Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet61/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Demokratik siyosiy rejim. Demokratiya (yunoncha demokratia «demos – xalq, kratos – hokimiyat» – «xalq hokimiyati») siyosiy rejimi barcha insonlarning tengligi va erkinligini tan olishga, aholini turli jamoat tashkilotlariga birlashtirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini xalq ishtirokida saylash, davlat hokimiyatining taqsimlanishi va xalqning davlatni boshqarishda ishtirok etishiga asoslanganligida aks etadi. Demokratik davlat o‘z fuqarolarining huquq va erkinliklarini rasmiy ravishda konstitutsiya va qonunlarda e’lon qiladi, ayni paytda, ularning iqtisodiy zaminini ta’minlaydi hamda kafolatlaydi. Demokratik tartib ikki shaklda amalga oshiriladi: vakillik demokratiyasi va bevosita demokratiya.
Vakillik demokratiyasida xalq o‘zi saylagan deputatlari orqali davlat ahamiyatiga molik iqtisodiy, siyosiy va huquqiy masalalarni muhokama qilish, hal etish haqida qaror qabul qilish va davlatni idora etishda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bevosita demokratiyada davlatni idora etishda xalqning bevosita ishtiroki ta’minlanadi, ya’ni davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan masalalarni hal etishda umumxalq ovoziga qo‘yish (referendum) ni amalga oshirish mumkin. Demokratik siyosiy rejimning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlanganligi;

  • davlat hokimiyatining birdan-bir manbayi xalq ekanligi;

  • vakillik hokimiyat organlarining to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi;

  • siyosiy qarorlar qabul qilinishi ustidan xalq nazoratining o‘rnatilganligi;

  • hokimiyat vakolatlarining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud o‘rtasida taqsimlanganligi;

  • davlatning fuqarolik jamiyati hayotiga qonunsiz aralasha olmasligi;

  • huquqni muhofaza etuvchi organlar faoliyatining qonunga to‘la asoslanganligi;

  • jamoat birlashmalari tizimining, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mavjudligi;

  • siyosiy partiyalarning muxolifatda bo‘lish erkinligi ta’minlanganligi;

  • siyosiy plyuralizmning qaror topganligi – turli ijtimoiy guruhlar o‘z manfaat (fikr) larini erkin ifodalash imkoniyatiga egaligi; – fuqarolik jamiyatining shakllanganligi.

Demokratik siyosiy rejim doirasida liberal yoki liberal-demokratik rejim turlari farqlanadi. Liberal rejimda davlat hokimiyati saylovlar yo‘li bilan shakllantiriladi, hokimiyatning taqsimlanishi amal qiladi hamda shaxs bilan davlat o‘rtasidagi nisbatda ustuvorlik shaxs tomonida bo‘ladi. Liberal rejimning o‘ziga xos xususiyati shundaki, inson o‘z mulki, huquq va erkinliklariga ega bo‘ladi, iqtisodiy jihatdan mustaqil, siyosiy erkin harakat qiladi hamda so‘z, fikr almashish va mulk shakllari erkinligi e’lon qilinadi.
Liberal-demokratik rejimda barcha odamlarning tengligi va ozodligi e’tirof etilib, davlatni boshqarishda xalqning keng ishtiroki ta’minlanadi. Fuqarolar huquq va erkinliklarining iqtisodiy asoslari kafolatlanadi. Shuningdek, jamiyat ishlarini boshqarish va huquqiy normalarni yaratishda xalq yalpi ravishda ishtirok etadi hamda ijro organlari ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin, davlatni boshqarishda prezidentlik instituti joriy etildi. O‘zbekiston Respublikasi boshqaruv shakli bo‘yicha prezidentlik respublikasi shaklidagi davlat, tuzilish shakli bo‘yicha oddiy – unitar davlatdir, siyosiy rejimiga ko‘ra, demokratik tartibdagi davlat. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kunidan bosh lab hozirgi kunga qadar o‘zining mustaqil taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Bu O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning: «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» risolasida ham ko‘rsatib o‘tilgan. Bu risolada yosh, suveren davlat rivojlanishining besh tamoyili belgilab berilgan: – iqtisodning siyosatdan ustunligi, davlat – bosh islohotchi ekanligi, qonun ustuvorligi, islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi va kuchli ijtimoiy siyosat yuritilishi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lida umuminsoniy qadriyatlarni qayta tiklash, inson huquq va erkinliklari ustuvorligini tan olish asosida xalqaro va milliy davlatchilik tajribalariga asoslanib, kelgusida demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etadi.
1991-yilning 31-avgust kuni o‘zbek xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi amalga oshdi – O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilindi. Respublika barcha ko‘pmillatli aholisining xohish-idorasi «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida» gi konstitutsiyaviy qonunda mustahkamlandi hamda umumxalq referendumida o‘zining yakdil tasdig‘ini topdi. Mustaqillik qo‘lga kiritilishi bilan mamlakatda darhol demokratik huquqiy davlat asoslari vujudga keltirila boshladi. Respublikada hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sudlov hokimiyatlariga bo‘linishi tamoyili amal qilmoqda. Ikki palatali parlamentning qaror topishi (2004-yil dekabr – 2005-yil yanvar) davlatchiligimiz taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatining huquqiy asosini vujudga keltirish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi. Bularning hammasi qonun chiqarish ishini yanada faol yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi. Davlat boshqaruvining yangi tizimi shakllandi. Boshqaruvning prezidentlik respublikasi shakli bu tizimning o‘zagi bo‘ldi. Joylardagi boshqaruv tizimida viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimlik lavozimlari joriy etildi. Qonun ustuvorligini, qonun oldida barcha fuqarolarning tengligini ta’minlovchi sud hokimiyatini qayta tashkil etish va vakolatlarini yanada kengaytirish ishlari faol olib borilmoqda.
«Siyosiy rejim» barcha siyosiy institutlar, jumladan davlat, siyosiy partiya, saylanadigan birlashmalar, ommaviy ijtimoiy tashkilot va boshqalarning amaldagi faoliyatini ifoda etadi. Siyosiy yoki davlat rejimlarini o‘rganish davlat nazariyasi fanining vazifasidir. Davlat nazariyasida «davlat rejimi» tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ibora davlat nazariyasida davlat faoliyatining usullarini, metodlarini tavsiflash uchun foydalaniladi. Bu esa, o‘z navbatida, davlat hokimiyati muayyan jarayonlarda qanday amalga oshirilayotganini ta’riflashga imkon yaratadi.
Davlat rejimi davlat shakllarining boshqa elementlaridan farq qiladi va o‘ziga xos siyosiy-huquqiy kategoriya hisoblanadi. U davlat hokimiyatini amalga oshirishning real mexanizmi sifatida hokimiyat tarmoqlari munosabatlaridagi yuridik prinsiplarni emas, balki ularning haqiqiy holatini, avvalo, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi mavjud real munosabatlarni ochib beradi.
Yuqorida qay etilganidek, «davlat rejimi» va «siyosiy rejim» kategoriyalari o‘zaro uzviy bog‘liq. Siyosiy rejim amalda davlat rejimi mazmuni va tabiatini oldindan belgilaydi. Shuning uchun demokratik va avtoritar siyosiy rejimlarning har biri o‘ziga mos davlat rejimiga ega bo‘ladi. Davlat rejimining demokratligi yoki avtoritarligi darajasi to‘g‘risida quyidagilarga asoslanib, xulosa chiqarish mumkin:
birinchidan, davlat faoliyatidagi huquqiy va nohuquqiy metodlar, vosita va usullar nisbatan muayyan davlatning huquqiy yoki huquqiy emasligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga imkon beradi (demokratik davlat doimo huquqiy bo‘ladi); ikkinchidan, davlat hokimiyati organlari faoliyatida xalq suvereniteti
prinsipining amalda joriy etilganlik darajasiga qarab xulosa chiqarish mumkin.
Demokratik davlat rejimi sharoitida davlat organlari huquqiylik va qonuniylik prinsiplariga og‘ishmay amal qiladi, inson va fuqaroning asosiy huquq va erkinliklarini hurmat qiladi, jamiyatda siyosiy erkinliklarning yuksak darajasi ta’minlanadi. Avtoritar davlat rejimi sharoitida esa, kuchga tayanuvchi boshqaruv metodlari, asosiy huquq va erkinliklarning qisman yoki to‘liq tugatilganligi, xalqning jamiyat va davlat ishlarida ishtirok etishdan chetlatilganligi kuzatiladi.
Demokratik davlat rejimiga xos asosiy xususiyat shundaki, davlat faoliyatining asosidagi siyosiy irodaning shakllanishi «quyidan yuqoriga» qarab yo‘naladi. Ya’ni, individ va shaxslardan davlat institutlariga qarab «o‘sib keluvchi» iroda siyosiy qarorga aylanadi. Shu tariqa demokratik siyosiy rejim xalqning davlat boshqaruvida keng va doimiy ishtirokini ta’minlaydi.
Demokratik davlat rejimining yana quyidagi belgilarini ta’kidlash mumkin:
birinchidan – davlat hokimiyatining qurilishi va uning qonun chiqaruv-
chi, ijro etuvchi, sud hokimiyatiga bo‘lingan holda amal qilishi; ikkinchidan – vakillik muassasalarining hal qiluvchi rolining ta’minlanishi. Ularning umumiy saylovlar orqali shakllantirilishi va davlat hokimiyatini amalga oshirishi uchun real vakolatlarga ega bo‘lishi, davlat apparati faoliyatida konstitutsionalizm prinsiplari va Konstitutsiyaning us-
tuvorligiga rioya qilishning tan olinganligi hamda ularga sobitqadamlik bilan rioya etilishi.
Demokratik davlat rejimi boshqaruvining turli shakllari: prezidentlik yoki parlament respublikalari, shuningdek parlament monarxiyalarida ham uchraydi. Masalan, boshqaruvning turli shakllariga egaligiga qaramay GFR va Italiyada (parlament respublikalari), Meksika va Argentinada (prezidentlik respublikalari), Ispaniya va Yaponiyada (parlament monarxiyalari) demokratik davlat rejimi amal qiladi.
Shunday qilib, davlatlarning boshqaruvi, tuzilishi va siyosiy rejimiga ko‘ra shakllari nihoyatda turli-tumandir. Bunga ko‘pgina omillar sabab. Avvalo, iqtisodiy, siyosiy, g‘oyaviy va boshqa omillar ta’sir etadi. Qolaversa, demokratik, milliy, diniy va boshqa an’analar ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish