Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)


Yuqoridan quyiga qarab bo‘ysunuviga (iyerarxiyaga) ko‘ra



Download 1,37 Mb.
bet78/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Yuqoridan quyiga qarab bo‘ysunuviga (iyerarxiyaga) ko‘ra: markaziy va mahalliy davlat organlari. O‘zbekiston Respublikasida davlat organlari pog‘onama-pog‘ona bo‘ysunish tamoyili asosida tashkil etilgan bo‘lib, mahalliy organlar markaziy organlarning itoatida bo‘ladi. Markaziy davlat organlari chiqargan normativ-huquqiy hujjatlar mahalliy davlat organlari uchun majburiy xususiyatga ega. Shuningdek, mahalliy davlat organlari tomonidan qabul qilingan huquqiy hujjatlar markaziy davlat organlari tomonidan bekor qilinishi mumkin. Masalan, Vazirlar Mahkamasining barcha qaror va farmoyishlari mamlakatning barcha viloyatlari, Toshkent shahri hokimlari uchun majburiy xususiyat kasb etadi. Viloyatlar, Toshkent shahar hokimining qarori faqatgina u rahbarlik qilayotgan viloyat (shahar) hududida amal qiladi va bu qarorni yuqori turuvchi organ rahbari – Bosh vazir yoki Prezident bekor qilish huquqiga ega.
Vakolat muddatiga ko‘ra: doimiy va vaqtinchalik davlat organlari.
Doimiy organlar – faoliyat muddati cheklanmagan, doimiy faoliyat olib boruvchi davlat organlari. O‘zbekiston Respublikasidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarni doimiy faoliyat olib boruvchi organlar sifatida ko‘rsatish mumkin. Masalan, prokuratura, ichki ishlar, soliq, bojxona organlari va boshqalar.
Vaqtichalik organlar – jamiyat oldida turgan biron-bir muhim vazifani muayyan muddat davomida amalga oshiruvchi va mazkur ishlar yakun topishi bilan o‘z faoliyatini to‘xtatuvchi organlar hisoblanadi. Masalan, turli xil tabiiy ofatlar yuz berganda yoki ommaviy tartibsizliklar yuzaga kelganda davlat tomonidan ushbu xavfni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi yoki «operativ shtab» tashkil etiladi. Mazkur komissiya yoki operativ shtab yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha muayyan muddat davomida faoliyat yuritadi.
Shakllanish manbayiga ko‘ra: birlamchi va ikkilamchi davlat organlari.
Birlamchi davlat organlari – xalq tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylash yo‘li bilan tashkil etiladigan organlar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati (qisman) saylash yo‘li bilan tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ham xalq tomonidan saylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudining raislari va sudyalari Senat tomonidan saylanadi.
Ikkilamchi davlat organlari xalq tomonidan saylangan, tashkil etilgan yoki shaxslar tomonidan shakllantiriladigan davlat organlari. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xalq saylagan Prezident va Oliy Majlis tomonidan shakllantiriladi. Vazirliklar va davlat qo‘mitalari Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan Prezident tomonidan tashkil etiladi. Prezidentning bu xususdagi farmonlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tasdig‘iga kiritiladi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish