Shayxontohur tuman XTB tasarrufidagi 113- sonli IDUM direktorining buyrug’i
Shayxontohur TXTBning 2022-yil 18 martdagi 41-son buyrug’i ijrosi tog’risida
Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 28 fevraldagi “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’quvchilarning yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o’tkazish to’g’risida”gi 70-sonli hamda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasining 2022-yil 17-martdagi 84-sonli va Shayxontohur TXTBning 2022-yil 18 martdagi 41-son buyrug’i ijrosini ta’minlash hamda umumiy o’rta ta’lim muassasalarida 2021-2022-o’quv yilida o’quvchilarning yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o’tkazish maqsadida buyuraman:
Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasining 2022-yil 17-martdagi “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’quvchilarning bosqichli hamda yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o’tkazish to’g’risida”gi 84-sonli va Shayxontohur TXTBning 2022-yil 18 martdagi 41-son buyrug’i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Buyruq bilan:
113-umumiy o’rta ta’lim muassasasida o’quv mashg’ulotlari 2022-yil 25-mayda tugallanishi belgilab qo’yilganligi;
113- umumiy o’rta ta’lim muassasasi o’quvchilarinig davlat ta’lim standarti asosida egallashi lozim bo’lgan malaka talablariga muvofiq bilimlarini sinovdan o’tkazish maqsadida 9- va 11-sinflar uchun yakuniy (bitiruv) nazorat imtihonlari ilovaga muvofiq belgilangan fanlardan tashkil etilishi;
2021-2022 o’quv yilida umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’quvchilarining bosqichli nazorat imtihonlarini bekor qilinganligi;
Belgilab qoyilsinki, umumta’lim fanini bilish darajasi tog’risidagi sertifikat hamda chet tili fani bo’yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo’lgan o’quvchilar yakuniy davlat nazorat imtihonidan muayyan fandan ozod etiladi
-umumiy o’rta ta’lim muassasalarida 9-va 11-sinf o’quvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari 2022-yil 26-maydan 15-iyungacha amalga oshirilishi (“Jismoniy tarbiya” fani bundan mustasno):
-umumiy o’rta ta’lim muassasalarining 9-sinf o’quvchilari uchun “ Jismoniy tarbiya” fanidan yakuniy nazorat imtihonlari 2022-yil 2-7-may kunlari malakali tibbiyot xodimlarining nazorati ostida o’tkazilishi inobatga olinsin
Oquv ishlar bo’yicha direktor orinbosarlari N.X.Axmatovaga:
-umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’quvchilarinig yakuniy (bitiruv) nazorat imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko’rishlari uchun sharoitlar yaratish;
- yakuniy nazorat imtihonlarini shaffof, adolatli, xolis o’tkazilishini ta’minlash;
-yakuniy nazorat imtihonlarining o’z muddatlarida o’tkazilishini nazoratga olish;
-yakuniy nazorat imtihonlarining natijalari yuzasidan taklif va mulohazalarni umumlashtirib, 2022-yilning 18-iyun kuniga qadar Tuman xalq ta’limi bo’limiga taqdim etishi vazifalari yuklatilsin.
Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni o’z zimmamga olaman
Maktab direktori M.T.Tolipova
Toshkent shahar
2022yil 24mart
.........сон
Do'stlaringiz bilan baham: |