Odilqoriyev X. T



Download 1,25 Mb.
bet258/390
Sana22.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#398661
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   390
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

Kodekslashtirish – qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirishning eng

yuqori shaklidir. Mazkur amal tufayli qonunchilik tarmog‘idan muhim huquqiy normalarni mantiqiy birlashtiruvchi kompleks hujjat (kodeks) vujudga keltirila- di. Kodekslashtirishda normativ-huquqiy hujjatlar shunchaki, oddiygina to‘plab birlashtirilmaydi, balki huquqiy tizimning umumiy prinsiplaridan kelib chiqib, tar- moqdagi barcha normativ material ichki mutanosib, bir butun va ilmiy tizim- lashtirilgan yagona va yaxlit hujjat ko‘rinishida bayon etiladi.



Kodekslashtirish – amaldagi qonunchilik normalarini chuqur va har to-

monlama qayta ishlash hamda zarur bo‘lsa, unga jiddiy o‘zgartishlar kiritish orqali yangi, kompleks, tizimlashtirilgan normativ-huquqiy hujjat yaratishdir. Kodekslashtirishning muhim xususiyati va inkorporatsiyadan farqi shundaki, u faqat qonunni ijod etuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi. Shu jihatdan u huquq ijodkorligining bir turi hisoblanadi.



Kodekslashtirishda normativ-huquqiy hujjatning mazmuni o‘zgaradi; ya’ni eskirgan huquqiy norma bekor qilinadi, yangisi yaratiladi; ko‘pchilik norma- lar qayta bayon qilinadi; normalar o‘rtasida qarama-qarshiliklar, takrorlashlar hamda huquqdagi kamchiliklar bartaraf etiladi.

Kodeks – muayyan huquq (qonunchilik) sohasidagi ustuvor normalarni

ifoda etuvchi, mujassamlashtiruvchi qonundir. U katta miqdordagi turli xil


normalarni qamrab olsa ham, ichki muvofiqlikka ega bo‘lgan yagona butun hujjatdir. Uning tarkibiy qismlari (normalar, institutlar) o‘zaro uzviy aloqa- dor bo‘lib, muayyan tizim tarzida joylashtiriladi. An’anaga ko‘ra, qonunchilik sohalarida tegishli kodekslar uyg‘unlashtiruvchi va boshqaruvchi faol markaz rolini o‘ynaydi. Kodeks bir huquq sohasiga oid qonunning mukammalligi, say- qal topganligi, barqarorligi bilan farq qiladi. Agar muayyan qonunchilik so- hasida bir vaqtning o‘zida kodeks va bir necha qonunchilik hujjatlari mavjud bo‘lsa, ular ichida kodeks yuridik kuchi va tartibga solish imkoniyati jihatidan ustunlik qiladi. Kodekslar ichki mantig‘ining pishiqligi, normalarining o‘zaro muvofiqlashtirilganligi bilan ajralib turadi. Kodekslashtirilgan aktlar o‘zining huquqiy tartibga soluvchi ta’sir kuchi va ahamiyatini uzoq muddat davomida saqlab qoladi.

Kodeksdan tashqari kodekslashtirilgan hujjatlarning ustav va nizom

shakllari mavjud. Ular o‘z mazmuni va vazifasiga binoan bir-biridan farq qiladi.

Ustav – boshqaruvning u yoki bu sohasidagi muayyan idora, vazirlik va tashkilotlar faoliyatini tartibga soluvchi normalarni o‘zida aks ettiruvchi kodekslashtirilgan aktdir. Masalan, Qurolli Kuchlar intizomiy ustavi.

Nizom – muayyan davlat tuzilmalariniing (jamoat birlashmalarining)

tashkil etilish tartibi, tuzilishi, vazifasi, funksiyalari va vakolatlarini belgilovchi kompleks kodekslashtirilgan hujjat.

Nizom – kodekslashtirilgan hujjatning eng keng tarqalgan turi.

U muayyan huquq ijodkorlik organi yoki vakolatli mansabdor shaxs to- monidan tasdiqlanadi. Eng ahamiyatli sohalarga tegishli va yuridik kuchi yuqoriroq bo‘lgan nizomlar respublika Prezidenti, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Masalan, «O‘zbekiston Respublika- si Prezidenti Devoni to‘g‘risida nizom» – mamlakat Prezidenti tomoni- dan, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘mitalari to‘g‘risida nizom» – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan tasdiqlangan va hokazo.




Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish