Odam va hayvonlar fiziologiyasi” fanining predmeta, vazifalari


FIZIOLOGIK JARAYONLARNI O’Z-O’ZIDAN REFLEKTOR BOSHQARILISHINING ROLI



Download 185,08 Kb.
bet6/6
Sana01.07.2022
Hajmi185,08 Kb.
#728087
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 (3) (2) (3)

FIZIOLOGIK JARAYONLARNI O’Z-O’ZIDAN REFLEKTOR BOSHQARILISHINING ROLI.
Organizmning hujayralari nisbatan doimiy muhitda faoliyat ko'rsatadi, ya’ni ular qon, limfa va to'qimalararo suyuqliklar bilan 32 tinimsiz yuvilib turadi, chunki ularning tarkibi o'z-o'zidan boshqarilishi, almashinuvi, qon aylanishi, ovqat hazmi, nafas, ayiruv va boshqa fiziologik jarayonlar tufayli nisbatan doimiy (asab tizimi ishtirokida)ligi saqlanadi. Qon, limfa, to'qimalararo va orqa miya suyuqliklari organizmning ichki muhitini tashqil etadi, ya’ni to'qima va a’zolar hujayralari faoliyat ko'rsatadi. Ichki muhitning nisbatan doimimyligini ta’minlab turish xususiyati (gomeostazis) hayvonot dunyosining nisbatan yuqori rivojlanish bosqichlarida yuzaga kelgan. «Ichki muhitning doimiyligi - bu erkin yashash sharoitidir» (K.Bernar). Odamlar va yuqori darajada rivojlangan hayvonlarda ichki muhitning nisbatan doimiyligi nerv-gumoralli fiziologik mexanizmlar, yurak-tomirlar va nafas tizimlarini boshqaruvchilik, buyraklar, ter bezlari va hazmlash kanali funksiyalari tufayli almashinuvning oxirgi mahsulotlari organizmdan chiqarilishi tufayli ta’min etiladi. Qon aylanish jarayoni a’zolar va to'qimalarga, xuddi moddalar almashinuvining qoldiq mahsulotlarini ayiruv a’zolariga yetkazib berganidek, to'yimli moddalami yetkazib beradi. Organizmga gazsimon moadalamin tushishini va chiqarilishini nafas a’zolari ta’minlab beradi. Suyuq va qattik moddalarning singdirilishi va to'yimli moddalarning suvli eritmalariga aylantirilishi, so'ngra organizmning ichki muhitiga tushishi ovqat hazmi kanali tufayli ta’min etiladi. Ovqat hazmi kanali organizm tomonidan o'zlashtirilmagan va qoldiq moddalarning organizmdan chiqarilishida ham ishtirok etadi. Ichki muhitning nisbatan doimiy tarkibini ta’minlashda asosiy rolni buyraklar o'ynaydi, uning yordamida qon tarkibidagi ortiqcha suv, tuzlar, moddalar almashinuvini qoldiq mahsulotlami, ya’ni qon tarkibini doimiyligini buzuvchi va boshqa moddalami chiqarib yuboradi. Qon aylanishi, nafas, ovqat hazmi, ayiruv va boshqa tizim a’zolari o’z-o'zini boshqarish xususiyatiga ega. Bu muhim fiziologik jarayonlarning o'z-o'zidan boshqarilish ichki a’zolarning nerv uchlarida joylashgan asab tizimining quyi bosqichlarining qo'zg'alishini qabul qiluvchi retseptorlar orqali markazga intiluvchi — afferent nervlar bilan tushuvchi nerv impulslari tufayli amalga oshadi. Afferent nerv tolalaridan kelayotgan nerv impulslari markaziy asab tizimida qo'zg'alish yoki tormozlanishn keltrib chiqaradi. Natijada, markaziy asab tizimidan markazdan qochuvchi nerv tolasi orqali - efferentli, ish boshlovchi impulslar ichki a’zolar faoliyatini yoki uning tormozlanishini keltrib chiqaradi, hamda boshqariluvchi yoki korrelyatsilovchi impulslar ichki 33 a’zolarni oziqlanishini boshqarish yo’li bilan u yoki bu a’zonig ish bajarish qobiliyatini boshlaydi. Bunday o'z-o'zidan boshqarilishning asabli jarayoni reflektor boshqarilish deb atalsa, organ faoliyatining o'zgarishi va nerv uchlari bilan qabul qilingan qo'zg'alishga asab tizimi orqali uning ish qobiliyatini boshqarishga refleks deb ataladi.
Nazorat savollari
1. Odam va hayvonlar fiziologiyasi nimani o‘rgatadi?
2. Hozirgi zamon fiziologiya fanining asosiy yo‘nalishlari, sohalarini
aytin?
3. Fiziologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi qanday?
4.Fiziologiya fanining rivojlanish tarixi, asosiy bosqichlarini tushuntiring.
5. O‘zbekistonda fiziologiya qanday rivojlandi?
6. Fiziologiyaning qanday o‘rganish tadqiqot metodlari bor?
Download 185,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish