Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)


Huquq Huquq normasining struktura-tuzilishini 2-§.normasining



Download 1,37 Mb.
bet137/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Huquq Huquq normasining struktura-tuzilishini
2-§.normasining ochishda uning statik (turg‘un) holatidan tashqatuzilishi ri, dinamik (jo‘shqin) vaziyati hamda funksional
(harakatdagi) jihatlari muhim rol o‘ynaydi.
Huquq normalarining shunday funksional aloqalari mavjudki, ular huquqning ichki birligini ta’minlash va izohlash uchun xizmat qiladi. Huquq muayyan murakkab funksional tizimdir. Undagi alohida normalarning har biri huquqiy tartibga solish jarayonida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Ularning har biri predmet hamda vazifasi bo‘yicha ixtisoslashib, bu jarayon esa ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni nazarda tutadi. Bular: subordinatsiya aloqalari (bir normaning undan yuqori turuvchi boshqasiga «bo‘ysunushi»); huquq normalari o‘rtasidagi aloqalar; huquq funksiyalari asosida vujudga keladigan muhofazalovchi aloqalar ushbu bog‘liqlik mahsuli hisoblanadi.
Bulardan birinchisi huquq normalarining ongli-irodaviy mazmuni bo‘lib, ularda muayyan tafakkur, ong (qonun chiqaruvchi avvaldan dasturlashtirgan ijtimoiy munosabatlar modellari) hamda irodaviy (qonun chiqaruvchi- ning muayyan munosabatlarning real mavjudligini faol asoslashi) holatlar- ning mavjudligi bilan izohlanadi. Huquq normalarining yuridik mazmuni esa, har ikki holatni ham rasmiylashtiradi, ularga yuridik o‘ziga xoslik, huquqiy tabiat bag‘ishlaydi. Huquq normalarining yuridik mazmuni ularning o‘zida ifodalangan xulq-atvor qoidasi sifatida tushunilishi mumkin, qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar matni orqali anglab yetiladi.
Qonunchilik hujjatida mantiqan yakunlangan rasman muayyan mustahkamlanishiga ega bo‘lgan davlat hokimiyatining irodasi normativ qoida sifatida maydonga chiqadi. Qonun va boshqa huquqiy hujjatni yaratuvchi organ huquqiy norma mazmunida uning barcha tarkibiy qismlarini, ya’ni normaning qo‘llanish shart-sharoitlarini, subyektlarning huquq va majburiyatlarini, yuridik talabga rioya etilmagan holda – javobgarlik choralarini aks ettirishi lozim.
Shu bois huquqiy normaning tarkibiy tuzilishini tahlil etish ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etadi. Huquq tizimining boshlang‘ich elementi, ya’ni kichik tizim sifatida huquq normasi o‘z ichki tuzilishiga ega, ya’ni huquq normasi mazmunan o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bir necha tarkibiy qismlardan iborat. Ta’kidlash joizki, adabiyotlarda huquqiy normaning tuzilishi masalasida turlicha yondashuvlar mavjud. Xulq-atvor normalarining tarkibi haqidagi masala anchadan beri huquqshunoslarning e’tiborini jalb qilib kelmoqda.
Huquqiy normaning uch element(gipoteza, dispozitsiya, sanksiya)dan iboratligi haqidagi fikrlar huquqshunoslikda keng tarqalgan. Huquqiy normada, avvalambor, norma qo‘llaniladigan sharoitga oid qism bor, so‘ngra xulq-atvor qoidasining o‘zi bayon qilinadi, oxirida esa ushbu qoidani bajarmaganlik uchun kelib chiqadigan yuridik oqibat nazarda tutiladi.
Ijtimoiy munosabatlarning ayrim turlarini tartibga soluvchi huquq normalarining «ixtisoslashganligini» hisobga olgan holda, ko‘pchilik mualliflar yuridik norma tarkibidan ikki elementni ajratib ko‘rsatadilar: regulyativ normalarda – gipoteza va dispozitsiya; qo‘riqlovchi normalarda – gipoteza (dispozitsiya) va sanksiya. So‘zma-so‘z ifodalaganda bu odatda shunday bo‘ladi. Ushbu masala haqidagi bahslarning mohiyatini chuqurlashtirib o‘tirmay, ta’kidlash joizki, yuridik normaning uch elementli strukturasi – uning mantiqiy-yuridik ifodasidir. U nazariy fikrlash vositasida shakllantiriladi va o‘zining timsolida ushbu formulani ifodalaydi: «Agar... bo‘lsa, unda..., aks holda esa... bo‘ladi». Mantiqiy yuridik tizimni qayta tiklash uchun, mantiq talab va qoidalaridan tashqari yana qonunchilikni hamda yuridik texnikani, huquqiy aloqalar tizimini yaxshi bilish zarur. U yoki bu vaziyatda xatti-harakatning ma’lum bir qolipini belgilovchi huquq normalari, ya’ni xulq-atvor qoidalari, o‘zining mantiqiy yuridik tarkibiga ko‘ra, gipoteza, dispozitsiya va sanksiyaga ega.
Shunday qilib, huquqiy norma quyidagi uch element (qism)dan iborat:
1) gipoteza; 2) dispozitsiya; 3) sanksiya.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish