Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)


VI bob. DAVLAT MEXANIZMI (APPARATI)



Download 1,37 Mb.
bet70/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

VI bob. DAVLAT MEXANIZMI (APPARATI)


Davlat mexanizmi Davlat hokimiyatini amalga oshirish 1-§.(apparati) masalasi barcha zamonlarda dolzarb bo‘lgan tushunchasi va va hozir ham shunday. Davlatning institutsimohiyati yaviy elementi – davlat hokimiyatining uyushtirilishi, tashkillashtirilganligi, ya’ni
tashkilot sifatida rasmiylashtirilganligidir. Davlatni tashkilot sifatida turli nuqtayi nazardan talqin etish mumkin. Teran ma’noda, davlat – bu mamlakatning butun aholisini qamrab oladigan iyerarxik (pog‘onama-pog‘ona uyushgan) tashkilot bo‘lib, bunda aholi davlatning boshlang‘ich elementi hisoblanadi. Aholining bu uyushmasi – tashkilotida, bir tomonda – «boshqariluvchi fuqarolar» bor, ikkinchi tomonda – butun davlat tashkilotini boshqaruvchi apparat mavjud1.
Davlatga o‘z hokimiyatini amalga oshirish imkonini beruvchi tashkiliymoddiy kuch – bu davlat apparati(mexanizmi)dir. Bu apparat (mexanizm) davlatning nimadan tashkil topganligini anglatadi. Davlat apparati – davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi organlar tizimi. U davlat oldida turgan maqsad va vazifalarni bajarishga qaratilgan asosiy funksiyalarni ado etadi. Apparat – jamiyatda boshqaruvni amalga oshiruvchi lavozimli xodimlar va boshqaruv organlari yig‘indisidir. Davlat va huquq nazariyasida davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi maxsus tashkilot «davlat apparati» va «davlat mexanizmi» atamalari bilan ifodalanadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, huquqiy islohotlarda davlatning roli, uning bosh islohotchilik xususiyatlarini ushbu sermazmun ishlarni amalga oshirishda davlatning, davlat organlarining va eng asosiysi, davlat mexanizmining tutgan o‘rni beqiyosdir2.
Davlat mexanizmi (apparati) da jamiyat oldidagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalardagi vazifa va funksiyalarni bajarish maqsadida, bir qancha davlat organlari iyerarxiya asosida, yagona bir tizimga birlashadi. Shuningdek, u o‘z funksiyalarini bajarib, davlat hokimiyatini amalga oshiradi. Davlat mexanizmini tashkil etish muayyan obyektiv prinsiplarga tayanadi. Bu esa, jamiyatning davlat tomonidan samarali idora etilishini ta’minlaydi.
Davlat vazifalarini bajarish uchun ularga mos ravishda davlat organlari tashkil etiladi va bu organlar asosiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Masalan, qonunlarni yaratish uchun parlament shakllantiriladi, qonunlarga bir xilda amal qilinishini nazorat qilish maqsadida prokuratura organlari tashkil etiladi. Davlat hokimiyatini tashkil etish va faoliyat yuritishi vakolatlarning taqsimlanishi prinsipi asosida amalga oshiriladi.
Xorijiy mamlakatlarning konstitutsiyalarida, odatda, davlatning normativ tavsifi, hokimiyat va davlat idoralari ko‘rinishlarining izohi bayon etiladi. Bu qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati, prezidentlik instituti, markaziy va mahalliy hokimiyat idoralari tizimidan iborat. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan ham qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati – davlatning uchta asosiy tayanchidir.
Davlatning jamiyat hayotining asosiy sohalariga, fuqarolar va ijtimoiy guruhlar faoliyatiga ko‘rsatadigan ta’siri maqsadli va samarali bo‘lishi lozim. Ushbu maqsadga ishchan, izchil, «qobiliyatli» davlat apparati vositasida erishiladi. Davlat ishlarini boshqarish davlat apparati tarkibida yuqori uyushqoqlikni, vakolatlar doirasida omilkor harakatni, mahorat va professionalizmni talab etadi.
Hozirgi kunda davlatshunos olimlar davlat apparatining, eng avvalo, fuqarolar va ular uyushmalarining turli ehtiyoj va manfaatlarini mutanosiblashtirish mexanizmi deb hisoblaydilar. Bunday fikrning to‘g‘riligi davlat mexanizmining o‘ziga xos umumiy belgilarini tahlil etish jarayonida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Davlat mexanizmi quyidagi asoslarga ko‘ra faoliyat yuritadi:

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish