Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)


Mahalliy vakillik va ijroiya organlarining hujjatlari



Download 1,37 Mb.
bet114/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Mahalliy vakillik va ijroiya organlarining hujjatlari. Mahalliy vakillik va ijroiya organlari Konstitutsiya, qonunlar, farmonlar, hukumat qarorlari, markaziy davlat boshqaruvi organlarining hujjatlariga muvofiq holda va ularni ijro etish uchun qaror va farmoyishlar qabul qiladilar. Mazkur huquqiy hujjatlar shu davlat organlari hokimiyati ta’sir etadigan hudud doirasida amal qiladi. Ular yuqorida sanalgan hujjatlarga zid bo‘lib chiqsa, tegishli tartibda bekor qilinadi. Xususan, O‘zbekiston Prezidenti Konstitutsiyaga binoan xuddi respublika boshqaruv organlarining hujjatlari singari, hokimlarning qabul qilgan g‘ayriqonuniy hujjatlarini to‘xtatadi va bekor qiladi (93-moddaning 16-bandi).
Yuridik adabiyotda huquqning manbayi sifatida huquqiy odat, sud tajribasi (sud presedenti), xalqaro shartnomalar ham ko‘rsatiladi. Odatlar faqat davlatning ma’qullashi tufayligina huquqiy odat sifatiga ega bo‘lishi mumkin. Huquqiy odatlar qonun va boshqa normativ huquqiy hujjatlar amal qilmaydigan sharoitlarda qo‘llanilishi mumkin. Sud amaliyoti va tajribasi mavjud qonunlarni takomillashtirishda katta ahamiyatga ega. Xalqaro shartnomalarga kelganda, ularning mamlakat ichki huquqiy qoidalaridan ustuvorligi tan olinadi. O‘zbekistonning deyarli barcha qonunlarida basharti xalqaro shartnoma va bitimlarda O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlaridagidan o‘zgacha qoidalar belgalangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma va bitim qoidalari qo‘llanilishi belgilab qo‘yilgan.
Shunday qilib, qonun respublika normativ-huquqiy hujjatlari o‘rtasida o‘z yuridik kuchi jihatidan eng ustuvor o‘rinni egallaydi. Shuning uchun ham qonun jamiyat huquqiy tizimining o‘zagi sifatida namoyon bo‘ladi.
Normativ Iqtisodiyotda bozor munosabatlari,
5-§.shartnomalar jamiyatda ijtimoiy sheriklik rivojlanayotgan
sharoitda serqirra manfaatlar ko‘lami nafaqat
davlat amri bilan, balki tashkilotlar, fuqarolarning (ular uyushmalarining) normativ mazmundagi shartnomalari qoidalari bilan ham me’yorlanmoqda. Shu bois, ijtimoiy munosabatlarning ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro aloqalarni tartibga soluvchi manba sifatida normativ shartnomalar alohida mavqega ega.
Normativ shartnoma deb ikki yoki undan ortiq subyektlar o‘rtasida tuziladigan, ularning huquq va majburiyatlarini o‘rnatadigan, o‘zgartiradigan va bekor qiladigan, og‘zaki yoki yozma shaklda ifodalangan bitimga aytiladi. Normativ shartnomalar huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa manbalardan farqli o‘laroq o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Normativ shartnomalar ikki yoki undan ortiq subyektlar o‘rtasida, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va boshqa muayyan bir sohalarda tuziladi. Normativ mazmundagi shartnomalar quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi: 1) umumiy mazmundagi normani ifodalaydi; 2) shartnoma ixtiyoriy tuziladi; 3) manfaatlar umumiyligiga asoslanadi; 4) tomonlar teng bo‘ladilar; 5) tomonlar shartnomaning barcha jihatlari bo‘yicha umumiy kelishuvga erishadilar; 6) aynanlik (ekvivalentlik) va odatda, zarar to‘lov bilan qoplanadi; 7) majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun o‘zaro javobgarlik nazarda tutiladi; 8) huquqiy jihatdan ta’minlanadi.
Normativ shartnomalar turli xil mezonlar asosida tasniflanadi. Jumladan, ishtirokchilar soniga ko‘ra oddiy yoki murakkab turlardan iborat bo‘ladi. Oddiy shartnomada ishtirok etuvchi taraflar faqatgina ikki subyektning qatnashuvini talab etadi, xolos. Murakkab shartnomada esa, biror-bir masala yuzasidan ko‘pchilik ishtirokchilarning soni talab etiladi. Masalan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Yevropa Ittifoqi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti kabi tashkilotlarga uyushish murakkab shartnomalar asosida tuzilgan. Shuningdek, shartnomalar ifodalanish shakliga ko‘ra yozma va og‘zaki bo‘lishi mumkin. Og‘zaki shartnomalar asosan kundalik turmushimizdagi maishiy xizmat sohalarida teztez uchrab turadi. Masalan, yo‘lovchi va konduktor o‘rtasidagi o‘zaro munosabat yoki kichik hajmdagi oldi-sotdi munosabatlari yuzaga kelgan vaqtda sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar og‘zaki shakldagi shartnoma asosida amalga oshadi. Jamiyatdagi muhim va rasmiy munosabatlar faqatgina yozma shakldagi shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Davlatlararo shartnomalarning barchasi yozma shaklda tuziladi.
Shartnomalar tuzilish muddatining davomiyligiga ko‘ra qisqa muddatli va uzoq muddatli shartnomalarga ham bo‘linadi. Oila va nikoh munosabatlarida tuziladigan shartnomalar (nikoh shartnomasi) uzoq muddatli bo‘lib hisoblanadi. Qisqa muddatli shartnomalar esa muayyan ishni ma’lum bir vaqt ichida amalga oshirish bilan yakunlanadigan hollarda tuziladi.
Dunyo davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar hech bir davlatning qonun yoki qonun osti hujjati bilan tartibga solinmaydi. Xalqaro munosabatlarda shartnoma huquq manbayi sifatida maydonga chiqadi. Xalqaro shartnoma – davlatlararo yoki boshqa shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv bo‘lib, xalqaro huquq asosida tuziladi va tartibga solinadi. Xalqaro shartnomlar tuzilgan vaqtda yoki tan olinganida (ratifikatsiya qilinganida), uning matnida ifodalangan majburiyatlarni taraflar bajarishi shart ekanligi belgilab qo‘yiladi. Ayrim hollarda davlatlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar amal qilish muddati tugamasdan ham bekor qilinishi mumkin. Buni xalqaro huquqda denonsatsiya qilish deb nomlanadi. Vena konvensiyasining 2-moddasida xalqaro shartnoma huquqi haqida shunday tushuncha berilgan: «Shartnoma – bu davlatlar o‘rtasidagi kelishuv bo‘lib, yozma ravishdagi xalqaro huquq bilan tartibga solinadi». Masalan, 1990-yilgi 12-sentabrda «GFR va GDRni yagona Germaniya davlatiga birlashtirish to‘g‘risida» tuzilgan xalqaro shartnoma ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi huquq manbayi sifatida xizmat qilmoqda. GDR bilan GFR davlatlarini birlashtirgan xalqaro shartnoma ularning keyingi harakatlari uchun asosiy huquqiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Xalqaro-huquqiy shartnoma: kelishuv, akt, konvensiya, deklaratsiyalar xalqaro huquqning manbayi hisoblanib, davlatlarning o‘zaro siyosiy (hamdo‘stlik, o‘zaro yordam, hujum qilmaslik, qurolsizlanish to‘g‘risidagi), iqtisodiy (savdo, iqtisodiy yordam ko‘rsatish, qarz berish, kredit berish haqidagi) va boshqa toifa hamkorligini tartibga solishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va maxsus masalalar bo‘yicha bir qancha shartnomalar tuzgan va bu borada 1995-yilda O‘zbekiston Respublikasining «Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilingan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, xalqaro shartnomalarning qoidalari O‘zbekiston qonunlariga nisbatan ustunlikka ega.
Xalqaro shartnoma xalqaro huquqning asosiy manbalaridan biri sifatida davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi turli xil munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy hujjatdir. Xalqaro shartnomalar huquqi xalqaro huquqning alohida sohasi sifatida maydonga chiqadi.
14–18-8


Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish