Qo‘qonxonligi. Ashtarxoniylar hukmronligi yillarining so‘nggi bosqichida markaziy hokimiyati zaiflashib, viloyatlardagi mahalliy namoyandalarning mavqei kuchaygan. XVIII asr boshlarida mahalliy ruhoniylarning ta’siri hamda o‘zbeklarning minglar urug‘i vakili Shohruxbiy sa’y-harakati samarasida Farg‘onada mustaqil hokimiyatga asos solinadi. Ho‘qand qishlog‘i o‘rnida Shohruxbiy bino qilgan Qo‘qand shahri yangi davlat poytaxti bo‘lgan. O‘zini Chingiziylar avlodidan deb hisoblagan Shohruxbiy asos solgan sulola XIX asrning birinchi yarmida deyarli butun Sirdaryo havzasini va Yettisuvning bir qismini o‘z qo‘liga oldi. Ushbu davlat 1709–1876-yillarda Qo‘qon xonligi nomi bilan yashaydi.
Davlatda oliy hokimiyat xon qo‘lida to‘plangan. Hokimiyat meros tariqasida o‘tgan bo‘lsa-da, odatga ko‘ra xon saylangan (ko‘tarilgan). Uning vakolati asosan poytaxt va uning atrofi doirasidagina amal qilgan. Mahalliy hududlarda xon hokimiyatining ta’siri kuchli bo‘lmagan.
Xon o‘zining shaxsiy qo‘riqchilariga ega bo‘lgan. U urush vaqtlarida farmoyish berish orqali viloyat va shaharlardan qo‘shin to‘plagan hamda unga qo‘mondonlik qilgan. Keyingi davrlarda doimiy qo‘shin tashkil etilib, uning ta’minotini shaxsan xon yuritgan.
Qo‘qon xonligi boshqaruvi tizimi ko‘p jihatdan Buxoro va Xiva boshqaruviga o‘xshash bo‘lsa-da, o‘ziga xos tomonlari mavjud bo‘lgan. Harbiy lavozim egasi mingboshining mavqei ayrim davrlarda juda yuqori bo‘lgan. Qushbegi va parvonachiga mingboshi harbiy unvoni berilishi ham shuni ko‘rsatadi.
Mamlakatda oliy va markaziy boshqaruvi saroy tomonidan amalga oshirilgan. Saroyda faoliyat ko‘rsatuvchi mingboshiunvonigaegaqushbegibosh vazir hisoblangan. U xon maslahatchisi bo‘lib, biror shaharning hokimligini amalga oshirgan. Otabekharbiy qo‘shin qo‘mondonligini bajargan. Shig‘ovulshariat va odil sudlovga tegishli mansablarga tayinlash va ular faoliyatini nazorat etish bilan shug‘ul- langan. Shuningdek, parvonachi, lashkaramiriyuqori mansablardan sanalgan.
Saroyda shu bilan qatorda hudaychi xon yordamchisi bo‘lib, xon nomiga kelgan arizalarni qabul qilgan. Tunqator xon yostig‘i posboni va tunda xon topshiriqlarini bajaruvchi hisoblanadi. Noyibsarbozlar boshlig‘i bo‘lgan. Kotiblarga ularning boshlig‘i risolachi rahbarlik qilgan. Davlat xazinasi dasturxonchi tomonidan boshqarilgan. Bundan tashqari, boshqa xonliklardagi singari otaliq, dodxoh, mehtarboshi, mahramboshi, eshikog‘aboshi, miroxo‘rboshi, bakovulboshi, yuzboshiva boshqa mansablar joriy etilgan.
Sud hokimiyati tepasida joylardagi qozilar bo‘ysunuvchi qozikalonturgan. U quyi qozi sudlar ustidan apellatsiya instansiyasi tartibida ish ko‘rgan. Shayxul-islommusulmonlar jamoasi diniy ishlarining oliy boshlig‘i bo‘lgan. Shayxulmashoyixmuqaddas joylarning mutasaddisi bo‘lgan.
Mamlakat ma’muriy-hududiy jihatdan viloyat (beklik) va shaharlarga bo‘lingan. Mahalliy hokimiyat xon tomonidan tayinlanadigan hokimlar tomonidan deyarli mustaqil amalga oshirilgan. Hokimlar bek, beklar begi va qushbegi unvonlariga ega bo‘lishgan. Ko‘chmanchi aholi hududlari biylar tomonidan boshqarilgan.
Jumladan, siyosiy tizimda Toshkent shahri boshqaruvi alohida ahamiyat kasb etib, u erkin shahar hisoblangan. Uning hokimiyati tepasidagi shaharning boylari va zodagonlari (xojalar) xonga katta ta’sir ko‘rsata olgan. Ichki boshqaruv va sud ishlari mustaqil olib borilgan. Tashqi shahar tevarak hududlari bilan to‘rt dahaga (Beshyog‘och, Ko‘kcha, Shayxontohur, Sebzor), dahalar esa mahallalarga taqsimlangan.
XV asrning 80-yillarida ko‘chmanchi o‘zbeklarning bir qismi hozirgi Qozog‘iston yerlarida qolgach, turk-mo‘g‘ul qabila va urug‘lari bilan birlashib, qozoq xonligiga asos soldi. Boshqa bir qismi XV asr oxiri va XVI asr boshlarida Shayboniyxon rahbarligida Movarounnahr, Xorazmga bostirib keldi va temuriylar hukmronligiga barham berdi.
Shayboniyxon boshliq ko‘chmanchi o‘zbeklar qisqa muddat (1501– 1506-y.) ichida Movarounnahr va Xorazm ustidan o‘z hukmronliklarini o‘rnatdilar. Ammo Shayboniyxon o‘ldirilgandan keyin ko‘p vaqt o‘tmay mamlakatda o‘zaro kurashlar, nizolar avj oldi, natijada Xuroson safaviylar qo‘liga o‘tdi, Movarounnahr esa Shayboniylarning mayda mulklariga bo‘linib ketdi. Abdullaxon II (1583–1598-y.) uzoq davom etgan va ko‘p qon to‘kilgan kurashlardan so‘ng mamlakatni birlash- tirishga muvaffaq bo‘ldi, ammo uning vafotidan so‘ng mamlakat yana bo‘linib ketdi. Keyinchalik xonlikda kuchli mang‘it qabilasi boshliqlari hokimiyat tepasiga keldi. Mang‘itlar hukmronligi ostida Buxoro va qo‘ng‘irotlar rahbarligidagi Xiva xonligi vujudga keldi. XVIII asr boshlarida (1709-y.) Farg‘onada, markazi Qo‘qon hisoblangan uchinchi xonlik tashkil topdi. Bu xonlik tepasida ming qabilasi boshliqlari turgan.
Xulosa qilib aytganda, ko‘chmanchi o‘zbeklar XVI–XVIII asrlarda O‘rta Osiyoning siyosiy hayotida ham muhim o‘rin tutganlar.
Buxoro, Xiva va Qo‘qon davlatlarining ijtimoiy-siyosiy tuzumi haqida ko‘plab qo‘lyozma asarlarda ma’lumot beriladi. Shulardan eng muhimlari hozirga qadar o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.