Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet74/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Hokimiyatning shaxslar bo‘yicha bo‘linishi. Qonun chiqaruvchi organlar tarkibiga ijro etuvchi hokimiyat xodimlari va sudyalar kirmaydi, ya’ni qonun kuchiga ega bo‘lgan qarorlarning bo‘lg‘usi ijrochilari deputat bo‘lib saylanishlari mumkin emas. Biroq hukumat a’zolari bir paytning o‘zida ham parlament depu- tatlari bo‘lgan parlamentar mamlakatlar(Buyuk Britaniya, Germaniya kabilar)da bu prinsip amal qilmaydi. Ayni paytda, bu holatni hokimiyat bo‘linishi prinsipining buzilishi deb hisoblab ham bo‘lmaydi, chunki bunga parlamentar tipdagi mamlakatlarning qat’iy farqlanishi sifatida qarash to‘g‘ri bo‘ladi1.
Hokimiyat vakolatlari konstitutsiyaviy bo‘linishining bosh ma’nosi – ijtimoiy-siyosiy kuchlar orasida hokimiyat vakolatlarining oqilona taqsimlanishidir. Bundan maqsad – hokimiyatni suiiste’mol qilishning oldini olish, hokimiyatlarning bir-birlarini muayyan muvozanatda ushlab va cheklab turishidir. Bunda hokimiyat tarmoqlarining o‘zaro bir-birini tiyib turishi va qarama-qarshi ta’sir etishi mexanizmini qaror toptirish o‘ta muhim vazifa hisoblanadi.
Inson va fuqarolar asosiy huquq va erkinliklarining ustuvorligi prinsipi. Inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat sifatida e’tirof etilishi prinsipidan kelib chiqqan holda davlat mexanizmi (apparati) o‘z faoliyatini amalga oshirishi lozim. Davlat organlarini tashkil etishdan asosiy maqsad ham inson, uning manfaat va ehtiyojlarini ta’minlash, himoya qilish va ularga rioya etishdir. Davlat mexanizmi (apparati) o‘z faoliyatida turli davlat organlarining normativhuquqiy hujjatlarni qabul qilish davrida inson huquq va erkinliklarining birlamchi ekanligidan, hech bir organ inson huquq va erkinliklariga zid hujjatlar chiqarishi mumkin emasligini kafolatlaydi. Zero, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham davlat fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashi e’tirof etilgan. Har qanday demokratik huquqiy davlatda inson huquqlari oliy qadriyat sifatida tan olinadi va e’zozlanadi.
Demokratizm prinsipi. Davlat mexanizmi (apparati) tashkil etilishi demokratik prinsip asosida amalga oshiriladi. Chunki, davlatning qonun chiqaruvchi organlari xalq tomonidan saylash orqali tashkil etiladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga 135 nafar deputat O‘zbekiston xalqi tomonidan yashirin ovoz berish asosida saylanadi, 15 nafar deputat O‘zbekiston Eko harakatidan saylanadi va shu demokratik tartibda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi shakllantiriladi. Xuddi shu kabi Oliy Majlisning yuqori palatasi bo‘lgan Senat ham xalq vakillarining ishtirokida tashkil etiladi. Senatdagi mavjud 100 nafar senatorning 16 nafarini Prezident tayinlasa, 84 nafari viloyat, Toshkent shahar va Qoraqolpog‘iston Respublikasidan 6 nafardan mahalliy vakillik organlari deputatlari yig‘ilishida saylanadi. Mahalliy joylardagi Xalq deputatlari Kengashlari ham demokratik saylov asosida shakllantiriladi.
Ijro etuvchi hokimiyat – Hukumat ham xalq tomonidan saylangan Prezident taqdimiga binoan Oliy Majlis tomonidan tashkil qilinadi. Oliy sud va Konstitutsiyaviy sudlarning raisi va uning o‘rinbosarlari, shuningdek, sudyalari ham Oliy Majlisdagi xalqning vakillari bo‘lgan senatorlar tomonidan saylanadi.
Davlat mexanizmi (apparati) xalqning ishtirokida shakllantiriladi, xalq hokimiyatini ifodalaydi, u ham o‘z faoliyatida faqatgina xalq manfaatlariga xizmat qiladi.
Pog‘onama-pog‘ona bo‘ysunish (iyerarxiya) prinsipi. «Ierarxiya» – birbiriga o‘zaro bo‘ysunuvda bo‘lish degan ma’noni anglatadi. Ierarxiya – pog‘onamapog‘ona, piramida, o‘zaro bo‘ysunuvdagi kabi so‘zlar bilan bir ma’noni anglatadi. Pog‘onama-pog‘ona joylashish prinsipining mazumuni shundaki, u davlat organlari tuzilishining bir shakli bo‘lib, yuqori davlat organlarining vakolatlari quyi organlarining vakolatlariga nisbatan ko‘proq hamda ular quyi organlarning faoliyatiga ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy davlat organlarining qarorlari mamlakatning butun hududida quyi turuvchi barcha davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishi Vazirlar Mahkamasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari uchun majburiy ahamiyatga ega. Shuningdek, tuman hokimi chiqargan qarorni viloyat hokimi, viloyat hokimining qarorini Prezident va Bosh vazir bekor qilishga haqli.
Oshkoralik prinsipi. Davlat mexanizmi (apparati)ga kiruvchi organlar o‘z faoliyatini oshkoralik tamoyili asosida amalga oshiradilar. Qonun chiqaruvchi organ – parlament faoliyati jarayonida qabul qilinayotgan qonunlar loyihasini yoki qabul qilgan qonunlar matnini ommaviy axborot vositalari orqali xalqqa e’lon qilinishi hamda xalqning qonunlardan xabardor etilishi oshkoralikning ifodasidir. Shuningdek, ijro etuvchi hokimiyat tomonidan qabul qilingan farmoyish va qarorlarning to‘plamlarda chop etilishi hamda sud organlari tomonidan chiqarilgan hukmlar (davlat va oila siri bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar bundan mustasno) va qarorlar haqida ma’lumotlar bilan ham xalqning tanishishi uchun ochiq bo‘lishi ham oshkoralik belgisidir. Oshkoralik davlat mexanizmi (apparati) faoliyatining asosiy mezoni bo‘lishi lozim. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari davlat apparati faoliyati haqidagi kundalik axborotni doimiy ravishda e’lon qilib turishi, xalqning jamiyatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy islohotlardan xabardor bo‘lib turishi maqsadga muvofiq sanaladi.
Ayni vaqtda, davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «Ommaviy axborot vositalari aholining talab va ehtiyojlarini hokimiyat idoralariga yetkazishning muhim va ta’sirchan vositasiga, xalqning eng yaqin ko‘makchisi va hamdardiga, demokratiya ko‘zgusiga aylanishi zarur. Hokimiyat va boshqaruv organlari faoliyatiga tanqidiy va xolis baho berish, turli sohalardagi kamchiliklar, dolzarb muammolarni dadil ko‘tarib chiqish ular faoliyatida asosiy mezon bo‘lishi kerak1.
Qonuniylik prinsipi. Davlat mexanizmi (apparati)ning tashkil etilishi qonun yo‘li bilan amalga oshiriladi. Davlat apparatining asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan qonun chiqaruvchi organ – Oliy Majlis, ijro etuvchi organ – Vazirlar Mahkamasi va sud organlari – Oliy sud va Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari qabul qilingan. Mamlakatimizdagi barcha davlat organlari qonun asosida tashkil etilib, qonun asosida faoliyat yuritadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ko‘ra, davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar. O‘zbekiston Respublikasida qonundan tashqari, nooshkora, maxfiy va harbiy tashkilotlar tuzish taqiqlangan. Shuningdek, davlat organlari o‘z faoliyatini qonun asosida amalga oshirishi shart. Har qanday davlat organlarining qonunlarda belgilab qo‘yilgan vakolatlardan chetga chiqishi mumkin emas.
Professionalizm prinsipi. Davlat apparati xizmatchilari o‘z sohalarining yetuk mutaxassislari bo‘lib, ular maxsus malaka va bilimga, yetarli tajriba va amaliy uquvga ega bo‘lgan xodimlar hisoblanadi. Davlat apparatida xizmat qilayotgan xodimlar dastlab mazkur soha bo‘yicha quyi organlarda xizmat qilgan, ushbu sohada boy tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis xodim bo‘lishi shart.
Kollegiallik va yakkaboshchilikning birgaligi prinsipi. Davlat apparati organlari o‘z faoliyatini kollegiallik va yakkaboshchilik asosida amalga oshiradilar. Kollegiallik jamoaviy boshqaruv hisoblanib, Oliy Majlis quyi palatasi deputatlari va yuqori palatasi senatorlarining xizmat faoliyatida yaqqol ko‘rinadi. Chunki ushbu organlar bamaslahat, muhokama tarzida bir-biri bilan hamkorlikda masalalarni hal etadilar. Masalan, Oliy Majlis qonun qabul qilishda bahamjihat ish tutadi. Yakkahokimlik yoki yakkaboshchilik prinsipida esa, masala kollegiallikka o‘xshash umum irodasining ro‘yobga chiqishi bilan emas, balki xizmat sohasi yoki bo‘lim boshlig‘ining yakdil fikri asosida hal qilinadi. Masalan, Bojxona qo‘mitasi raisining tegishli masala yuzasidan yakka tartibda buyruq chiqarishi, Vazirning buyrug‘i va hokazo.
Saylanish va tayinlanishning uyg‘unligi. Davlat mexanizmi (apparati)ning tashkil etilishi saylanish va tayinlanish orqali amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida oliy vakillik organlari Qonunchilik palatasi deputatlarining barchasi, Senat a’zolarining aksariyat qismi, Oliy sud organlarining rais va o‘rinbosarlari saylash orqali tegishli vakolatga ega bo‘ladilar. Ijro etuvchi organlarning barchasi tayinlash tartibida shakllantiriladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti vazirlar va hokimlarni lavozimiga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi.
Davlat mexanizmi (apparati)ga kiruvchi organlar yuqorida qayd etib o‘tilgan prinsiplar asosida tashkil etiladi hamda ular o‘z faoliyatini mazkur prinsiplar asosida amalga oshiradilar.
Davlat mexanizmi bilan davlat funksiyalarining uzviy aloqadorligi davlat mexanizmi (apparati) ni tarkibiy-funksional tahlil etish imkonini beradi. Tarkibiyfunksional yondashuv umumiy tizimli tahlil uslubining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, davlatning tarkibi va funksiyalarini uzviy bog‘liqlikda o‘rganishga ko‘maklashadi. Shunga ko‘ra, davlat mexanizmining tuzilishi u bajaradigan vazifa va funksiyalar samaradorligi nuqtayi nazaridan baholanadi.
Hozirgi O‘zbekiston davlati mexanizmining tarkibiy-funksional tahlili unga kiruvchi tarkibiy qismlarning, ya’ni davlat organlarining roli va o‘rnini aniq tasavvur etishni anglatadi. Davlat organlarining Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan maqomi (tarkibiy yondashuv) ularning zimmalaridagi davlat funksiyalarini bajarish jarayoni va xususiyatlari bilan uyg‘un tarzda (funksional yondashuv) tahlil etiladi.
9–18-8


Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish