Odilqoriyev, N. Azizov, X



Download 0,99 Mb.
bet37/100
Sana28.03.2023
Hajmi0,99 Mb.
#922729
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   100
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ TARIXI (2012)

Germaniya davlati (IX asrning o‘rtasi – XVIII asr). Germaniya davlati Verden taqsimotiga muvofiq Lyudovik Nemisga o‘tgan «Sharqiy Frank yerlari»da tashkil topgan. Bu vaqtlarda mamlakat bir necha qabilaviy knazliklar yerlaridan iborat bo‘lgan. Yirik hududiy birliklar gersogliklar bo‘lgan. Shuningdek, tez orada qator fransuz, italyan va slavyan yerlari ham Germaniyaga qo‘shib olingan. Mazkur hududlarda shu tariqa yagona Germaniya qirolligi tashkil topgan.
Qirollik dastlabki davrlarda Sharqiy Franklar qirolligi, X asr o‘rtalarida Tevtonlar davlati, XI asr o‘rtalarida esa Germaniya deb yuritila boshlandi.
O‘rta asrlarda Germaniya davlatining tashkil topishi va rivojlanishida quyidagi bosqichlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

    • ilk feodal monarxiyasi (X–XIII asrlar);

    • kurfyuristlar oligarxiyasi hamda tabaqa-vakillik monarxiyasi davri (XIV–XVII asrlar);

    • german qirolliklari absolutizm (knazlik absolutizmi) davri (XVII– XVIII asrlar).

Ilk feodal monarxiyasi. «German millatining muqaddas Rim imperiyasi» (X–XIII asrlar). X asrlarda Germaniya bir necha mustaqil davlat (viloyat)lardan iborat bo‘lib, qirol hokimiyati rasmiy jihatdan tan olingan. XII asrdan e’tiboran siyosiy tarqoqlik hukm surgan.
Dastlabki davrlarda qirol odat huquqi asosida saylangan. Otton I davriga kelib (936–973-y.) hokimiyat meros tariqasida o‘tgan. U German imperatorlarining siyosiy markazi bo‘lgan Italiya ustidan 951–962- yillarda o‘z ta’sirini o‘rnatadi. Natijada imperatorlik tojini olib, Rim imperatori deb e’lon qilinadi. Yangi imperiyaga «Muqaddas Rim imperiyasi» nomi beriladi. XII asrga kelib, «German millatining muqaddas Rim imperiyasi» deb ataladigan bo‘ladi va bu nom 1806- yilgacha saqlanib qoladi. Davlat tepasida rasman imperator va papa turgan bo‘lib, butun hokimiyat imperator qo‘lida to‘plangan.
Ijtimoiy tuzum diniy va dunyoviy zodagonlar, harbiy-ritsarlar, dehqonlar va shaharliklardan iborat edi.
Davlat tuzumida ilk markazlashtirish siyosati natijasida ilk feodal monarxiyasi tashkil topadi. Oliy davlat hokimiyati qirol saroyidan amalga oshirilgan. Markaziy hukumat apparatini saroydagi qirol oila a’zolari, ularning xizmatchilari, vazirlari va erkin xizmatchilari tashkil etgan.
Saroy amaldorlari orasida kansler asosiy mansabdor shaxs bo‘lib, deyarli barcha boshqaruv ishlarini yuritgan. Saroybon (mayordam) saroy ishlarini yuritgan. Shuningdek, saroy dasturxonchisi, kamerariy, marshal, kapellan va boshqalar ham ajralib turgan.
Mamlakatda xizmatchilar tabaqasi vazirlardan iborat bo‘lib, hukumat ishlarini yuritishgan. Asta-sekin ular saroy amaldorlarini ikkinchi o‘ringa surib chiqarishgan.
Mamlakat boshqaruvida feodallar syezdlari juda katta rol o‘ynagan. Unda ichki va tashqi siyosiy masalalar hal qilingan. U mustaqil organ sifatida qirol vakolatlarini belgilash, uni hokimiyatdan chetlatish, qonunlar chiqarish, oliy mansabdor shaxslarni tayinlash va boshqa faoliyatni amalga oshirgan. Unda asosiy hal qiluvchi kuch eng yirik feodallar-knazlar bo‘lgan.
Qirol huzurida yirik zodagonlar vakilidan iborat qirollik kengashi – goftag tashkil etilgan. U bilan birgalikda ancha muhim davlat ishlari hal qilingan.
Mahalliy boshqaruv uzoq vaqtgacha qabilaviy gersogliklar bo‘yicha amalga oshirilgan. Keyinchalik ular deyarli mustaqil hududiy knazliklarga bo‘lingan.
Qo‘shinning bosh qo‘mondoni imperator bo‘lib, feodallar qo‘mon- donligida turgan. Qo‘shin imperiya armiyasi va knazliklar qo‘shinlariga ajralgan. Ayrim hollarda xalq lashkari ham chaqirib turilgan.
Sud tizimi korolinglar monarxiyasidan meros qilib olingan. Imperator oliy sudya hisoblangan. Keyingi davrlarda dunyoviy va diniy knazlarning hududiy sud hokimiyati kengayib, sud tizimi murakkablashgan va ko‘p bosqichli xarakter kasb etgan.
Kurfyuristlar oligarxiyasi hamda tabaqa-vakillik monarxiyasi davri (XIV–XVII asrlar). XIII–XV asrlarda Germaniya siyosiy tuzumi tarqoq va imperator hokimiyati zaif bo‘ladi. Imperatorning harbiy ta’minotchilari bo‘lgan feodal knazliklar deyarli mustaqil bo‘lib, bo‘linib ketadi. XIII asr oxirlarida mamlakat knazlar (3 ruhoniy va 4 ta dunyoviy) tomonidan idora qilinadi. Ular kurfyuristlar (saylovchilar) deb atalib, imperatorni saylash va taxtdan chetlatish huquqiga ega bo‘lishgan. Kurfyuristlar syezdi har yili chaqirilgan. Ular umumimperiya sudi va daxlsizlik huquqiga ega edi. Shuningdek, dastlabki davrlardayoq imperator
saylashda unga maxsus shartlar (saylov kapitulatsiyasi)ni qo‘ya boshla- ganlar.
Bu davrda oliy boshqaruv tizimida imperatordan tashqari yana ikkita imperiya muassasasi, ya’ni reyxstag va reyxskamergirixt bo‘lgan. Biroq ular ham imperiya birligini ta’minlay olmagan.
Ilgarigi davrdagi hududiy va asosan toifa vakillarining feodal syezdlari endi reyxstag deb atala boshlanadi. U XIV asrdan doimiy tuziladigan organga aylanib, imperiya saymi deb ham yuritilgan. Uning tarkibidagi uch toifaning kollegiyalari (kuriyalar) alohida va umumiy yig‘ilishlar o‘tkazib turgan. Reyxstag har olti oyda kurfyuristlar kuzatuvi ostida imperator tomonidan chaqirilgan.
Reyxstag tashqi aloqalarni hamda ichki tinchlikni, harbiy sohani, soliq va hududiy tuzilish masalalarini ko‘rib, qaror chiqargan. Qirol farmonlarini tasdiqlagan.
Reyxskamergirixt umumimperiya sudi hisoblanib, 1495-yilda reyxstag qarori asosida tashkil etiladi.
Imperator hech qanday real hokimiyatga ega bo‘lmagan. U knazlar konfedratsiyasi boshlig‘i bo‘lib qolavergan. XVI asr o‘rtalarigacha imperatorlarning siyosiy hokimiyatni o‘rnatish, umumimperiya qo‘shini va soliqlarini joriy etish, ma’muriy apparat tuzishga qaratilgan harakatlari samarasiz bo‘lib chiqqan.
Imperiya tarkibidagi davlatlarda tabaqa-vakillik organlari – landtaglar vujudga kelgan. Ular knazliklarda knazlarning hokimiyatini qisman chek- lagan. Ular asosan 2 yoki 3 palatadan iborat bo‘lgan. Palatalarga ruho- niylar, dvoryanlar hamda erkin dehqonlarning saylangan vakillari kirgan.
Landtaglarning vakolat doirasi juda keng bo‘lgan. Jumladan, maxsus sudlar tuzilgunga qadar knazliklarning oliy sudlari hisoblangan. Keyin esa appelyatsion instansiya bo‘lib qolgan. Davlat boshqaruviga ham aralashganlar. Xususan, knazlik kengashlari tarkibini tuzish va yuqori amaldorlarni tayinlashga ta’sir ko‘rsatgan.
Landtaglarning vakolatiga hukmron sulolalarda uzilish bo‘lib qolgan hollarda davlat boshlig‘ini saylash, tashqi siyosatda urush e’lon qilish, moliya-soliq ishlarini yo‘lga qo‘yish hamda diniy, politsiya (pul sifati, o‘rmon qo‘riqlovi) va harbiy ishlarni amalga oshirishlar ham kirgan.
Germaniyada tabaqa-vakillik monarxiyasi butun imperiya miqyosida emas, balki alohida knazliklar doirasida rivojlangan.
Mahalliy boshqaruvda shaharlar boshqaruvi alohida ahamiyat kasb etgan. Ularda asosan o‘zini o‘zi boshqarish tizimi shakllangan. Bu holatni o‘rta asrlar Yevropa davlatchiligining barcha davrlarida ko‘rish mumkin.
Sud tizimida feodal sudlar (feodalning o‘z dehqoni va hududida), cherkov sudlari (ruhoniy, ayrim dunyoviy kishilar va ma’lum darajadagi ishlarga – nikoh, diniy vasiyat va h.k.) mavjud bo‘lgan. Bundan tashqari, shahar sudlari ham faoliyat olib borgan. Ularning tarkibiy tuzilishi va shakllantirilishi turlicha bo‘lgan. Knazliklarda oliy sud, okrug sudi (okrug boshqaruvchisi – amtman) va quyi sudlar tashkil etilgan.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish