Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev
mazmunini tashkil etadi. Ushbu o‘ta jiddiy va mas’uliyatli jarayon muhim prinsiplar asosida amalga oshiriladi. Agar shunday prinsiplarga, ya’ni rahbariy g‘oya va qoidalarga tayanilmasa, huquqiy normalar tizimida sifat va samaraga erishib bo‘lmaydi. Eng asosiysi, xalq irodasi va manfaatlari ifodasini to‘liq ta’minlab bo‘lmaydi. Shu bois mamlakatimizda amalga oshiriladigan huquq ijodkorligi quyidagi asosiy prinsiplarga tayanadi: Huquq ijodkorligining xalqchilligi. Demokratik davlat o‘zining qonun ijodkorligi, huquq yaratish faoliyatida o‘z xalqi bilan, aholisining keng qatlamlari bilan mustahkam bog‘liq va chambarchas aloqador bo‘lishi lozim. Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbayi ekanligi Konstitutsiyamizda mustahkamlangan. Shunday bo‘lgach, davlat, uning organlari huquq yaratish chog‘ida xalq manfaati va ehtiyojlaridan kelib chiqishi mantiqiy holdir. Ayniqsa, qonunni xalq tomonidan saylangan deputatlar qabul qilishida chuqur va bevosita ramziy ma’no bor. Xalq o‘z muxtor vakillari orqali qonun chiqarish hokimiyatiga daxldor bo‘ladi. Qolaversa, huquq ijodkorligi subyekti hisoblanadigan barcha davlat organlarining ushbu faoliyati keng jamoatchilik, xalq ommasi nazorati ostida ro‘y beradi. Xalqchillik prinsipi haqida gap borganda butun mas’uliyatni his etish darkor. Zero, normativ-huquqiy hujjatlarda turli demokratik kanallar vositasida (xususan, ommaviy axborot vositalari orqali) xalqning tabiatini, fazilatlarini, mentalitetini, ruhini aks ettirish g‘oyatda muhimdir. Xalqning qonun (huquq) ijodkorligida bevosita va bilvosita ishtirok etishi demokratiyaning asosiy talabidir. Jumladan, qonun loyihalarining umumxalq muhokamasiga qo‘yilishi qonunda va boshqa huquqiy hujjatlarda xalqning xohish-irodasini to‘la ifodalashga ko‘maklashadi. Ushbu prinsip, shuningdek, qonunchilik hujjatlarini yaratishda xalqning, bevosita xalq vakillari(deputat va senatorlar)ning, jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlar, siyosiy partiyalarning, fuqarolarning huquqiy siyosatni shakllantirish va qonunchilikni takomillashtirishda keng ishtiroki orqali namoyon bo‘ladi1. Download 1,37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |