Odam va hayvonlar fiziologiyasi” fanining predmeta, vazifalari


Fiziologik funktsiyalar (faoliyatlari)



Download 185,08 Kb.
bet5/6
Sana01.07.2022
Hajmi185,08 Kb.
#728087
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 (3) (2) (3)

Fiziologik funktsiyalar (faoliyatlari). Organizmning biron-bir natija olishiga qaratilgan hayotiy o‘zgarishi fiziologik funktsiya hisoblanadi. Ular xilma-xil bo’lib, barchasi organizmning moddalar almashinuvi va moslashishini ta’minlashga xizmat qiladi. Fiziologik funktsiyalar sodda va murakkab, tug’ma va hayotda orttirilgan, makromolekulyar yoki yaxlit organizm darajasida yuzaga chiqadigan, vegetativ va somatik, himoya va hakozolarga bo’linadi. Mavjud fiziologik funktsiyalarning asosi bo’lib modda, energiya va ma’lumot almashinuvi hisoblanadi.
Fiziologik funktsiyalar mavjud ekan ularni birlashtiruvchi, organizmga nisbatan tizimli yondoshishini aks etuvchi universal model ham bo’lishi kerak.
Funktsional tizim - organizm uchun qandaydir foydali natijaga erishishda bir-biri bilan bog’liq bo’lgan turli asab hislatlari va periferik a’zolarning dinamik tizimidir.
Funktsional tizimning asosiy bo‘g’inlari quyidagilar:

  • organizmning ichki muhitdagi o‘zgarishlarini yoki tashqi ta’sirlarni qabul qiluvchi retseptorlar;

  • qabul qilingan signallarni markazga yuboradigan o‘tkazuvchi apparatlar;

  • turli darajadagi asab elementlari ko‘rinishdagi markaziy hosilalar;

  • somatik, vegetativ va endokrin komponentlarni o‘z ichiga olgan ijrochi mexanizmlar.

Agar, organizmni foydali moslashishining natijasi ko’pincha ichki muhit ko‘rsatkichlarini (arterial bosim, kislorod, qonda qandning miqdori) optimum chegarasidan chiqib ketishini tiklash bo’lsa, funktsional tizim gomeostazni ushlab turish va organizm adaptatsiyasining quroli bo’lib hisoblanadi.
Funktsiyalarniig nerv va gumoral boshqaruvi. Faoliyatlarning o‘zaro bog’liqligi, a’zolar va tizimlarning o‘zaro harakati, ularning bir maromda ishlashi, hamda moddalar almashinuvi yo‘llarini koordinatsiya qilish, maxsus boshqaruv mexanizmlar - gumoral va asab mexanizmlari faoliyati bilan amalga oshiriladi.
Gumoral yoki kimyoviy boshqaruv - filogenetik jihatdan ancha qadimgi shakl bo’lib, organizmning suyuq muhitida - qon, limfa va to‘qima suyuqliklargida aylanib yuradigan (tsirkulyatsiya qiladigan) biologik aktiv moddalar tomonidan amalga oshiriladi. Bu moddalar, ovqat bilan kirib kelishi (masalan, vitaminlar, elektrolitlar), almashinuv jarayonida hosil bo’lishi (SO2, aminokislotalar va ularning hosilalari va bosh.), endokrin a’zolar tomonidan sintezlanishi (garmonlar) mumkin. eng muhim ixtisoslashgan kimyoviy boshqaruvchilar - gormonlardir.
A’zo va to‘qimalar tarkibining asosi bo’lmish hujayralar ham, hujayra tashqarisidagi muhitga o‘z hayot faoliyatining mahsuloti bo’lmish - metabolitlarni ajratib chiqaradi. Ko’pincha, ular oddiy kimyoviy birikmalar - «ishlab chiqarish chiqindilari»dir. Ayrim hollarda, ular ham yuqori biologik faollikka va butun bir hayotiy reaktsiyalar zanjirini hosil qilish qobiliyatiga egadirlar (masalan, biogen aminlar, prostoglandinlar).
Gumoral boshqaruvchilar qonga o‘tib organizmning barcha hujayralariga boradi, lekin turli hujayralarning tanlab ta’sirlanishi tufayli (gormonlar uchun bu maxsus gormon-retseptorlarning borligi tufayli amalga oshiriladi) ular faqat ma’lum bir a’zolar faoliyatiga ta’sir qiladilar.
Organizm a’zolari o‘rtasidagi gumoral aloqalar, hayvonot va o‘simlik dunyosi uchun umumiy bo’lib, o‘ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Birinchidan, kimyoviy moddalar sekin tarqaladi. Ikkinchidan, qon, limfa yoki to‘qima suyuqligiga kelib tushadigan birikmalarning boradigan aniq manzili bo’lmaydi, ularning ta’siri lokal emas, ya’ni aniq joy bilan chegaralanmagan, shundan kelib chiqqan, holda u diffuziya yo‘li bilan sodir bo’ladi. Uchinchidan, amalga oshadigan bog’lanish mustahkam emas, chunki bu moddalar kam miqdorda ta’sir qiladi va tezda parchalanadi yoki organizmdan chiqarilib yuboriladi.
Boshqaruvning asab mexanizmi evolyutsiya nuqtai nazardan ancha yosh va mukammaldir. U, a’zolar va tizimlarning tezlik bilan o‘z faoliyatini qayta qurish, hamda ularning konkret muhit sharoitida organizm talablariga mos faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi. Bu hol, a’zolarni mo‘l innervatsiyalanganligi, axborotni asab o‘tkazuvchilar orqali yuqori tezlikda tarqalishi va ularni ma’lum «manzilgohga» - asab markaziga yoki a’zoga yo‘naltirilganligi oqibatida amalga oshiriladi.
Mushaklar yoki boshqa asab to‘qimalari bilan sinaptik bog’lamlar hosil qiluvchi asab to‘qimalarining oxirlarida ham, asab ta’sirlarini o‘tkazuvchi oraliq moddalar - mediatorlar ajraladi. Ular, retseptorlarning maxsuslashgan tizimiga ta’sir qiladi va ma’lum vazifa ijrosini amalga oshiradi.
Asab tizimining faoliyati reflektorli printsipga asoslangan. Refleks - organizmning javob reaktsiyasi bo’lib, u, qabul qiluvchi asab oxirlari - retseptorlarning ta’sirlanishiga javoban markaziy asab tizimining (MAT) ishtrokida amalga oshiriladi. Tananing tashqi yuzasida joylashgan va tashqi muhitdan ta’sirlarni (nurli, tovushli va h.k.) qabul qiluvchi retseptorlar - ekstroretseptorlar deb ataladi. Organizmning ichki muhiti va a’zolar holatini o‘zgarishlarini qabul qiluvchi retseptorlar - interoretseptorlar deb ataladi.
Retseptorlar ma’lum bir ta’sirchilarga nisbatan o‘ziga xoslikka (mexanoretseptorlar, xemoretseptorlar, termoretseptorlar, fotoretseptorlar, baroretseptorlar) va ta’sirchilar energiyasini asab impul’slariga transformatsiya qilish qobiliyatiga ega.
Impul’slar afferent (sezuvchi, markazga intiluvchi) yo‘llar orqali asab tizimiga (reflektor markaziga) keladi, bu erda ular qayta ishlanadi va efferent (harakatlantiruvchi, markazdan qochuvchi) yo‘lga o‘tadi. efferent asab tolalari sekretorli bo’lishi ham mumkin. Ular orqali, asab impul’slari ishchi a’zolarga - effektorlarga (mushakka, bezlarga) o‘tkaziladi.
Boshqaruvning asabli va gumoral mexanizmlari o‘zaro bog’liqdir. Gumoral (gormonal) bo‘g’inlar reflektorli reaktsiyalar zanjiriga tez-tez ulanib turadi. Gormonlar yoki metabolitlar, o‘z navbatida, asab markazlarining faoliyatiga, ularning holatini o‘zgartirishga ta’sir qilishi mumkin. SHuning uchun ham, organizm faoliyatini boshqarishning yagona asabli-gumoral boshqarilishi to‘g’risida so‘z yuritish qabul qilingan.

Download 185,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish