Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)


Tashqi hujumdan mamlakatni mudofaa qilish bo‘yicha davlat funksiyasi



Download 1,37 Mb.
bet68/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Tashqi hujumdan mamlakatni mudofaa qilish bo‘yicha davlat funksiyasi – davlat faoliyatining muhim yo‘nalishidir. Tarixning guvohlik berishicha, davlat tarzida uyushgan jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida mamlakatning erkinligi va mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini tashqi tajovuzlardan himoya qilish obyektiv zaruriyat bo‘lib kelgan.
Vatanni himoya qilish, davlat hududini bosqinchilardan ozod etish uchun olib borilgan urushlar, xalqaro huquq nuqtayi nazaridan qonuniy va adolatli hisoblanadi. Mamlakatni mudofaa qilish funksiyasi iqtisodiy, siyosiy, diplomatik va harbiy vositalar orqali amalga oshiriladi. Bu funksiya tinchlik vaqtida mamlakatni ehtimol tutilgan tashqi hujumni qaytarishga har tomonlama tayyorlashdan iboratdir. Urush vaqtida esa, mudofaa funksiyasi dushman bilan bevosita qurolli kurash shakliga ega bo‘lib, unda g‘alabaga erishish uchun mamlakatning butun imkoniyati va barcha kuchlarini birlashtirish ro‘y beradi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining mudofaa doktrinasini e’lon qilib, uni izchil amalga oshirmoqda. Mazkur doktrinaning mohiyati boshqa davlat yoki davlatlar guruhi tomonidan ehtimol tutilgan tajovuzga barham berish uchun maqbul darajada yetarli kuch va vositalarni yaratishdan iborat. «Mamlakatni mudofaa qilish funksiyasi» tushunchasi ma’nodor va serqirradir. Bu tushuncha mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, tinchlik vaqtida ham, urush vaqtida ham Qurolli Kuchlarning jangovar qudrati va qobiliyatini saqlab turish bo‘yicha davlat tadbirlarining butun tizimini o‘z ichiga oladi.
Davlatning mudofaa faoliyati uning harbiy doktrinasiga asoslanib, quyidagi asosiy yo‘nalishlardan tarkib topadi.
Mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlash. Fan-texnika
taraqqiyotining eng yangi yutuqlariga tayangan, rivojlangan va samarali iqtisodiyot mamlakatning yuksak mudofaa qobiliyatini ta’minlaydi, ya’ni Qurolli Kuchlarning ehtiyojlarini qondirish, mamlakat mudofaa salohiyatini mustahkamlash uchun barcha zarur narsalarni ishlab chiqarish imkonini beradi. Zamonaviy iqtisodiyot armiyani texnika va qurol-yarog‘larning eng yangi namunalari, davlat mudofaa salohiyatining boshqa tarkibiy qismlari bilan zarur darajada ta’minlaydi.
Qurolli Kuchlarni muntazam ravishda takomillashtirish, ularning jangovar qobiliyati va tayyorgarligini muttasil oshirib borish. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti mamlakat Qurolli Kuchlari Bosh qo‘mondoni sifatida Qurolli Kuchlar qudratli, harakatchan va moslashuvchan, zamonaviy himoya vositalariga ega bo‘lishi, harbiy texnika va qurol-yarog‘larning barcha turlaridan professional darajada foydalanishi, yuksak jangovar qobiliyat va tayyorgarlikka ega bo‘lishi, qonuniylik va xalqaro huquq qoidalari doirasida harakat qilishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.
Davlat chegaralarini qo‘riqlash. Ushbu faoliyat chegara qo‘shinlari va boshqa maxsus bo‘linmalar tomonidan amalga oshirilib, davlat qonunlari bilan belgilangan chegara rejimini ta’minlashga qaratilgandir.
Fuqaro mudofaasini tashkil etish. Davlat ehtimol tutilgan tashqi hujumga qarshi kurash va urush vaqtida mamlakat iqtisodiyoti barqaror amal qilishini ta’minlash maqsadida tinchlik maqsadini ko‘zlab, bir qator mudofaa tadbirlari o‘tkazadi. Ushbu faoliyat ommaviy qirg‘in quroli bilan zarba berilishi ehtimol tutilgan aholi punktlaridan odamlarni ko‘chirishni nazarda tutadi. Bu ish maxsus himoya inshootlari barpo etish, qutqaruv va tiklash ishlarini o‘tkazish bilan bog‘liqdir.
Qurolli Kuchlar zahirasiga harbiy ta’lim berish. Ko‘pgina mamlakatlarda harbiy hisobda turgan shaxslarni harbiy jihatdan vaqti-vaqti bilan qayta tayyorlash tashkil etiladi. Bu davlatlararo harbiy nizolar kelib chiqqan taqdirda qurolli kuchlarni tezda safarbar etish va ularning o‘rnini malakali shaxsiy tarkib bilan to‘ldirish imkonini beradi. Bizning davlatimiz ham noharbiy tayyorgarlikni tashkil etadi, bu jarayon o‘rta va oliy yurtlarida amalga oshiriladi.


Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish