Odilqoriyev X. T



Download 1,25 Mb.
bet324/390
Sana22.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#398661
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   390
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

Konstitutsiyaviy qonunchilik normalarining amalga oshirilishi iqti-

sodiy, siyosiy, g‘oyaviy va yuridik kafolatlar tizimi bilan ta’minlanadi. Bo- zor iqtisodiyotiga asoslangan ishlab chiqarish rivoj topgani hamda xususiy mulkchilik munosabatlari qaror topgani sayin konstitutsiyaviy normalar amal qilishining iqtisodiy zaminlari, kafolatlari mustahkamlana boradi. Shuningdek, mamlakatimizning siyosiy tizimi demokratik tarzda takomillashib borgani sayin konstitutsiyaviy tartibga solishning siyosiy kafolatlari kuchayib boradi. Jamiyatning g‘oyaviy asoslari va ma’rifiy-ma’naviy kamolati ta’minlanib, tobora yuksalib borgani sayin konstitutsiyaviy tartibotning g‘oyaviy-ma’naviy ka- folatlari rivoj topadi. Konstitutsiyaviy tartibga solishning yuridik mexanizmi esa, Konstitutsiya amal qilishining barcha huquqiy vositalari hamda usullari yig‘indisini qamrab oladi. Konstitutsiya normalari qonuniylik prinsipiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi1.



Konstitutsiyaviy qonuniylik deganda mamlakat Konstitutsiyasi va

konstitutsiyaviy qonunlariga barcha subyektlar tomonidan so‘zsiz va og‘ishmay rioya etilishi, ularning talabi qat’iy hamda aniq bajarilishi tushuniladi. Konsti- tutsiyaviy qonuniylik kategoriyasi doirasida, shuningdek Konstitutsiyaning ustunligini ta’minlash ham idrok etiladi. Bu yerda gap Konstitutsiyaning butun huquqiy tizimda, barcha qonunlar orasidagi ustuvorligi xususida bormoqda. Konstitutsiya va konstitutsiyaviy qonunlar butun mamlakat hududida, uning har bir qismida ustuvor amal qilishi konstitutsiyaviy qonuniylikning muhim talabidir. Bunday qonuniylikni ta’minlashda Konstitutsiyaviy sud alohida o‘rin tutadi.

Jamiyatda qonuniylikning ta’minlanishiga erishish, qabul qilinayot- gan barcha normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq kelishi va ularga zid bo‘lmasligi hamda huquqiy normalarning qonunlarga muvofiq qabul qilinishini taqozo etadi. Qonunlar qanchalik takomillashsa, ularda ijtimoiy hayot talablari qanchalik to‘la aks et- tirilsa, ular kishilar ongiga shunchalik kuchli ta’sir etadi hamda fuqa- rolarning huquqiy normalarni o‘z ixtiyorlari bilan amalga oshirishlariga erishish ta’minlanadi.

Shunday qilib, qonuniylik puxta o‘ylangan, adolatli, insonparvar, de-

mokratik, sifatli qonunlar hamda qonunchilik hujjatlari tizimi va barchaning ularga qat’iy rioya etishi, huquqiy talablarning og‘ishmay bajarilishidir.




1 Qаrаng: Оdilqоriyev Х.T. Kоnstitutsiya vа bаrkаmоl jаmiyat оrzusi. – T., 2012. – 283-bеt.

28–18-8





Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish