Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet135/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Huquq normasida jamiyatning, xalqning, ular hayotining moddiy shart-sharoitlari bilan belgilanadigan erki, irodasi, manfaatlari ifodalanadi. Huquq normasi shaxslarning bir-biri bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarida qanday xatti-harakat modeliga, namunasiga rioya etishlari lozimligini, ya’ni qaysi harakatlarni sodir etish mumkin yoki qanday xatti-harakatlarni sodir etmaslik kerakligini ko‘rsatadi. Shu ma’noda huquq normasi insonlar xulqatvorining huquqiy mezoni sifatida maydonga chiqadi. Uning tartibga soluvchi vosita sifatidagi ahamiyati shundaki, muayyan huquq subyekti (xususan shaxs, organ, muassasa) o‘z harakatida huquq normasida mustahkamlangan qoidaga rioya etadi yoki boshqa huquq subyektidan huquq normasida belgilangan tegishli xatti-harakatni sodir etishni talab qiladi. Basharti, belgilangan huquqiy qoida bajarilmasa, huquqbuzarga nisbatan davlat ta’sir chorasi qo‘llaniladi.
Demak, huquq subyekti huquq normasida belgilangan xatti-harakat me’yoriga rioya qilgan taqdirda, holatida huquq normasi xatti-harakat o‘lchovi, faoliyat mezoni sifatida namoyon bo‘ladi. Huquq normasida belgilangan qoida buzilganida esa, u huquq subyektining harakatiga baho berish vositasi sifatida maydonga chiqadi.
Huquq ijtimoiy munosabatlarni qat’iy tartibga solish salohiyati tufayli katta tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, shu bois huquq normasi huquq buzilishi holatlarining oldini olishga xizmat qiladi. Chunki, huquq subyekti tomonidan qonunda belgilangan huquqiy xatti-harakat qoidasini buzish, muqarrar ravishda unga nisbatan ta’sir chorasining qo‘llanishiga olib keladi.
Huquq normasi yalpi umumiy xususiyatga ega. U ijtimoiy munosabat qatnashchilarining barchasiga, ularning xohish-istagiga bog‘liq bo‘lmagan holda, tegishli bo‘ladi. Ya’ni, ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir toifasiga, turiga tegishlidir (masalan, bitimlar tuzish, pensiyaga chiqish tartibi, nikohdan o‘tish va hokazo). Huquqiy normaning umumiy xarakterga ega ekanligi, avvalambor, shunda ko‘rinadiki, huquqiy normada ko‘zda tutilgan analogik holatlar yuzaga kelaverar ekan, bu norma ham qo‘llanilaveradi va aslo o‘z yuridik kuchini yo‘qotmaydi. Boshqacha aytganda, go‘yo normadagi holatlar o‘zining yuzaga kelishini «kutib yotadi» va vaziyat vujudga kelganda ishga tushadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 179-moddasida mustahkamlangan «soxta tadbirkorlik, ya’ni ustavida ko‘rsatilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadini ko‘zlamasdan ssudalar, kreditlar olish, foydani (daromadni) soliqlardan yashirish (soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy manfaat ko‘rish maqsadida korxonalar va boshqa tadbirkorlik tuzilmalari tuzish»dan iborat xatti-harakatning sodir etilishi – ushbu moddaning «harakat» ga kelishiga, qo‘llanishiga olib keladi.
Huquqiy normaning yana bir muhim jihati, uning davlat erki-irodasini, hokimona amrining ifoda etishida ko‘rinadi. Shu bois, huquq normasi – muayyan munosabatlar ifodasi yoki muayyan harakat sodir etishni maslahat beruvchi tavsiyanoma bo‘lmay, balki, shu normada ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelganda qanday harakat qilish lozimligini belgilovchi hokimiyat amridir. Har qanday huquq normasi vakolatli davlat organi tomonidan o‘rnatiladi yoki ma’qullanadi, shu bois u davlat amri-irodasini ifodalaydi, umummajburiy qoida tariqasida amal qiladi. Mabodo, huquq normasida belgilangan xatti-harakat qoidasi bajarilmasa, uning bajarilishini ta’minlovchi davlatning majburlov choralari harakatga keladi. Masalan, huquq subyekti tomonidan qonunga xilof harakatlar sodir etilishi tegishli yuridik javobgarlikka olib keladi, demak, huquq normasi davlatning majburlov kuchiga tayanadi.
Huquq normasi huquq subyektiga muayyan huquqlarni bergan taqdirda ham davlatning amr-irodasi saqlanib qoladi, chunki bu iroda huquq subyektining huquqlari kafili sifatida namoyon bo‘ladi. Huquq normasi mazmunan va ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra davlat amri-irodasini ifodalagani uchun uning bu belgisi, o‘z navbatida, huquqiy normaning ifodalanish shakliga qat’iy talab qo‘yadi. Shu sababli, huquqiy normalar shaklan aniqlikka ega bo‘ladi. Huquqiy norma qonunlarda, shu kabi boshqa rasmiy normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlanadi, zero, huquq normasini to‘g‘ri tushunish va o‘rinli qo‘llash uchun, u albatta puxta ishlangan, aniq va ixcham shaklda ifodalangan bo‘lishi kerak. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi ijtimoiy normalar ichida huquq normasi o‘zining aynan shu jihati, ya’ni shaklan aniq qoida ekanligi bilan ajralib turadi.
Yuqoridagi tahlillar asosida huquq normasining quyidagi o‘ziga xos belgilarini ta’kidlash mumkin:

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish