Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)


Huquqiy xulq-atvorning o‘ziga xos belgilari



Download 1,37 Mb.
bet247/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Huquqiy xulq-atvorning o‘ziga xos belgilari:
Ijtimoiy foydaliligi – bunda huquqiy xatti-harakatlar jamiyat, shaxs va davlat uchun foydali bo‘ladi va biror-bir shaxsga zarar keltirmaydi;
Ixtiyoriyligi va ongliligi – bunda jamiyat a’zolarining asosiy qismi huquqiy harakatlarni jazo choralaridan qo‘rqanidan emas, balki o‘z ixtiyorlari bilan, huquqni hurmat qilish asosida amalga oshiradi;
Huquq normalariga muvofiqligi – shaxslarning xatti-harakatlari amaldagi huquq normalariga mos kelishi va o‘rnatilgan talablarga javob berishi, shuningdek, huquq normalari bilan ruxsat etilgan chegaralarda bo‘lishi talab qilinadi.
Huquq qoidalariga amal qilish, yuridik majburiyatlarni bajarish, berilgan huquqlardan foydalanish, maxsus subyektlar tomonidan huquqni qo‘llash – bularning barchasi birgalikda huquqiy xulqning mohiyatini ifodalaydi.
Huquq nazariyasida qaror topgan talqinga ko‘ra, xulq-atvor – huquqqa muvofiq, yuridik betaraf va huquqqa zid keluvchi xulq-atvor bo‘lishi mumkin.
Huquqiy xulq-atvor tuzilishiga ko‘ra quyidagi to‘rt elementning birligidan iborat: subyekt, obyekt, subyektiv tomon va obyektiv tomon.
Subyektlar sifatida qonunda belgilangan tartibda tan olingan jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadi.
Obyektlar bo‘lib moddiy dunyoning ne’matlari, ijodiy faoliyat natijasi va subyektlarning xulqi hisoblanadi.
Obyektiv tomon huquqiy xulqning harakat yoki harakatsizlik shakllarida namoyon bo‘lishidir.
Subyektiv tomon huquqiy xulq-atvorning ichki tomonlarini ifodalab, u huquq subyektlarining harakatlari motivlari, ruhiy holati, ichki kechinmalari hamda mas’uliyatlilik darajasi bilan tavsiflanadi.
Huquqiy xatti-harakat juda keng ma’noga ega. U o‘z xususiyatiga ko‘ra bir xil emas. Shaxsning huquqiy tartibga solish jarayoniga jalb etilish darajasiga ko‘ra huquqiy xatti-harakat quyidagi to‘rt turga ajratiladi:
Faol huquqiy xatti-harakat. Bu fuqarolar va yuridik shaxslarning tashabbusi, aqliy salohiyati va moddiy imkoniyatlariga tayangan holda huquqiy normalarni amalga oshirishga qaratilgan faol huquqiy faoliyatidir. Shaxsning huquqiy faolligi – davr talabi. Huquqiy faollikning namoyon bo‘lish shakllari turlicha. Bu jamiyatga sidqidildan faol xizmat qilish, siyosiy va ijtimoiy hayotda qatnashish, qonun loyihalari muhokamasida bevosita ishtirok qilish, davlatning har xil tuzilmalari bilan hamkorlik qilish va hokazo.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish