Odilqoriyev X. T



Download 1,25 Mb.
bet267/298
Sana16.06.2022
Hajmi1,25 Mb.
#677267
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   298
Bog'liq
Odilqoriyev X. T

Ayblilik – huquqbuzarlikning uchinchi belgisi. Huquq normasini

buzishda ayblanayotgan shaxs yuridik javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo‘lishi va o‘z harakatlarni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqali sodir etgan bo‘lishi lozim.
Huquqbuzarlik – aybli qilmishdir. Agar shaxsning harakatida ayb
bo‘lmasa, uning harakati garchi shaxsning holati chetdan qaraganda huquqiy




1 Qаrаng: Гегель Г. Философия права. – М., 1990. – 141, 144, 145, 192-betlar.
30–18-8

tartibotga qarshidek ko‘rinsa ham huquqbuzarlik hisoblanishi mumkin emas. Masalan, zaruriy mudofaa holatida odam o‘ldirish.


Ayb – shaxsning o‘zi sodir etgan huquqqa xilof harakatga va uning
zararli oqibatlariga bo‘lgan ruhiy munosabati. Inson oldida qariyb har doim huquqqa mos yoki unga zid harakat qilishni tanlash imkoni bo‘ladi. Agar u ikkinchi yo‘lni tanlasa, huquqqa xilof qilmishni aybli tarzda sodir etgan, deb hisoblanadi.

    1. Qilmishning jazoga sazovorligi ma’lum huquqbuzarlik uchun uni

sodir etgan shaxsning vakolatli davlat organi tomonidan javobgarlikka torti- lishini anglatadi. Ushbu javobgarlik chorasi va chegarasi huquqiy normaning sanksiyasida ifodalanadi.
Huquqbuzarlik tarkibi: Huquqbuzarlik yuridik fakt bo‘lib hisoblanadi,
u o‘z navbatida, qo‘riqlovchi xarakterga ega bo‘lgan huquqiy munosabatlarni ham yuzaga keltiradi. Huquqbuzarlikning tarkibi muayyan huquq normasini sharhlash, uning mazmunini ochish hamda dunyoqarash nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega. Huquqbuzarlik tarkibi to‘rtta elementni o‘z ichiga ola- di: huquqbuzarlikning obyekti, subyekti, obyektiv tomoni va subyektiv tomoni.
Huquqbuzarlikning obyekti deganda huquq bilan tartibga solinadigan va qo‘riqlanadigan g‘ayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlik natijasida zarar yetkaziladigan ijtimoiy munosabatlarga tushuniladi. Obyekt huquqiy normada aniq ifodalangan bo‘ladi. Huquqbuzarlik sodir etgan shaxs nafaqat jamiyatda qaror topgan huquqiy tartibotga, balki fuqarolarning huquqiy ongiga hamda ularning subyektiv huquqlariga zarar yetkazadi.
Huquqbuzarlik obyekti va predmeti alohida tushunchalar bo‘lib, ular bir- biridan farq qiladi. Masalan, o‘g‘rilik jinoyatining obyekti, o‘zgalar mulki, ya’ni mulkiy mazmundagi ijtimoiy munosabat hisoblanadi, uning predmeti esa, pul, buyum, videotexnika, mebel, transport vositalari va boshqa shu kabi turli xil moddiy ashyolar bo‘lishi mumkin.

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish