Odilqoriyev X. T



Download 1,25 Mb.
bet257/390
Sana22.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#398661
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   390
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

Qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish huquqiy tizim amal qilishi-

ning, muntazam rivojlanib borishining sharti hamda amaldagi qonunchilik huj- jatlarini tartibga solish, mantiqiy umumlashtirishning shaklidir2. Qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish – demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish maqsadida Konstitutsiya va qonun ustunligi, hokimi- yatlar taqsimlanishining o‘zaro tiyib turish va muvozanatlash mexanizmini ta’minlashga, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Mavjud qonunchilik hujjatlarini kodeks shaklida tartibga solingan hujjatlar bilan almashtirib borish, qonunlar majmuini yaratish, mamlakat huquqiy klas- sifikatorini takomillashtirish, shuningdek, qonunchilik resurslaridan foydala- nish tizimini zamonaviy global elektron axborot tarmog‘i imkoniyatlari bilan ta’minlashga qaratilgan yaxlit, uzluksiz ilmiy-nazariy hamda amaliy faoliyatdir. Normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish davlat mexanizmi va huquqiy tizim jo‘shqin maromda ishlashining zaruriy shartidir. Mazkur faoliyatni oqilona yo‘lga qo‘yish uning nazariy va metodologik asoslari hamda mukam- mal mexanizmini ishlab chiqishni taqozo etadi. Bu ishga davlat hokimiyati or- ganlari, muassasalarini va huquqshunos olimlarni faol jalb etish zarur. Qonun- chilik hujjatlarini tizimlashtirishning real vazifalarini belgilash uchun, birinchi navbatda, huquq tizimi va qonunchilik tizimi o‘rtasidagi munosabatni chuqur tadqiq etish zarur. Ko‘p yillar davomida MDH davlatlari va mamlakatimiz huquqshunos olimlari tomonidan bu masalada muayyan tadqiqotlar olib bo- rilib, ularning ko‘pchiligi qonunchilik amaliyotida o‘zining munosib tasdig‘ini topgan, ba’zilari esa, qonunchilikda bahs-munozaraligicha qolib kelmoqda. Milliy huquq tizimining elementini huquq normasi, qonunchilik tizimining ele- mentini esa normativ-huquqiy hujjatning (qonunning) normasi tashkil qiladi. Qonunchilikni tizimlashtirishni aniq tashkil etishda, shuningdek huquq instituti va qonunchilik instituti, huquq tarmog‘i va qonunchilik tarmog‘i

o‘rtasidagi nisbatni aniqlash ham nihoyatda muhimdir.



Huquq tizimi va qonunchilik tizimi rivojlanishining tendensiyalarini tadqiq etish nafaqat nazariy, balki amaliy munosabatlar uchun ham dolzarb hi- soblanadi. Bunday masalalarning ilmiy yechimi, avvalambor, amaldagi norma- tiv-huquqiy hujjatlarni ro‘yxatga olish va tizimilashtirish, qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining majmuini yaratish uchun birinchi darajali ahamiyat




1 Kаrimоv I.А. Аsоsiy vаzifаmiz – Vаtаnimiz tаrаqqiyoti vа хаlqimiz fаrоvоnligini yanаdа yuksаltirishdir.

– T.: «O‘zbekiston», 2010. – 14-bet.



2 Qаrаng: Проблемы общей теории права и государства/Под. общ. ред. проф. В.С. Нерсесянца.

– М., 2008. – 347-bet; Теория права / Под. ред. проф. М.Н. Марченко. – М., 1998. – 197–198-betlar.


kasb etadi. Qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish amaldagi huquq tizimiga qanchalik muvofiq kelsa, undan kutilayotgan natijalar shunchalik yuqori bo‘ladi.

Huquq tizimi va qonunchilik tizimi o‘rtasidagi munosabatni tadqiq etish davomida «qonunchilikning tizimliligi», «qonunchilikni tizimlashtirish», «qonun hujjatlarining sistematikasi» kabi tushunchalar o‘rtasidagi aloqadorlik va farqli jihatlarning aniqlanishi dolzarb muammolardan biridir.

Qonunchilikni tizimlashtirish, birinchi navbatda, inson va fuqarolarning qonunlardan unumli foydalanishiga imkon yaratadi. Shu jihatdan, normativ- huquqiy hujjatlarni tizimlashtirishni mamlakat Konstitutsiyasidan kelib chiqib tashkil etishni ham o‘ylab ko‘rish lozim. Masalan, fuqaroda bankka qo‘yilgan omonatlarning sir tutilishiga oid muammo kelib chiqdi, deylik. Fuqaro esa, bank va moliya huquqi sohasi bo‘yicha yetarli malakaga ega emas. U o‘zining huquqiy savodxonligi darajasidan kelib chiqib, huquqlarining buzilishiga oid tegishli huquqiy normani qidirib topa olmasligi mumkin. Shu bois, fikrimizcha, fuqarolarning huquqlari va burchlarini tartibga solishga qaratilgan normalar guruhini qonunchilik tizimida alohida bo‘lim sifatida ajratish maqsadga mu- vofiq. Chunki, fuqaroning o‘zi izlagan qonunni tez va oson topishiga erishish qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirishning eng asosiy maqsadidir. Yuridik adabiyotlarda tizimlashtirishning quyidagi ikki an’anaviy turi – kodekslashtirish va inkorporatsiya haqida so‘z yuritiladi.


Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish