Odilqoriyev, N. Azizov, X



Download 0,99 Mb.
bet38/100
Sana28.03.2023
Hajmi0,99 Mb.
#922729
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   100
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ TARIXI (2012)

German qirollik (knaz)lari absolutizmi davri (XVII–XVIII asrlar). XV asrning oxiri va XVI asrning birinchi yarmi Germaniyaning iqtisodiy yuksalish davri bo‘ldi. Biroq iqtisodiy taraqqiyot juda notekis kechgan. Bu vaqtda Fransiya va Angliyada savdo va sanoatning rivojlanishi mamlakatning markazlashuviga olib keldi. Germaniyada esa bu jarayon alohida knazliklar doirasida yuz berishi natijasida siyosiy tarqoqlik yanada mustahkamlandi. XVII asrda absolutizm har bir german davlatida o‘rnatilgan edi. Bu esa mamlakatning iqtisodiy va siyosiy tarqoqligini mustahkamladi. Fransiya va Angliyadagi absolutizm davlat birligini ta’minladi.
Germaniyada diniy shakldagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar oqibatida bir mazhabdagi shimol (protestont) va janub (katolik) qismlariga bo‘linish yuz beradi. Ko‘zlangan maqsadlar cherkov hokimiyatini cheklash, feodalizmni tugatish va mamlakatni birlashtirishga qaratilgan edi. Ushbu jarayonda knazlarning hokimiyati ancha kuchayadi. Negaki, yuqori tabaqalar quyi tabaqalardan himoyalanish uchun uning madadiga muhtoj bo‘ladi.

  1. asr o‘rtalarida imperator va shimoliy knazliklar bilan tuzilgan Vestfaliya sulhi imzolanishi natijasida knazlarning oliy huquqlari tan olinadi. Ular ichki va tashqi mustaqillikka ega bo‘ladilar.

XVII–XVIII asrlarda davlat tuzumi deyarli o‘zgarishsiz saqlanib qoldi. Imperator lavozimi, reyxstag va imperiya sudi o‘z hokimiyatiga ega bo‘lmaydi. Imperator faxriy unvon egasi bo‘lib qoladi. Knazlar imperator oldidagi majburiyatlardan ozod bo‘lib, knazliklar imperiya yurisdik- siyasidan chiqadi. Knazlar o‘z yerlarida imperiyadan to‘la mustaqil bo‘lishdi. Dindorlar ham ular hokimiyati ostiga tushib qoladi. Lentaglar deyarli chaqirilmay qo‘yilgan.
Shunday qilib, Germaniyada burjuaziya ustidan feodalizm tarafdor- lari bo‘lgan dvoryanlar knazlar boshchiligida g‘alaba qozonishadi. Bosh- qa mamlakatlarda dvoryanlar va burjuaziyaning kuchlari barobar bo‘lib turishi butun mamlakatda absolutizm o‘rnatilishini ta’minlagan.
Ko‘pdan ko‘p german davlatlari orasida ulardan ikkita yirigi Prussiya va Avstriya XVII–XVIII asrlardayoq Yevropa tarixida katta rol o‘ynagan.
Ular har ikkalasi Germaniya imperiyasi tarkibida bo‘lib, har birining o‘z rivojlanish tarixi bor. Jumladan, Prussiya qirolligi XVIII asrgacha Brandenburg markgrafligi edi. 1701-yilda Brandenburg kurfyuristi Fridrix III (1688–1713-y.) Italiya merosi borasidagi ishtiroki evaziga imperatordan Prussiya qiroli unvonini oladi. Brandenburg-Prussiya davlati slavyan yerlari va boshqa nemis knazliklari hisobiga o‘sib boradi. Siyosiy sohadagi yutuqlari esa imperator hokimiyatining zaiflashuvi bilan bevosita bog‘liq. U XVIII asrdan absolut monarxiya shaklidagi harbiy despotiyaga aylanadi. Shu davrdanoq kuchli boshqaruv apparati, ko‘p sonli byurokratiya va armiya vujudga keltirilgan.
Davlat hokimiyati cho‘qqisida qirol turgan. U imperiyaning kurfyu- ristlar kollegiyasi tarkibiga kirgan. Qirol huzurida Yashirin kengash mavjud bo‘lib, u davlat boshqaruvining oliy organi edi. Prussiya armiyasi o‘sha vaqtda Yevropadagi eng ko‘p sonli va intizomli armiya hisob- langan.
Avstriya davlatiga qisqacha to‘xtalsak, u dastlab qoloq knazlik bo‘lgan. XVIII asrda mamlakatni siyosiy jihatdan kuchaytirish maqsadida dastlab qo‘shinni yaxshilash va ko‘paytirishga qaratilgan harbiy islohotlar amalga oshiriladi. So‘ngra ichki ishlar va moliya sohasini tartibga soluvchi organlar ta’sis etiladi. 1760–1761-yillarda markaziy boshqaruv organlari qayta tashkil etiladi. Shu tariqa Avstriya markazlashgan kuchli davlatga aylangan.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish