Yovvoyilikning quyi bosqichi. Bu bosqichni «odamzotning go‘dakligi»,
deb ta’riflaydilar. Kishilar hali o‘zlarining dastlabki joylarida, tropik yoki sub- tropik o‘rmonlarda yashaganlar. Ularning ovqatlari mevalar, yong‘oqlar, o‘simlik
ildizlaridan iborat bo‘lgan. Bu davrning asosiy yutug‘i – ma’noli nutqning paydo bo‘lganligidir.
Yovvoyilikning o‘rta bosqichida ovqatlar qatoriga baliq qo‘shiladi va olov-
dan foydalanish boshlanadi. Toshdan qurol yasash paydo bo‘ladi. Odamlar iqlim va joyga bog‘liq bo‘lmay qoladilar va yer yuzining ko‘pgina qismiga joylasha boshlaydilar.
Yovvoyilikning yuqori bosqichi o‘q-yoy ixtiro qilingan vaqtdan boshla-
nadi. Ularning doimiy ovqati qatoriga parranda va hayvonlar kiradi. Ov esa mehnatning tarmoqlaridan biri bo‘lib qoladi. Guruh-guruh bo‘lib yashashning ba’zi alomatlari, yog‘och idishlar, uy anjomlari paydo bo‘la boshlaydi. Keyinchalik olov bilan bolta ro‘zg‘or ishlarida keng foydalaniladigan bo‘ladi.
Vahshiylikning quyi bosqichida kulolchilik paydo bo‘ladi, hayvonlarni
qo‘lga o‘rgatish va urchitish hamda o‘simliklarni ekib o‘stirish vujudga keladi. Jamiyat taraqqiyotiga tabiiy sharoitlar ta’siri kuchayadi.
Vahshiylikning o‘rta bosqichi uy hayvonlarini qo‘lga o‘rgatishdan,
g‘arbda – ovqat bo‘ladigan ekinlarni sug‘orish vositasi bilan ekish va imoratlar uchun quritilgan xom g‘isht hamda tosh ishlatishdan boshlanadi. Bu bosqich uchun podalar paydo bo‘lishi va cho‘ponlar qabilalarining shakllanishi xarak- terlidir.
Vahshiylikning yuqori bosqichi temir rudasini o‘rganishdan boshlanib,
harfli yozuvning ixtiro qilinishi va uning og‘zaki ijodni yozib olish uchun qo‘llanishi natijasida sivilizatsiyaga o‘tishga zamin hozirlaydi.
Bu davrlarni umumlashtirib, yovvoyilik – tabiatning tayyor mahsulotla- rini ko‘plab o‘zlashtirish davri, degan xulosaga kelish mumkin. Vahshiylik – chorvachilik va dehqonchilikning joriy etilish davri, insonlarning faol harakati va mehnati vositasida tabiat mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish usullarini o‘zlashtirish davridir.
Hozirgi kunda davlat paydo bo‘lishidan oldingi kishilik taraqqiyoti davrini yangicha talqin etish (davrlash) ilmiy asoslanmoqda. Ya’ni, qadimgi jamiyat taraqqiyotida ikki asosiy bosqich va unga muvofiq keluvchi ishlab chiqarishning ikki usulini: o‘zlashtiruvchi iqtisodiyotni (ovchilik, baliqchilik, yig‘ib-terish); yaratuvchi, ishlab chiqaruvchi iqtisodiyotni (dehqonchilik, chorvachilik, metal- ni qayta ishlash, sopol buyumlar ishlab chiqarish) farqlash muhim metodologik ahamiyatga molik1. Bu tasniflashning birinchi davriga ona urug‘ining rivoj topishi, yoyilishi (matriarxat), ikkinchi davri esa otaga bog‘langan avlod (patriarxat) mos keladi. Ibtidoiy odamlar o‘zlarini tabiatning uzviy bo‘lagi deb bilganlar. Ular faqat tabiat bilan uyg‘unlikda yashay olishlariga ishonganlar.
1 Qarang: Теория государства и права / Под ред. В.М. Корельского и В.Д. Перевалова. – М., 1998. – 34–35-betlar.
Tabiat ularni issiq va sovuqlardan asragan, tashnalik va ochlikdan qutqargan, turli-tuman ehtiyojlarini qondirgan. O‘zlashtiruvchi iqtisodiyot jamiyatida ayol- lar yetakchi mavqeni egallaganlar. Ayollar oziq-ovqatlarni saqlash, ovqat tayyorlash, oilani zarur maishiy yumushlar bilan ta’minlash, bola tarbiyasi kabi ishlar bilan shug‘ullanganlar. Erkaklar mehnat qurollari tayyorlashgan, ovchilik hamda oilaning himoyasi bilan shug‘ullanganlar. Turmushda ekzogamiya qaror topgan, ya’ni yaqin qarindosh-urug‘lar o‘rtasida nikoh taqiqlangan.
Ishlab chiqaruvchi iqtisodiyot davrida mehnat qurollarining takomillashib borishi, o‘q-yoyning kashf etilishi natijasida jamiyatda yirik mehnat taqsimoti yuz bergan. Ovchilikdan dehqonchilik, so‘ngra hunarmandchilik ajralib chiqqan. Qadimgi odamlar jamoa bo‘lib, birgalikda yashashga moyil va majbur bo‘lganlar. Ularning turmush tarzi va o‘zaro munosabatlarini tasvirlab, Aflo- tun o‘zining «Qonunlar» asarida qadimgi odamlarning hayotni Afinalik suh- batdosh nomidan shunday izohlaydi: «Avvalo, u zamon odamlari bir-birlari- ni yaxshi ko‘rganlar va ayriliqlar tufayli bir-birlariga xayrixoh munosabatda bo‘lganlar; ovqatni ham bir-birlaridan qizg‘anmaganlar, chunki yaylovlar ko‘p bo‘lgan – ba’zilarida avvaliga kam bo‘lishi ehtimol, ularning ko‘pchiligi shu (chorvachilik) bilan kun ko‘rganlar. Ularda sut va go‘sht ham yetarli bo‘lgan; bundan tashqari ular ov bilan o‘zlariga yegulik topganlar. Ularda kiyim, yo- tish o‘rinlari (choyshab, to‘shak), uy-joy, kuydirilgan (kulolchilik buyumlari) va oddiy buyumlar bisyor bo‘lgan; …Juda kambag‘allar ham bo‘lmagani uchun kambag‘allik odamlarni bir-birlariga dushman bo‘lishlariga majbur qilmagan. Boshqa tomondan ular boy bo‘lib ham ketolmasdilar, chunki u vaqtlarda ularda oltin ham, kumush ham yo‘q edi»1. Ibtidoiy tuzum davri minglab yillar davom etgan. U davrlarda hali ishlab chiqarish, iqtisodiyot rivoji juda sekin va past
darajada borishi bilan tavsiflanadi.
Ibtidoiy jamiyatning iqtisodiy holati, xo‘jalik yuritish xususiyatlari uning ijtimoiy tuzilishiga (sotsial boshqariluv strukturasiga) va ma’naviy hayotiga, ij- timoiy hokimiyatning tabiatiga va sotsial normalarning mohiyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasligining aslo iloji yo‘q edi.
Jamiyatning dastlabki quyi bo‘g‘ini, boshlang‘ich yacheykasi, uni boshqa- rishning birlamchi shakli urug‘ hisoblangan. Urug‘ – o‘zaro qon-qarindoshlik rishtalari bilan bog‘langan yaqin kishilarning shaxsiy ittifoqidir. Urug‘ kishilari- ning bir-biriga qon jihatdan yaqin jamoasi bo‘lib, ular birlashgan tarzda turmush kechirib, hamjihatlikda ov qilganlar, xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanganlar.
Urug‘chilik tuzumining hayotida oilaning shakllanishi va evolyutsiyasi alohida rol o‘ynaganligini ta’kidlash lozim. Urug‘ ibtidoiy odam ajdod va av-
1 Аflotun. Qonunlar. Toshkent. «Yangi asr avlodi», 2002. – 75–76-betlar.
lodlari o‘rtasidagi aloqalarning eng tabiiy va odatiy shakli bo‘lganligi bois, bu oilaviy (nikoh) munosabatlarida o‘z ifodasi, namoyon bo‘lishini topgan. Ilmiy manbalarda ibtidoiy-jamoa tuzumining mavjudlik davri uch bosqichga bo‘linadi: ibtidoiy poda, urug‘ jamoasi va urug‘chilikning yemirilishi davri. Bu davrlarning oila evolyutsiyasiga aloqasi bevositadir. Odam ajdodlari uzoq davr mobaynida to‘da-to‘da bo‘lib, ibtidoiy poda shaklida yashaganlar. Yovvoyi odamlarning dastlabki guruhlari daydi ko‘chmachilik holatida hayot kechirgan- lar, ba’zan, g‘orlarda, o‘rmonlarda yoki qishloq sharoitida umr kechirganlar. Bunday sharoitda oilaviy aloqalar betartib ko‘rinishga ega bo‘lganligi tabiiy. Demak, insonlarning Yer yuzida tarqalishining dastlabki pallasida oilaning po- ligam shakli hukm surgan. Bu guruhiy oilaviy (nikoh) munosabatlari bo‘lib, unda barcha erkaklar va ayollar (shuningdek, ota-onalar va farzandlar) bir- birlariga tegishli bo‘lganlar. Bunday oilalarda bolaning otasi kimligini bilish va aniqlash mumkin bo‘lmagan. Farzandlar butun guruhning, jamoaning umumiy bolasi hisoblangan. Oilaga, urug‘ga mansublik ona tomonidan belgilangan. Shu bois Matriarxat – ona hukmronligiga asoslangan urug‘, oila shakllangan. Oilaning birinchi shakli guruhiy oila bo‘lib, u qon-qarindoshlik asosidagi («endogam») oila edi. Bunda ota-onalar bilan farzandlar o‘rtasidagi nikoh man etildi. Biroq, aka-singillar o‘zaro er va xotin bo‘lishlari mumkin edi. Uzoq davr- lar qon-qarindoshlikka asoslangan oilalarning mavjud bo‘lishi bir necha avlod o‘tgach, o‘zining salbiy qusurlarini ko‘rsatadi, avvalo, bu nasl salomatligiga ta’sir etib, uning tobora zaiflashib borishi kuzatiladi, murakkab tabiiy sha- roitga moslasha olmay odamlar ko‘plab qirilib keta boshlaydi, ishlab chiqa- ruvchi kuchlarning keskin kamayib ketishi va oqibatda moddiy ne’matlar ishlab chiqarilishi sur’atlari pasayib ketishi kabilarga olib keldi. Shu tariqa, guruhiy nikohning (oilaning) yangi shakli – punalual oila paydo bo‘ladi. Bir onaning farzandlari o‘rtasidagi, aka-singillar o‘rtasidagi nikohlar ham man etilgan. Bu
Do'stlaringiz bilan baham: |