Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet59/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

4-§.Siyosiy rejim dan biri siyosiy rejim (tartib)dir. Yurisprudensiyada siyosiy rejim iborasi «siyosiy tartib», «davlat rejimi» yoki «davlat tartibi» kabi shaklan har xil, ammo mazmunan bir xil bo‘lgan tushunchalar bilan ifodalanadi. «Siyosiy rejim» tushunchasi yuridik adabiyotda XX asrning 60-yillarida yuzaga kelgan bo‘lib, olimlar o‘rtasidagi turli xil tortishuv, bahs va munozaralarga sabab bo‘ldi. Bir guruh olimlar siyosiy rejim davlat shaklining sinonimi deb e’tirof etsalar, ikkinchi guruh olimlar esa uni davlat shakli tarkibiga kirmaydi, deb ta’kidlaganlar.
«Siyosiy rejim» tushunchasi keng va tor ma’noda qo‘llaniladi. Keng ma’nodagi yondashuvda siyosiy rejim barcha siyosiy hayot, umuman jamiyat siyosiy tizimi hodisalarining namoyon bo‘lishi va tartibi tushuniladi. Tor ma’nodagi yondashuvda esa, siyosiy rejim faqat davlat hayoti, davlat hokimiyatini ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq hodisalar va usullarning namoyon bo‘lishi tarzida talqin etiladi.
Siyosiy rejim – davlat hokimiyatini amalga oshirishda foydalaniladigan tartib va usullar yig‘indisi. Davlat hokimiyati har bir mamlakatda o‘ziga xos xususiyatga ega, shu bois siyosiy rejim ham turlicha qaror topadi va namoyon bo‘ladi. Muayyan davlatning siyosiy rejimi mohiyati va mazmuni o‘ziga xos mezonlar, ya’ni, davlat hokimiyatining aholi bilan munosabati qaysi yo‘llar va qanday usullar orqali amalga oshirilishi, siyosiy sohada turli kuchlarning o‘zaro munosabatlari, jamoat tashkilotlarining jamiyat siyosiy tizimidagi mavqei qay darajadaligi bilan belgilanadi. Shuningdek, davlat o‘z hokimiyatini amalga oshirish jarayonida aholining manfatlari uchun xizmat qilishiga qarab siyosiy rejim nodemokratik va demokratik turlarga bo‘linadi.
Nodemokratik rejim yuridik fanda g‘ayridemokratik, aksildemokratik va antidemokratik kabi iboralar tarzida qo‘llaniladi. Demoratik rejimdan farqli o‘laroq, nodemoratik rejim demokratiyaga xos prinsip va qoidalarni tan olmaydi, aksincha ularni inkor etadi.
Davlatning siyosiy rejimi tarkibida nodemokratik rejimning o‘ziga xos turlari mavjud bo‘lib, ular totalitar, fashistik va avtokratik shakllarda namoyon bo‘ladi.
Totalitar rejim usuliga fashistik davlatlar va «shaxsga sig‘inish» davridagi sotsialistik davlat misol bo‘ladi. Ushbu rejim ko‘ppartiyaviylik tizimini rad etgan holda, faqat bir hukmron partiyaning mavjudligiga yo‘l qo‘yadi va mazkur partiya jamiyatning yetakchi kuchi deb e’lon qilinadi, uning qoidalari muqaddas aqidalardek qabul qilinadi. Hukmron partiya davlat boshqaruvini jilovlab turadi hamda partiya va davlat organlarining o‘zaro qo‘shilib ketishi sodir bo‘ladi. Siyosiy hukmron partiya rahbari siyosiy lider bo‘lib, u davlat boshlig‘i hisoblanadi. Mamlakatda siyosiy plyuralizmga yo‘l qo‘yilmay, yagona rasmiy mafkura o‘rnatiladi. Davlatda eng dono, «xalq otasi» boshchilik qiladi va u buyuk dohiy deb e’tirof etiladi.
Totalitar davlat boshqaruvida idora etish tartibi o‘ta markazlashgan bo‘ladi. Barcha fuqarolar yuqoridan keladigan buyruqlarga og‘ishmay amal qiladilar. Har qanday tashabbus taqiqlanadi. Shaxs siyosiy hayotda deyarli ishtirok etmaydi va odamlar hayoti qattiq nazoratga olingan bo‘ladi.
Fashistik idora usuli totalitar rejimning avj olgan shakllaridan biri bo‘lib, u millatchilik mafkurasi bir millatning boshqalardan afzalligi to‘g‘risidagi tasavvurlarga tayanadi. Insonlarning huquq va majburiyatlari qaysi millatga mansubligiga bog‘liq bo‘ladi, shuningdek bu rejim amal qiladigan davlatlarda senzlar asosan shaxsning millati va irqiga qarab belgilanadi. Ushbu rejim odamlar qonun va sud oldida teng bo‘lishi mumkin emas degan aqidaga tayanadi, faqat bir millatni oliy irqqa mansub deb e’lon qiladi va u barcha imtiyozlarga ega bo‘lishi mumkin, deb hisoblanadi. Bunday hollarda inson va uning shaxsiga nisbatan agressiv kayfiyat hukmron bo‘ladi. Jamiyatda uzluksiz ravishda ijtimoiy ixtiloflar, ommaning qashshoqlashuvi yuz beradi.
Avtokratik siyosiy rejim jamoaviy avtokratiya va yakka shaxs avtokratiyasi ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Jamoaviy avtokratiya o‘z navbatida, aristokratiya va oligarxiyaga bo‘linadi.
Aristokratik rejimda hokimiyat aholining muayyan qismini tashkil etgan zadogonlar qo‘lida to‘planib, xalq davlat boshqaruviga jalb etilmaydi. Aristokratiyaning eng muhim xususiyati shundaki, insonning jamiyatdagi mavqei uning ijtimoiy kelib chiqishi bilan belgilanadi.
Oligarxiya rejimida aristokratik rejimdan farqli ravishda hokimiyatga egalik qilish insonlarning mulk senziga qarab belgilanadi, hokimiyat aholining mulkdor tabaqasi tomonidan egallanadi. Bunda ham aristokratik rejimdagi singari oddiy xalq davlat boshqaruviga jalb etilmaydi. Oligarxiyaning o‘ziga xosligi shundaki, insonning jamiyatdagi mavqei uning boyligi bilan belgilanadi.
Nodemokratik siyosiy rejim jamoa avtokratiyasidan farqli ravishda yakka shaxs avtokratiyasi ko‘rinishi bo‘lib, u ham o‘z navbatida, avtoritar, tiraniya va despotiya kabi turlarga bo‘linadi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish