Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)


) Xalqning bevosita huquq ijodkorligi



Download 1,37 Mb.
bet117/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

1) Xalqning bevosita huquq ijodkorligi. Xalq tomonidan amalga oshiriladigan huquq ijodkorligining eng yorqin ifodasi referendum – davlat va jamiyat hayotining o‘ta muhim masalalari bo‘yicha umumxalq ovoz berishidir. Referendum huquq ijod etishning alohida shakli sifatida xalqning o‘z irodasini bevosita bayon etishi hisoblanadi. Bu huquqiy normalar yaratishning o‘ta nufuzli turi bo‘lib, referendum natijalari davlat hokimiyat organlarining bironbir tarzdagi tasdiqlashiga muhtoj emas. Referendum yo‘li bilan qabul qilingan hujjat mamlakat hududida oliy yuridik kuchga ega bo‘ladi va faqat referendum orqali bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasining «Referendum to‘g‘risida»gi Qonunini 1-moddasi). U qat’iy irodaviy mazmundaga siyosiy-yuridik institutdir. Mohiyat-e’tibori bilan referendum davlatning u yoki bu qarorining xalq ovozi bilan tasdiqlanishi, shu orqali unga uzil-kesil va umummajburiy xususiyat baxsh etilishidir. Xalqning intilish va istaklari, manfaat va irodasini aniqlash hamda qonun darajasiga ko‘tarishda referendum eng samarali usul hisoblanadi.
«Xalq huquq ijodkorligi» tushunchasining butun mazmuni, barcha qirralari birgina «referendum» instituti orqali batafsil ochilmaydi. Xalqning bevosita huquq ijodkorligi ancha keng tushuncha bo‘lib, uning mazmuniga quyidagi voqeliklar ham kiradi:

  • xalqning huquq tashabbuskorligi;

  • huquqiy hujjat (qonun) loyihasining jamoatchilik (umumxalq) muhokamasi;

  • huquqiy hujjatni, qonunni xalq ovoz berishi orqali qabul qilish (referendum).

Demak, referendum xalq huquq ijodkorligining bir, yakuniy bosqichidir1.

  1. Davlat organlarining huquq ijodkorligi. Bu huquq ijodkorligining asosiy, keng tarqalgan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan turidir. Davlat organlari- ning vazifasi, vakolatlari hamda faoliyat yo‘nalishlari qonunda belgilab qo‘yiladi. Ana shu yuridik vakolatlar doirasida har bir davlat organi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Ularning vakolatlari darajasi va ko‘lami normativ hujjatlarning yuridik kuchini, o‘zaro mutanosiblik (iyerarxik) munosabatlarini belgilab beradi. Odatda, davlat organlarining huquqiy maqomini belgilovchi yuridik akt(hujjat)da (Konstitutsiya, qonun, farmon yoki nizomda) ular qanday yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat qabul qilishi belgilab qo‘yiladi. Masalan, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 84-moddasiga ko‘ra, Oliy Majlis – qonun qabul qiladi; 94-moddasiga ko‘ra, Prezident – farmon, qaror va farmoyish chiqaradi; 98-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi Oliy Majlis va Prezident hujjalari ijrosini ta’minlash uchun qaror va farmoyishlar chiqaradi. Konstitutsiyaning 15 va 16-moddalari esa, qonun ustuvorligi prinsipini mustahkamlaydi. Bu moddalar mazmuni bilan normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi o‘zaro bo‘ysunish va ustuvorlik munosabatlari aniq-ravshan belgilab qo‘yilgan.


  2. Download 1,37 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish