huquq amal qilishining ijtimoiy oqibatlari. Yuridik normalar
amal qilishining oqibati – huquqiy talabni amalga oshirishning yakuniy nati- jasigina emas, balki huquq harakati keyingi bosqichlarining boshlang‘ich nuqtasi hamdir. Huquqning ijtimoiy harakati «qayta bog‘lanish» mexanizmi (huquqiy ong, yuridik va sud amaliyoti, davriy huquq ijodkorligi) orqali huquqiy tartibga solish jarayoniga, uni yo‘naltirishga va tuzatishga ta’sir ko‘rsatadi;
ijtimoiy muhit. Huquqning, shuningdek butun yuridik vositalar
tizimining harakatlanishi muayyan ijtimoiy muhitda ro‘y beradi. Bunda jami- yat, davlat, siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari hamda fuqarolar to- monida huquqqa, qonuniylikka munosabat namoyon bo‘ladi. Mazkur muhitda mavjud muayyan shart-sharoit, huquqiy madaniyat, huquqiy ong va tartibiy holati maydonga chiqadi. Huquq harakatlanadigan ijtimoiy muhitning muhim jihatlaridan biri jamiyatdagi qonuniylik va huquqiy tartibot rejimini qamrab oluvchi umumiy holat – «huquqiy iqlim»dir.
Tahlil etilayotgan mexanizmda huquqning harakatlanishiga turli ijtimoiy omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Ijtimoiy omillar huquqiy tartibga solish ehtiyojlarini aniqlashga, huquqiy munosabat ishtirokchilarining xulq-atvoriga, yuridik norma qo‘llanayotgan ma- salaning mazmuniga u yoki bu shaklda ta’sir o‘tkazuvchi ijtimoiy hayot hodisalaridir. Ijtimoiy omillar iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy taraqqiyotning obyektiv qonuniyatlarini o‘zida namoyon etadi. Ijtimoiy omillarni quyidagicha turkumlash mumkin: iqtisodiy, demografik, ekologik, jo‘g‘rofiy, siyosiy-huquqiy, g‘oyaviy-ruhiy, ijtimoiy-madaniy, milliy, baynalmilal, ilmiy, tashkiliy-texnikaviy va boshqa omillar.
Huquqiy tartibga solish jarayonining ruhiy mexanizmi nihoyat-
da muhim ahamiyat kasb etadi. Shaxsning irodasi, aqliy salohiyati (intellekti), motivi, maqsadi, e’tiqodi kabi fazilatlari huquq harakatlanishining ruhiy mexanizmi zamirida yotadi. Qonun chiqaruvchi idora ijtimoiy munosa- batlarni tartibga solishda insonlarning ruhiy xulq-atvori xususiyatlarini ino- batga oladi. Chunki huquqiy tartibga solish-bu ongga, irodaga, ehtirosga, murakkab motivli xulq-atvorga ega bo‘lgan insonlarni boshqarishdir. Huquq vositasida inson xulq-atvorining motivlari («ichki istak – intilish») shakllan- tiriladi. Yuridik normada o‘rnatilayotgan taqiq, man etish yoki ijozat berish, rag‘batlantirish usullari bilan, avvalo, inson ruhiyatiga ta’sir etiladi. Shu tariqa inson ruhiyatining tashqi ifodasi bo‘lmish yurish-turishi, xulq-atvorining o‘zgarishiga erishiladi.
Ijobiy xatti-harakatlarni sodir etishga sabab bo‘luvchi faol xulq-atvorni rag‘batlantiruvchi undovchi motivlarni shakllantirish huquqiy tartibga solishning bosh maqsadidir. Undovchi motivlarni shakllantirish ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi:
birinchisi – faol xatti-harakat sodir etish majburiyatini yuklash;
ikkinchisi – ijobiy xatti-harakatni sodir etish huquqini berish (ijozat berish).
Shunday qilib, huquqiy tartibga solishning yuridik, ijtimoiy, ruhiy mexanizmlari jamuljam inobatga olingan taqdirdagina ko‘zlangan samaraga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |