yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti edi. Cho‘ponlik bilan shug‘ullanuvchi qabilalar boshqa varvarlarga qaraganda ko‘proq mahsulot ishlab chiqarar edilar, shu bilan birga ular ishlab chiqaradigan tirikchilik vositalarining xili ham boshqacha edi»1.
Shunday qilib, mehnatning chorvachilik turi dehqonchilikdan ajralib chiq- di. Bu dastlabki mehnat taqsimoti ibtidoiy jamoa tuzumini yirik o‘zgarishlarga olib keldi. Shu davrgacha ishlab chiqarilgan mahsulotlar qatoriga sut, go‘sht, yog‘, jun, teri kabi mahsulotlar qo‘shildi. Dehqonchilikda ham, chorvachilikda ham ixtisoslashish kuchayib borishi oqibatida mehnat unumdorligi oshib bor-


1 Marks K. va Engels F. Ikki tomlik tanlangan asarlar. «O‘zdavnashr, 1959, II tom. – 337-bet.

di. Mehnatning samarali va unumli bo‘lishi esa, kundalik ehtiyojdan ortiqcha qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarilishiga olib keldi. Chorva mollari dastlab ayrim oila va shaxslarning boyligini tashkil etdi. Keyinchalik ayirboshlash vositasiga aylandi. U asta-sekin kollektiv mulkchilikni siqib chiqardi, xususiy xo‘jalik va ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilikni keltirib chiqardi. Mahsulot ishlab chiqarishning ortishi kundalik mehnat miqdorini ham ko‘paytira bordi. Yangi ish kuchini jalb etishga ehtiyoj tug‘ildi. Urushda asir olinganlar qulga aylantirila boshlandi. Shunday qilib, xususiy mulk kelib chiqdi va jamiyat sinflarga bo‘lindi.


Keyinchalik, metall asboblar quyish va qulolchilik hamda to‘qimachilikning rivojlanishi ijtimoiy mehnatda ikkinchi yirik bo‘linishga – dehqonchilikdan hunarmandchilikning ajralib chiqishiga olib keladi. Alohida gruppa kishilar turli xil mehnat qullari va uy anjomlari tayyorlash bilan shug‘ullana boshlay- dilar. Endi hunarmandchilikda ixtisoslashish avj oladi. Dehqonlar ham, chorva- dorlar ham, hunarmandlar ham mahsulotini bevosita ayirboshlash uchun ishlab chiqara boshlaydi, ya’ni tovar xo‘jaligi bilan birga savdo-sotiq rivojlanadi.
Kishilik jamiyatining bu tariqa rivojlanishi uchinchi yirik ijtimoiy mehnat

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish