Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)


Mansabdor shaxslarning huquq ijodkorligi



Download 1,37 Mb.
bet118/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Mansabdor shaxslarning huquq ijodkorligi. Avvalo, mansabdor shaxs tushunchasini aniqlab olish lozim, chunki amaldagi qonunchilikda unga sxahs rodbasnam ,ikubloH .nagamlireb fir’at ilhsiget֪– davlat hokimiyat yoki boshqaruv organida yoxud nodavlat tashkilotida muayyan lavozimni egallagan, unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun huquqiy hujjatlar qabul qilish va amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan shaxsdir.

Nodavlat tashkilotlar (xo‘jalik, tijorat, ijodiy va hokazo) rahbarlarining huquqiy hujjat qabul qilish va amalga oshirish bo‘yicha vakolatlari mehnat, fuqarolik, moliya va boshqa sohalarga oid qonunchilik qoidalaridan kelib chiqadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida nazarda tutilgan quyidagi mansabdorlik lavozimlarini sanab o‘tish mumkin: Prezident, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spikeri, Bosh vazir, vazir, hokim, prokuror, sudya, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, korxona, muassasa, tashkilotlar rahbarlari va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlatimizdagi eng oliy mansabdor shaxs hisoblanadi.
Mansabdor shaxsning normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash va uni qabul qilish bo‘yicha faoliyati huquq ijodkorligi hisoblanadi. Biroq, uning huquqni qo‘llash bilan bog‘liq xatti-harakati huquq ijodkorlik faoliyati doirasiga kirmaydi.
Huquq ijodkorligi jarayoniga turli-tuman hayotiy vaziyatlar, ijtimoiy omillar (sotsial faktorlar) jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy omillar huquqiy tartibga solish ehtiyojini aniqlashga, huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashga, qonunchilik hujjati loyihasini muhokama qilish va qabul qilishga, pirovardida uning mazmuniga u yoki bu tarzda ta’sir o‘tkazuvchi ijtimoiy hayot hodisalaridir. Huquqni yaratish va shakllantirish jarayoniga eng avvalo iqtisodiy (moddiy), siyosiy, ijtimoiy, mafkuraviy va boshqa omillar ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois huquq yaratish jarayonida ijtimoiy omillar imkon qadar to‘la hisobga olinsa, yaratilayotgan qonunlar (huquqiy hujjatlar) jamiyat rivojlanishining obyektiv qonuniyatlariga, taraqqiyot ehtiyojlariga shunchalik mos keladi, hayot bilan hamohang bo‘ladi1.
Ijtimoiy ahamiyatga molik muayyan normativ-huquqiy hujjatni yaratishda qonun chiqaruvchi organ, har qanday huquq ijodkorlik subyekti quyidagi vazifalarni bajarishi lozim bo‘ladi:

  • tegishli normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi zarurligini belgilovchi turli sotsial omillarni o‘rganish;

  • huquqiy normalarni shakllantirish (loyihalashtirish) chog‘ida ijtimoiy va milliy qatlamlarning, sinflarning, butun jamiyatning turli-tuman manfaatlarini aniqlash va e’tibor bilan inobatga olish;

  • tayyorlanayotgan huquqiy normalar loyihasini tarixan avval qabul qilingan analogik hujjatlar bilan va xorijiy davlatlarda bugungi kunda amal qilayotgan shunday huquqiy qoidalar bilan qiyosiy tahlil o‘tkazish;

  • zaruriyat taqozo etganda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning oqilona variantlarini aniqlash uchun ijtimoiy eksperiment yo huquqiy eksperiment (tajriba) o‘tkazish;

  • loyihalashtirilayotgan huquqiy normaning huquqiy tizimda amal qilayotgan boshqa normalar bilan o‘zaro aloqasi va o‘zaro ta’sirining xususiyatlarini, tabiatini aniqlash kabi qator harakatlarni amalga oshirish2.

Huquq ijodkorligi davlat faoliyatining huquqiy shakllaridan biri bo‘lib, bu jarayonda quyidagi funksiyalar bajariladi: qonunlar, boshqa huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash; amaldagi qonunchilikni yangilash, uni ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlariga doimo moslashtirib turish; eskirgan huquqiy normalarni bekor qilib borish; huquqda hal etilmagan jabhalar, bo‘shliq(probel)ni to‘ldirib borish; qonunchilikni tartibga keltirish bir tizimga solish(sistemalashtirish).
Davlat qonunchilik faoliyati orqali siyosiy, iqtisodiy, sotsial-madaniy va mafkuraviy hayotning hamma sohalaridagi eng muhim masalalarni hal etishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar yaratadi. Qonunchilik funksiyasi har qanday davlatning ajralmas funksiyasi bo‘lib, bu uning shunday bir faoliyat yo‘nalishiki, unda davlatning oliy vakillik idorasi ijtimoiy tajribani umumlashtirish asosida jamiyatga davlat rahbarligini o‘tkazish va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish maqsadida qonunlar yaratadi, mavjud qonunlarni o‘zgartiradi va eskirganlarini bekor qiladi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish