Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)


Vakolatni amalga oshirish tartibiga ko‘ra



Download 1,37 Mb.
bet79/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Vakolatni amalga oshirish tartibiga ko‘ra, kollegial organlar va yakka tartibda vakolatni amalga oshiruvchi organlar.
Kollegial organlar – o‘z ish faoliyatini jamoaviy tarzda, ya’ni kollegial asosda tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida qonunlar deputatlarning jamoaviy muhokamasi va umumiy ovozi asosida qabul qilinadi. Mahalliy Xalq deputatlari kengashlari ham kollegial tarzda faoliyat yuritadi. Barcha vazirliklar va davlat qo‘mitalari tarkibida Hay’atlar, kengashlar tashkil etilgan bo‘lib, ular ham kollegiallik asosida ish olib boradilar.
Yakka tartibda faoliyat yurituvchi davlat organlari – mazkur organ rahbarlari xizmat faoliyatida muayyan bir ish yuzasidan jamoa bilan maslahatlashuv yoki muhokama qilish shaklidan ma’lum bir ma’noda mustaqil bo‘ladi va o‘zi yakka holda qaror qabul qiladi. Bunga Prezident, Bosh vazir, Bosh prokuror, vazir, hokim va boshqalarni misol tarzida ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ta’kidlash joizki, yakka tartibda qaror qabul qilish va ish yuritish faqat katta vakolat, huquqgina emas, balki ulkan mas’uliyat hamdir.
Hokimiyatning taqsimlanishi – deHokimiyatlar
mokratik huquqiy davlatning zaruriy sharti-
4-§.taqsimlanishi dir. Mazkur prinsipning qo‘llanilishi hokimiprinsipi
yatning suiiste’mol qilinishiga to‘siq qo‘yadi,
fuqarolarni mansabdor shaxslarning tazyiqidan himoya qiladi, davlat idoralari faoliyatining samarali bo‘lishiga shart-sharoit yaratadi. Hokimiyatlar taqsimlanishi nazariyasining vujudga kelishi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Ammo,
VI bob.
(apparati)

uning mustaqil va bir butun siyosiy-huquqiy ta’limot sifatida shakllanishi XVII–XVIII asrdagi burjua inqiloblari davriga to‘g‘ri keldi. Davlat organlari faoliyatining (vakolatlarining) chegaralanishi g‘oyasi eng umumiy ko‘rinishda antik davr donishmandlari – Platon, Aristotel, Polibiy, Likurg va boshqalar tomonidan ifoda etilgan.
Hokimiyatlar taqsimlanishi nazariyasi «klassik» shaklining an’anaviy asoschilari Jon Lokk va Sharl Lui Monteskyedir. Hokimiyatlarning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va federal turlarga bo‘linishi, Lokkning fikricha, inson huquqlarini ta’minlashning eng muhim vositalaridan biridir. Bunda «barcha qonun chiqaruvchi hokimiyatga itoat etadi, chunki u qonunlarni o‘rnata oladigan eng oliy organdir». Lokk sud hokimiyatini alohida e’tirof etmagan, sababi uni ijroiya hokimiyatning tarkibiy qismi deb hisoblagan.
Bu borada buyuk fransuz tarixchisi va faylasufi Sharl Monteskyening xizmatlarini alohida ta’kidlash lozim. U «hokimiyatlar taqsimlanishi» deb nom olgan bir butun tugal ta’limotni yaratgan. Olimning xulosasiga ko‘ra, adolatli qurilgan davlatda hokimiyat yagona emas, balki, aksincha, bir-biriga tobe bo‘lmagan uchta hokimiyat – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati bo‘lishi shart. Ularning har qanday ko‘rinishda biron-bir organ yoki shaxs qo‘lida mujassamlanishi umumiy manfaatlarga putur yetkazadi, suiiste’molliklarga olib keladi va shaxsning siyosiy erkinligi bilan aslo kelishmaydi. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning bir qo‘lda birlashtirilishi qonunning ustun bo‘lishiga zarar yetkazadi, bordi-yu, sudyalar faqat sudlov bilan mashg‘ul bo‘lmay, qonun yaratish ishi bilan shug‘ullansalar, u holda insonlar hayoti nohaqlik qurboniga aylanishi mumkin.
O‘z o‘tmishdoshlari singari Monteskye ham boshqaruvning samarali bo‘lishi uchun davlat faoliyati sohasida odilona «mehnat taqsimoti» zarur, deb ta’kidlagan. U uchta hokimiyatning har biri o‘z faoliyatining xususiyatiga muvofiq, alohida mustaqil organ tomonidan amalga oshirilgani ma’qul, degan. Ayni vaqtda, donishmand davlat organlari tizimi, ular o‘rtasidagi aloqalar tabiati, o‘zboshimchalikni cheklash va inson erkinligini ta’minlash maqsadida ularning o‘zaro hamkorligi hamda bir-birini «tiyib turish» munosabatlarini tahlil qilishda davom etgan. Bu o‘rinda hokimiyatlar mustaqilligi va ularni amalga oshiruvchi organlarning mustaqilligi, bir-birining faoliyatiga aralashmasligi o‘ta muhimdir.
Monteskye ta’limotida alohida o‘rin tutadigan g‘oya – hokimiyatlarning muvozanati, tengligi hamda ularning «o‘zaro tiyib turish va qarama-qarshi ta’sir etish sistemasi» haqidagi g‘oyadir. Yuqorida zikr etilgan hokimiyatlar o‘rtasida shunday munosabat o‘rnatilmog‘i lozimki, bunda ularning har biri davlat vazifalarini mustaqil o‘tash bilan birgalikda, o‘z huquqiy vositalari yordamida bir-birlarini muvozanatda ushlab turadilar, hokimiyat vakolatlarining birgina muassasa tomonidan qonunsiz ravishda tortib olinishi (uzurpatsiya qilinishi)ni bartaraf etadilar. Masalan, qonun doirasida ishlashi lozim bo‘lgan ijro etuvchi hokimiyat, ayni paytda, qonun chiqaruvchi kengashning faoliyatini chegaralab turishi talab etiladi, aks holda parlament o‘zining mutlaq hokimligini o‘rnatishi mumkin. Shu sababli ham ijro hokimiyatining boshlig‘i qonunlarni imzolashda «veto» (ya’ni, vaqtincha rad etish) huquqidan foydalanadi, qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘ladi.
O‘z navbatida, qonun chiqaruvchi organ qonunlarning ijro etuvchi organ tomonidan qanday bajarilayotganligi ustidan nazorat qilish vakolatlariga ega, hukumat esa, parlamentga hisob berishga majbur.
Hokimiyatning turli tarmoqlari o‘rtasida o‘zaro munosabat masalasiga chuqurroq kirib borar ekanmiz, unda Monteskyening qarashlari Lokkning g‘oyalaridan farq qilishini ko‘ramiz. Hokimiyatlarning uzviy aloqadorligini tan olish bilan birga, Lokk qonun chiqaruvchi hokimiyat ijro etuvchi hokimiyatdan ustun turishini ta’kidlaydi. Monteskye esa ularning to‘la tengligi, mustaqilligi, hatto alohidaligini yoqlab chiqadi. Bundan hokimiyatlar mutlaqo cheklanmagan degan ma’no chiqmaydi. Aksincha, hech bir hokimiyat idorasi boshqasining vakolatlari doirasiga aralashmaydi. Har bir hokimiyat o‘z himoyasi nuqtayi nazaridan o‘zga hokimiyatni nazorat qiladi, cheklab turadi, vakolatlaridan chetga chiqishga yo‘l qo‘ymaydi. Bunda hokimiyatlarni ta’minlashning tartibi, vositalari (mexanizmi) vujudga keltiriladi.
Hokimiyatlarning eng maqbul taqsimlanishi «o‘zaro tiyib turish va qarama-qarshi ta’sir etish sistemasi» yordamida ta’minlanadi. Mazkur sistema biron-bir hokimiyat organining mutlaq avtoritar mavqega ega bo‘lishiga, huquqni va konstitutsiyani poymol etishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Monteskye kashf etgan «o‘zaro tiyib turish va qarama-qarshi ta’sir etish sistemasi», ya’ni hokimiyat tarmoqlarini muvozanatda ushlash va hatto, qarama-qarshi qo‘yish sistemasi davlat organlarining samarali hamkorlik qilishiga sharoit yarata olmaydi, – deb yozadi rus olimi A. Barnashov.
Monteskyening sxemasi «uch hokimiyat» orasida birining ustun bo‘lishini inkor etadi. Bu ta’limot, avvalo, hokimiyatlar taqsimlanishiga tashkiliy-huquqiy yondashuvni anglatadi.
Keyinchalik Monteskyening qarashlari burjuaziya mafkurachilari tomonidan tanqidga uchragan. Xususan, buyuk fransuz olimi J.J. Russo ajralmas, yagona va bo‘linmas «xalq suvereniteti» pozitsiyasida turib Monteskyening hokimiyatlar taqsimlanishi g‘oyasini tanqid qilgan. Russo o‘z davri uchun ilg‘or hisoblangan siyosiy dastur bilan chiqqan. Uning asosida davlat hayotini «aql hukmronligi» va xalq suverenitetini ta’minlovchi «ijtimoiy shartnoma» vositasi orqali demokratik tashkil etish g‘oyasi yotadi.
Russo davlat vakolatlari taqsimlanishini, ya’ni davlat organlari o‘rtasida vakolatlar chegaralanishini tan olgan. Russoning ta’biricha, qonun chiqaruvchi hokimiyat – suveren xalq irodasining ifodachisi bo‘lganligi sababli, u (qonun chiqaruvchi) barchaga taalluqli umumiy xususiyatga ega masalalarni tartibga solishi lozim. Ijroiya hokimiyat suveren xalq qarori bilan o‘rnatilganligi bois, u xalqning ishonchli tayanchi va xizmatkori sifatida maydonga chiqadi. Barcha davlat organlarining tengligiga oliy qonun chiqaruvchi hokimiyatni qayta tuzish evaziga erishiladi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni xalqning o‘zi bevosita majlislarda amalga oshiradi (yirik shaharlarda vakillik organlari tuzilishi mumkin).
Yuqorida keltirilgan ikki yondashuv elementlarini birlashtirish birinchi marta Amerika Qo‘shma Shtatlarining 1787-yilgi Konstitutsiyasida o‘zining qonuniy ifodasini topgan. Konstitutsiya mualliflari «biz Qo‘shma Shtatlarning xalqi... » degan so‘zlar bilan uning suverenitetini bayon etgan. Davlat organlari (Kongress, Prezident va unga itoat qiluvchi ministrlar, sudlar)ning vakolatlarini bo‘lib berish orqali esa, «o‘zaro tiyib turish va qarshi ta’sir etish sistemasi» bilan to‘ldirilgan hokimiyatlar taqsimlanishini joriy qilgan.
Ko‘pchilik burjua davlatlari, shu jumladan AQSh ham, xalq suvereniteti va undan kelib chiquvchi qonunning oliyligi prinsipi zamirida «hokimiyatlar taqsimlanishi»ni e’tirof etgan. Masalan, AQSh Konstitutsiyasiga binoan, qonun chiqaruvchi hokimiyat Vakillar palatasi va Senatdan iborat Kongressga tegishli. Ijro etuvchi hokimiyat saylashga vakil qilingan kishilar tomonidan saylanadi. Prezident bir vaqtning o‘zida ham davlat boshlig‘i, ham hukumat boshlig‘i hisoblanadi. U qonunlarga itoat etishi shart, ammo Kongressga hisob bermaydi.
AQShning Oliy sudi nafaqat odil sudlovni amalga oshirish vakolatlariga, balki konstitutsiyaviy nazorat huquqiga ham ega. Buning ma’nosi shuki, Oliy sud qonunlarning va ma’muriy aktlarning konstitutsiya normalariga muvofiqligini tekshiradi va ularni g‘ayrikonstitutsiyaviy deb e’lon qilish hamda prezident yoki kongress aktlarini yuridik kuchga ega emas, deb topish imkoniyatiga ega. Jiddiy siyosiy inqirozlar davrida esa, Amerika Oliy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasida arbitrlik (hakamlik) rolini bajaradi. Shu yo‘l bilan hokimiyatlar faoliyatini o‘zaro uyg‘unlashtiradi.
An’anaga ko‘ra, hokimiyatlarning taqsimlanishi prinsipi AQSh Konstitutsiyasida o‘zining eng aniq ifodasini topgan deb hisoblanadi. Bunga Amerika davlat qurilishi tajribasidan olingan yuqoridagi misollar ham dalil bo‘la oladi. Ammo ko‘pchilik amerikalik mutaxassislarning o‘zlari e’tirof etganidek, hokimiyatlar taqsimlanishining mohiyati Massachusets shtatining Konstitutsiyasida yanada mukammalroq o‘z talqinini topgan. Unda masalan, shunday deyilgan: «Jamiyatda insonlar emas, balki qonunlar hukmron bo‘lishi uchun uni boshqarishda:

  • qonun chiqaruvchi hokimiyat hech qanday sharoitda ijro etuvchi va sud hokimiyatini (yoki ulardan birini) amalga oshirmasligi lozim;

  • ijroiya organlar hech qanday sharoitda qonun chiqaruvchi va sud hokimiyatini (yoki ulardan birini) amalga oshirmasligi lozim;

  • sud organlari hech qanday sharoitda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatni (yoki ulardan birini) amalga oshirmasligi lozim».

Hokimiyatlarning taqsimlanishi dunyoning hech bir mamlakatida, hatto ikki asrdan ortiq tarixga ega bo‘lgan AQSh da ham bunday radikal ko‘rinishda amalga oshirilgan emas. Bu uquvsizlik yoki istamaslik oqibati emas, balki jamiyatning real turmushini nazariy (mavhum mafkuraviy) qolipga solib bo‘lmasligi natijasidir. Lekin shunga qaramay parlament demokratiyasi rivoj topgan qator mamlakatlarda har bir hokimiyatning vakolat doirasi nisbatan mukammal belgilangan bo‘lib, unga boshqasi «bostirib» kirolmaydi. Faqat «birbiriga aloqador» masalalardagina, shunda ham qonun bilan belgilangan hollarda, turli hokimiyatlarning vakolatlari o‘zaro uyg‘unlashib ketishi mumkin. Ammo o‘z vakolatlari doirasida har bir hokimiyat mustaqil, o‘zaro teng va faqat qonunga itoat etadi.
1917–1991-yillar mobaynida Yer kurrasining oltidan bir qismiga teng hududda Sovet davlati hukm surganligi tarixiy hodisadir. U o‘ziga xos totalitar shakldagi davlat bo‘lib, «kommunistik» mafkuraga amal qilar edi. Sovet huquqshunoslik fani yetmish yil davomida hokimiyatlar taqsimlanishi to‘g‘risidagi mumtoz nazariyaning «oqilona mag‘zini», uning ilmiy va amaliy ahamiyatini inkor etib, xaspo‘shlab keldi.
Totalitar, ma’muriy-buyruqbozlik tuzumining barbod bo‘lishi oqibatida sobiq Sovet Ittifoqi vayronalarida bir qator yangi suveren davlatlar vujudga keldi. Sobiq Ittifoqdosh respublikalarning mustaqillikka erishish jarayoni demokratlashtirish, umuminsoniy qadriyatlarni qayta tiklash, inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligini tan olish, qonunning (huquqning) ustunligi, huquqiy davlat yaratish shiori ostida amalga oshdi. Yosh mustaqil davlatlarning shakllanishi jarayonlarida turli g‘oyalar va konsepsiyalarning paydo bo‘lishi tabiiy bir holdir. Shular jumlasidan hokimiyatlar taqsimlanishi nazariyasi ham keng tarqaldi. Bundan kutilgan maqsad – hokimiyatning suiiste’mol qilinishi, byurokratizm va siyosiy hayotdagi boshboshdoqlikdan saqlanishdan iborat. Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi deyarli barcha respublikalarning yangi konstitutsiyalarida davlat tuzumining huquqiy asosi sifatida mustahkamlangan.
Konstitutsiyaviy qonunchilik sohasida bunday o‘ta mas’uliyatli qarorga kelinishi o‘z-o‘zidan bo‘lgani yo‘q. Gap siyosiy mexanizmlarning oddiygina o‘zgarishi haqida emas, balki davlat qurilishining «demokratik» shakllari haqida jamiyatdagi chuqur singib ketgan eski stereotip (qolip)larning tubdan o‘zgarganligi, umuman, MDH davlatlarida davlat hokimiyati konsepsiyasining qaytadan ko‘rib chiqilganligi haqida borayotir.
Hokimiyatlarning oqilona taqsimlanishi – davlat tuzilmalarining samarali faoliyat yuritishi, suiiste’molliklarning bartaraf etilishi, inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishi, umuman qonunchilikni ta’minlashning garovidir. Shuning uchun ham hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipining davlatchiligimiz hayotiga real singdirilishi masalasi katta nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
Birgina quyidagi misolga murojaat etaylik. Prezidentlik lavozimining joriy qilinishi va keyinchalik uning takomillashib borishi ko‘pchilik respublikalarda parlament bilan ijroiya organlar o‘rtasida hokimiyat vakolatlarini qayta taqsimlash masalasini kun tartibiga qo‘ydi. Bu jarayonning ancha murakkabligi ayon bo‘lib qoldi. Dalil sifatida Rossiya Federatsiyasining parlamenti bilan hukumati o‘rtasida uzoq davom etgan keskin qarama-qarshilikni eslash kifoya. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, respublikalarning parlamentlari prezidentlik hokimiyati bilan «bahslashishga» layoqatsiz bo‘lib chiqdilar.
Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi mamlakatning aniq tarixiy shartsharoitlarini hisobga olgan holda oqilona joriy etilsagina, hokimiyat organlarining muvozanati va tengligini ta’minlash mumkin. Mazkur prinsip hokimiyat egasi bo‘lgan subyektlarning o‘zaro munosabatlarini tartib (muayyan qolip, andaza)ga solish imkoniyatini beradi. Zero, ularning har biri o‘z sohasi doirasida mustaqil bo‘lib, boshqa hokimiyatga itoat etmaydi va so‘zsiz ijro etilishi mo‘ljallangan qarorlar (aktlar) qabul qiladi.
Biroq hokimiyatlar taqsimlanishini mutlaqlashtirish kerak emas, chunki hokimiyatlarni o‘zaro birlashtirish, ular faoliyatini uyg‘unlashtirish lozim bo‘ladi. Buning uchun hokimiyatlarning mavqeini (maqomini) konstitutsiyaviy belgilash, chegaralash talab qilinadi. Biron-bir hokimiyatning qonun bilan mustahkamlab qo‘yilgan «chegaralar»dan chetga chiqishi va boshqa hokimiyatlarning vakolat doirasiga aralashishi mumkin emas.
Hokimiyatning har uch shaxobchasi, birgalikda yagona davlat hokimiyatini tashkil etadi. Ulardan boshqa hech bir davlat organi hokimiyatga da’vogarlik qilolmaydi.
Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipining muhim jihatlaridan biri shuki, unda hokimiyatning har bir shaxobchasi (tarmog‘i) qolgan ikki hokimiyat subyektining har birini nazorat qilish huquqi va imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Ammo bu nazorat – ustunlik emas. Nazorat huquqi nazorat qilinayotgan hokimiyatning konstitutsiyaviy vakolatlarini o‘zlashtirib olish imkonini bermaydi.
Hokimiyatlar taqsimlanishi har bir hokimiyatning o‘z vakolati doirasida to‘laqonli hokimiyat egasi bo‘lishini taqozo etadi. Shu bois har qanday alohida olingan davlatda yagona qonun chiqaruvchi organ, yagona ijro etuvchi organ hamda yagona sudlov organi (tizimi) bo‘lishi lozim.
Ilgari yuridik adabiyotda «vakillik hokimiyati» degan ibora keng qo‘llanilardi. Bu iborani to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Aslida qonun chiqaruvchi hokimiyat va vakillik organi deyish to‘g‘ridir. Qonun ijod etish faqat vakillik organi tomonidan emas, balki bevosita xalq tomonidan (referendum yo‘li bilan) yoki hatto alohida shaxs tomonidan (monarxiya shaklidagi davlatlarda) amalga oshirilishi mumkin. Bundan tashqari, masalan, Fransiya va Qozog‘iston Prezidentlarining ham qonunchilik vakolatlari bor. Vakillik xarakteriga esa ham qonun chiqaruvchi, ham ijro etuvchi hokimiyat ega bo‘lishi mumkin.
Hokimiyat taqsimlanishi serqirra hodisa bo‘lib, u tuzilma hosil qiluvchi va funksional prinsipdir. U alohida tarkibiy qismlarning qotib qolgan yig‘indisi emas, balki amal qiluvchi, harakatlanuvchi mexanizmdir. Bu mexanizm murakkab kelishtiruv va maxsus huquqiy jarayonlarni (shu jumladan, ixtilof va favqulodda holatlarga mo‘ljallangan jarayonlarni) birlashtirish vositasidir. Hokimiyatlarning yagonaligi (hamjihatligi) va taqsimlanishi davlat hokimiyati tarmoqlarining dialektik holatidir. Yagonalikka dialektik muvozanat orqali, hokimiyatlarni mutanosiblashtirish yordamida erishiladi.
Hokimiyatlar taqsimlanishi nazariyasining tarixiy va umuminsoniy qadrqimmatiga tan berish bilan bir qatorda shuni ta’kidlash kerakki, u ma’muriybuyruqbozlik tizimining barcha ofatlari va betayin davlat boshqaruvi oqibatlaridan xalos bo‘lishning yagona vositasi emas. Buning uchun hali yana bir qator omillar kerak. Ya’ni, ilg‘or taraqqiy etgan demokratiya, tegishli siyosiy madaniyat darajasi, «o‘zaro tiyib turish va qarama-qarshi ta’sir etishning» konstitutsiyaviy rasmiylashtirilgan sistemasi va hokazo. Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipini aslida to‘la hajmda joriy etish mumkin emas. Hatto, Amerika Qo‘shma Shtatlarida ham hokimiyatlar taqsimlanishi sof ko‘rinishda amalga oshmagan. Shuning uchun o‘zga davlat-huquqiy andazasini muayyan mamlakatga mexanik tarzda ko‘chirib o‘tkazish to‘g‘ri emas. Chunki, barcha xalqlar va davlatlar uchun yagona namuna, qolip, andaza bo‘lishi mumkin emas.
Shunday qilib, hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipining mohiyati hokimiyat vakolatlarini namoyon etuvchi davlat organlari o‘rtasida o‘zaro muvozanatni va ularning o‘zaro bir-birini tiyib turish tizimini ta’minlashdan iborat. Hokimiyatlar taqsimlanishi shuni anglatadiki, bunda davlat hokimiyati tarmoqlari o‘rtasida Konstitutsiya va qonunlar bilan belgilangan demokratik muvozanat (balans) ta’minlanishi nazarda tutiladi. Basharti, shunday muvozanat va hamkorlik ta’minlanmasa, har qaysi hokimiyat tarmog‘i, bu qonunchilik, ijro va sud hokimiyati tuzilmasi bo‘ladimi, tabiiy, ular o‘zlariga yuklatilgan vakolat va vazifalarni to‘la-to‘kis ado etish imkoniga ega bo‘lmaydi.
10–18-8

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish