28
Ø
Ø
Ø
Ø
Ø
10- §. Qad-qomatning shakllanishi
Umurtqa pog‘onasining ahamiyati
Har bir odam tanasini o‘zi odatlangan holatda erkin tutishi
qad-qomat
deb ataladi. Qad-qomatning shakllanishida, ayniqsa,
umurtqa pog‘onasining normal rivojlanishi
muhim ahamiyatga
ega. Normal holda bo‘yin va bel qismida umurtqa pog‘onasi biroz
oldinga, ko‘krak va dumg‘aza qismida biroz orqaga egilgan bo‘ladi.
Bu tabiiy egilishlar bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda bo‘lmaydi.
Bolaning tik turishi, yurishi, boshni tik tutishi natijasida asta-
sekin bu egilishlar hosil bo‘ladi.
Qad-qomatning noto‘g‘ri shakllanishi bir necha xil bo‘ladi:
egilgan, lordoz, kifoz, kekkaygan, skoliotik qad-qomat (23- rasm).
Qad-qomatning buzilishidan faqat odamning tashqi ko‘rini-
shi o‘zgarmasdan, balki u ichki organlar (o‘pka, yurak, jigar,
buyrak, oshqozon va ichak kabilar)ning rivojlanishi va funksiyasiga
ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday
odamlar jismoniy mehnat
qilganida, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanganida nafasi
qisadi, yurak urishi tezlashadi, tez charchaydi va hokazo.
Bolaning qad-qomati normal shakllanishi uchun quyidagi
gigiyena qoidalariga amal qilish kerak:
— bolani yoshligidan tekis va biroz qattiqroq to‘shakda yotishga
o‘rgatish lozim, yostiq pastroq bo‘lishi kerak. Òo‘shakning qalin
va yumshoq bo‘lishi,
yumshoq prujinali karavot, baland yostiq
bolaning umurtqa pog‘onasi qiyshayib qolishiga sabab bo‘ladi;
— kichik yoshdagi bolalar, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uzoq
vaqt bir joyda o‘tirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi,
og‘ir buyumlarni ko‘tarmasligi, ayniqsa, doim faqat bir qo‘lida
ish bajarmasligi kerak. Bularning
barchasi bolaning umurtqa
pog‘onasi va oyoq suyaklari egrilanib qolishiga, qad-qomati
buzilishiga sabab bo‘ladi (24-rasm);
— bolalar va o‘quvchilar bo‘ylariga mos parta, stol-stulda o‘ti-
rishi kerak (maktabda, uyda dars tayyorlaganda, ovqatlanganda);
— o‘quvchilar parta, stol-stulda o‘tirganda
quyidagi qoidalar-
ga rioya qilishlari zarur: o‘tirganda gavdasi tik, yelkalari bir tekisda,
29
beli stul (parta) suyanchig‘iga suyanib tursin. Oyoqlari tizza
bo‘g‘imida to‘g‘ri burchak hosil qilib bukilsin. Oyoq kaftining hamma
yuzasi polga baravar tegib tursin. Ko‘krak
bilan parta qirrasi orasida
10 sm ga yaqin masofa bo‘lsin.
Qad-qomatning shakllanishi 18 yoshgacha davom etadi. Shu-
ning uchun ana shu yoshgacha bo‘lgan bolalar yuqorida ko‘rsatil-
gan qoidalarga amal qilsalar, ularning qad-qomati to‘g‘ri, chiroyli
bo‘lib shakllanadi.
Yassioyoqlik.
Odam tovon-kaftining pastki qismi tayanch-hara-
katlanish sistemasining muhim qismi hisoblanadi. U tuzilish
xususiyatlariga ko‘ra, tananing ressori
vazifasini bajarishga
moslashgan.
Òo‘g‘ri rivojlangan oyoq kaftining ko‘proq qismi o‘yiqroq (chu-
qurroq), ozroq qismi gumbaz shaklida bo‘ladi. Uning bunday tu-
zilishi tana massasini oyoqning tovon va kaft qismlariga baravar
taqsimlanishini ta’minlaydi.
Yassioyoqlikda tovon-kaft yuzasi (gumbaz qismi) kengayib,
o‘yiq (chuqur) qismining sathi kamayadi, ba’zida
esa oyoq yuza-
sining butun sathini gumbaz qism egallab, u tekis bo‘lib qoladi
(25-rasm). Natijada tovon-kaftning ressorlik vazifasi buziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: