Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet65/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Davlatning ijtimoiy funksiyasi shaxsning ijtimoiy himoyalanganligi, moddiy boyliklar yaratishda bevosita ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligidan qat’i nazar, jamiyatning barcha a’zolari uchun munosib turmush sharoitini ta’minlashga qaratiladi.

Huquqiy davlatda moddiy boyliklarni ta’minlash ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi erkin ekvivalent almashuvdan tashqari ham amalga oshiriladi. Davlatning ijtimoiy siyosati, birinchidan, turli obyektiv sabablarga ko‘ra to‘laqonli mehnat qila olmaydiganlar (bemorlar, nogironlar, keksalar, talabalar, bolalar) uchun munosib turmush tarzini ta’minlash maqsadida ijtimoiy boyliklarni yaratishga qo‘shilgan mehnat ulushidan qat’i nazar uni taqsimlashni taqozo etadi. Ikkinchidan, davlat sog‘liqni saqlash, madaniy dam olish, maorif, ta’lim, uy-joy qurilishi, transport va aloqaning benuqson ishlashi uchun zarur mablag‘lar ajratadi. Aynan shu orqali davlat fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash, dam olish, uy-joyli bo‘lish, ta’lim olish, madaniyat yutuqlaridan foydalanishga bo‘lgan huquqlari, ya’ni ijtimoiy huquqlarini lozim darajada ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi. Bunday huquqlardan davlatning barcha fuqarolari imkon qadar to‘liq hajmda foydalanishlari kerak.
Demokratik davlat iqtisodiy jihatdan nochor ahvolda qolgan barcha kishilarning aniq ijtimoiy himoya qilinishini kafolatlaydi va mamlakat butun aholisining ijtimoiy ehtiyojlariga ajratiladigan mablag‘larni muttasil ko‘paytirib boradi. Moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchilar erkinlik hamda iqtisodiy mustaqillikka ega bo‘lsalargina, davlat mamlakat aholisiga nisbatan adolatli ijtimoiy siyosat o‘tkazishga qodir bo‘ladi.

  1. Huquqiy tartibotni muhofaza qilish (huquqni muhofaza qilish) funksiyasi – davlatning ijtimoiy munosabatlar barcha ishtirokchilari davlat tomonidan chiqarilgan qonunlarni aniq va to‘la bajarishini ta’minlashga qaratilgan faoliyatidir.

Jamiyat va davlat hayoti adolatli qonunlar negiziga qurilgan huquqiy davlatda shaxs, jamiyat, davlat manfaatlari har qanday noqonuniy tajovuzlardan muhofaza qilinadi. Davlatning huquqni muhofaza qilish faoliyati markazida, birinchi navbatda, shaxsning fuqaro sifatidagi, jamiyat a’zosi sifatidagi, erkin individ sifatidagi shaxsi, shuningdek davlatning o‘zi va unga qarashli turli tuzilmalar turadi. Shuning uchun shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish bilan bir paytda davlat o‘zi hamda butun jamiyat manfaatlarini muhofaza qiladi.
Huquqbuzarliklarga qarshi kurash – davlatning huquqni muhofaza qilish faoliyatining muhim tomoni, ammo bu boradagi faoliyatning asosiy yo‘nalishi emas. Davlat zimmasiga jamiyat hayotida erkinlik va adolat negizida yaratilgan huquqiy normalar talablariga to‘liq javob beradigan tartibni saqlab turish hamda ularni maxsus organlar (sud, prokuratura, ichki ishlar organlari va boshqa shu kabilar) yordamida ta’minlash yuklatilgan. Mamlakatda barqaror huquqiy-tartibotni saqlash – butun davlat, uning jami organlari tizimining vazifasidir. Davlat faoliyatining majburlov tomoni fuqarolar va davlat o‘rtasida uyg‘un, obyektiv yuzaga kelgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va axloqiy munosabatlar tarkib topgan sari sekin-asta o‘z ahamiyatini yo‘qotib boradi. Majburlov ma’rifiy taraqqiy etgan jamiyatning huquqiy tartibiga o‘z o‘rnini bo‘shatib beradi.


  1. Download 1,37 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish