falsafiy yoki mafkuraviy (huquqning talqini, huquqiy tushuncha va
kategoriyalar, huquqiy ong, huquqiy mafkura, huquqiy madaniyat);
normativ (jamiyatda amal qilayotgan huquqiy normalar majmui);
institunional-tashkiliy (huquq ijodkorligi va huquqni qo‘llash ja- rayoni bilan bog‘liq yuridik muassasalar);
sotsiologik, ya’ni ijtimoiy (huquqiy munosabatlar, huquqni tatbiq etish, qonuniylik muhiti, yuridik amaliyot) elementlar kiradi.
Huquqiy tizim harakatdagi «jonli» hodisa sifatida talqin etilishi lozim. Zero, u ijtimoiy hayotning faol tarkibiy qismi sifatida kishilar o‘rtasidagi muno- sabatlarni uzluksiz tartibga solish vazifasini bajaradi. Amaliy jihatdan huquqiy tizim harakatlanishining dinamik talqini muhim ahamiyat kasb etsa, ilmiy nuqtayi nazardan uni statik (harakatsiz) tarzda ajratib olib ifodalash muayyan mazmunga ega. Shundan kelib chiqib, huquqiy tizim strukturasini statik va dinamik jihatdan tavsiflash mumkin.
Statik holatda uning tarkibiy qismlari quyidagilardir: 1) yuridik norma- lar; 2) huquqiy prinsiplar va institutlar; 3) huquqiy muassasalar yig‘indisi;
huquqiy g‘oyalar, qarashlar, tasavvurlar.
Dinamik holatda: 1) huquq ijodkorlik jarayoni; 2) huquqni amalga oshirish (qo‘llash) jarayoni; 3) huquqiy munosabatlar; 4) huquqiy tartibga solish mexanizmi; 5) huquqiy tafakkur (huquqiy ongning rivoji, ijtimoiy hayotga faol ta’siri). Huquqiy tizimning dinamik ko‘rinishi bu mazkur tizim elementlarining harakatlanish jarayoni, uning maqsadli yo‘nalishi va pirovardida ko‘rsatadigan samarasidir.
Shunday qilib, jamiyat huquqiy tizimi tarkibiga quyidagi asosiy element- larni kiritish mumkin:
huquqiy normalar yig‘indisi (huquqiy tizimning o‘zagi);
huquqiy prinsiplar (rahbariy g‘oyalar);
huquq ijodkorlik jarayoni (vakolatli idoralarning faoliyati);
huquqni amalga oshirish, qo‘llash jarayoni;
huquqiy munosabatlar (huquqiy normaning amalga oshirilish shakli);
huquqiy tartibga solish mexanizmi;
yuridik muassasalar tizimi;
yuridik amaliyot (sud amaliyoti, tergov amaliyoti, adliya amaliyoti va hokazo);
huquqiy ong (huquqiy hodisalarning ijtimoiy ongdagi in’ikosi);
huquqiy siyosat (strategiya);
huquqiy mafkura (g‘oyaviy-ma’naviy jihat);
huquqiy madaniyat (huquqiy ma’naviyat va tarbiyaning ifodasi);
qonuniylik muhiti va huquqiy tartibot rejimi;
huquqning manbayi (qonunchilik va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar majmui).
Yuqorida sanab ko‘rsatilgan huquqiy hodisalar yagona bir tizim hosil qilib, o‘zaro aloqadorliqda, munosabatda bo‘ladi. Har bir huquqiy institut (hodisa) qol- ganlarining mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Bu tizimdagi bir elementning ha- rakatlanishi qolgan elementlarning harakatga kelishiga sabab bo‘ladi. Demak, jamiyatning huquqiy tizimi – muayyan makon va zamonda amal qilayot- gan huquqiy hodisalar, huquqiy prinsiplar, institutlar, normalar va huquqiy jarayonlarning mushtarak bir butunligi, o‘zaro uzviy bog‘liqligi hamda aloqa- dorligi bo‘lib, ularning maqsadli harakatlanishi natijasida ijtimoiy munosabat- larning yuksak saviyada huquqiy tartibga solinishiga erishiladi. Huquqiy tizim yaxlit hodisa bo‘lib, tarkibiy qismlarining o‘zaro ichki aloqadorligi, bog‘liqligi, mutanosibligi, izchilligi va barqarorligi bilan tavsiflanadi.
Bayon etilgan tarkibiy qismlar huquqiy tizimning murakkab ijtimoiy hodisa ekanligini ko‘rsatadi. Shunga o‘xshash fikrni davlat va huquq nazari- yasiga oid darsliklarda ham ko‘rish mumkin. Unga ko‘ra, huquqiy tizimning asosiy qismlari sifatida quyidagilar alohida ajratib ko‘rsatiladi: 1) huquqiy tushunchalar; 2) huquqiy jarayonlar; 3) huquq prinsiplari; 4) huquqiy madaniyat;
huquqiy siyosat; 6) huquq va uni ifoda etuvchi qonunchilik; 7) huquqiy mu- nosabatlar; 8) yuridik amaliyot; 9) yuridik texnika; 10) yuridik fan.
N.I. Matuzov esa, huquqiy tizimni murakkab, serqirra tushuncha ekan- ligini ta’kidlab, uni jamiyatda mavjud bo‘lgan barcha yuridik hodisalar, huquqiy vositalar yig‘indisi sifatida ta’riflaydi1. Bundan shunday xulosa qilish mum- kinki, olim huquqiy tizim tarkibini barcha huquqiy hayot, huquqiy ustqurma elementlari bilan izohlaydi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, huquqiy tizim – murakkab ijtimoiy hodisa sifatida o‘z tarkibida mamlakatdagi mavjud barcha huquqiy voqeliklarni, ya’ni, huquqiy vositalar, hodisalar, institutlar, muassasa- lar, binobarin huquqiy hayotni aks ettiruvchi butun bir reallikni ifodalaydi.
Huquqiy tizimning tarkibiy elementlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Normativ xususiyatga ega bo‘lgan tarkibiy elementlar:
a) huquq; b) huquq tizimi; d) huquqiy prinsiplar; e) huquqning manbalari.
Harakatda (muayyan jarayon orqali) ifodalanadigan tarkibiy elementlar:
1 Qаrаng: Матузов Н.И. Правовая система и личность. – Саратов. 1987. – 26-bet.
a) huquq ijodkorligi; b) huquqni amalga oshirish, qo‘llash jarayoni;
d) huquqiy munosabatlar; e) huquqiy tartibga solish mexanizmi;
G‘oyaviy-mafkuraviy mazmunga ega bo‘lgan elementlar:
a) huquqiy ong; b) huquqiy madaniyat; d) huquqiy mafkura; e) huquqiy siyosat; f) yuridik fan (huquqiy tafakkur); g) qonuniylik muhiti va huquqiy tartibot rejimi.
Tashkiliy tarkibiy elementlar:
yuridik muassasalar: huquqiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi davlat or- ganlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar.
Huquqiy tizimni tushunishda uning tarkibiy qismlari mazmunini chuqur bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Quyidagi elementlar bir butun yaxlit holda huquqiy tizimni tashkil etadi: huquq, huquq tizimi, huquqiy tamoyillar, huquq ijodkorligi, huquqni amalga oshirish, huquqiy munosabatlar, huquqiy tartibga solish mexanizmi, yuridik muassasalar tizimi, yuridik amaliyot, huquqiy siyo- sat, huquqiy mafkura, huquqiy ong, huquqiy madaniyat va boshqalar. Huquqiy tizimning har bir elementiga alohida to‘xtalamiz.
Huquq – jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, fuqaro-
larning hayotiy faoliyatini belgilab beruvchi, davlat tomonidan qabul qilingan yoki ma’qullangan yashash qoidalari tizimidir.
Yuqorida ta’kidlanganidek, huquq tizimi – bu huquqning tarkibiy
tuzilishi bo‘lib, o‘z tarkibiga huquq normalari, huquq institutlari va huquq sohalarini qamrab oladi. Huquq tizimi huquq normalarining tashkiliy tu- zilishi bo‘lib, uning mavjud bo‘lishi obyektiv shart-sharoitlarga (milliy, madaniy, tarixiy va sh.k.) bog‘liq va huquqning ichki tuzilishini ifodalaydi. Huquq tizimi huquqiy tizimning normativ asosi hisoblanib, boshqa tarkibiy elementlarning shakllantiruvchi va harakatini tartibga soluvchi birlamchi omil sifatida namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |