Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)


Tabiatni muhofaza qilish (ekologiya) funksiyasi



Download 1,37 Mb.
bet66/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Tabiatni muhofaza qilish (ekologiya) funksiyasi – hozirgi kunda har qanday davlatning, umuman, butun jahon hamjamiyatining hayotiy muhim faoliyatidir. Atrof-muhit birgalikda yashash obyekti sifatida o‘ziga nisbatan o‘ta oqilona hushyor va baodob, sergak munosabatda bo‘lishni talab qiladi.

Hozirgi O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish maqsadiga qaratilgan qonunlarning keng ko‘lami ishlab chiqilgan bo‘lib, ularda odamlar va tabiiy muhitdan foydalanish sohasidagi turli tashkilotlarning faoliyati barqaror tartibga solingan (hayvonot dunyosi, atmosfera havosi, tabiiy resurslar va suvni muhofaza qilish to‘g‘risida qonunlar qabul qilingan). Atrof-muhitni muhofaza qilish borasida ishlab chiqilib, hozirda amal qilib turgan dasturlarda tabiiy muhit yaxlitligini va muvozanatini buzuvchilarga qarshi faol ta’sir choralarini ko‘rish, hatto tabiiy muhitni ifloslantiruvchi zararli chiqindi manbalariga to‘liq barham berishgacha bo‘lgan choralarni qo‘llash nazarda tutilgan.
2017-yil 21-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi. Unda ta’kidlanganidek, Respublikada ekologik xavfsizlikni ta’minlash va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish, ekologik holatni yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar sog‘ligiga zararli ta’sirining oldini olish, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish, maishiy chiqindilarni yig‘ish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil etilsin. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foy-
dalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvi; atrof-muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy kom-
plekslar va alohida obyektlar muhofaza qilinishini, ekologik sharoitning sog‘lomlashtirilishini ta’minlash va boshqalar1.
Mazkur farmon munosabati bilan 2017-yil 27-mayda Konstitutsiyaning 80, 93, 108 va 109-moddalariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida qonun qabul qilindi23. Qonunda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining maqomi va nomi o‘zgarganligi, u bundan buyon Vazirlar Mahkamasiga hisobot berishi munosabati bilan (ilgari ushbu qo‘mitaning raisi Senat tomonidan tayinlanar va Senatga hisobot berar edi) ushbu masalalar Senat vakolatidan chiqarilganligi belgilandi.
Qayta tashkil etilgan Davlat qo‘mitasi shuningdek, ekologiya va atrofmuhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish, tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash borasida yagona siyosatni amalga oshirishga oid amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni ta’minlash;
Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish