Ovqat hazmi. Me’da-ichak yo‘lining tuzilishi. Og‘iz bo‘shlig‘ida, ovqat hazmi, me’da. Me’da sekretsiyasini tekshirish usullari. Basov hamda I. P. Pavlov ishlari. Hazm shirasining tarkibi



Download 1,14 Mb.
bet1/3
Sana01.02.2022
Hajmi1,14 Mb.
#423540
  1   2   3
Bog'liq
8-mavzu Ovqat hazmi. Me’da-ichak yo‘lining tuzilishi. Og‘iz bo‘





Ovqat hazmi. Me’da-ichak yo‘lining tuzilishi. Og‘iz bo‘shlig‘ida, ovqat hazmi, me’da. Me’da sekretsiyasini tekshirish usullari. Basov hamda I.P.Pavlov ishlari. Hazm shirasining tarkibi.





  1. Ovqat xazm a'zolari ulaming tuzilishi

  2. Og’izda ovqat xazm bo’lishi.fermentlar bezlar.

  3. Og’iz bo’shlig’i a'zolari tuzilishi

  4. Xalqum, qizilo’ngach tuzilishi va vazifalari

  5. Me'dada ovqat xazmi. Me'da motor tunksiyasi. O’quv jarayoni mazmuni.



Nazariy qism:

Ovqat hazm tizimiga mansub a’zolar zimmasiga bir necha muhim


funksiyalarni bajarish yuklatilgan. Ularning asosiysi - ovqat hazm qilishdir. Ovqat
hazm qilishning mohiyatini tashqi muhitdan qabul qilinadigan ozuqa moddalarning
mexanik va kimyoviy yo‘l bilan parchalanishi va ichki muhitga so‘rilishi tashkil
qiladi. Hazm qilish jarayonida ozuqa moddalarning ichak shilliq qavati orqali ichki
muhitga so‘rilishining eng asosiy sharti - yuqori molekulali oqsillar
aminokislotalargacha, yog‘larning glitserin va yog‘ kislotalarigacha, uglevodlarning monosaxaridlargacha parchalanishidir. Shu darajagacha parchalanmay qolgan oqsil qoldiqlari, yog‘lar yoki uglevodlar ichki muhitga
so‘rilmaydi va tashqariga chiqarib yuboriladi. Hazm a’zolari tizimining yana bir muhim funksiyasini ularning endokrin hujayralari faoliyati tashkil etadi. Hazm a’zolari tarkibida joylashgan ko‘p turdagi hujayralar tomonidan ishlab chiqaradigan gormonlar organizmda umumiy ta’sirotga ega bo`lmay, balki aynan shu a’zolardagi mahalliy jarayonlarni, ya’ni mikrotsirkulyator tizim ishini, hujayralarning ko‘payishi, voyaga yetishishi va faoliyat ko`rsatishi jarayonlarini organizm talablariga mos ravishda boshqarish ta’sirotiga egadir. Hazm a’zolari tizimining uchinchi muhim funksiyasini esa ularning ichki muhitga tashqi
muhitdan yot moddalar va antigenlar kirishidan himoya qilish va mahalliy immun javobni amalga oshirishdan iboratdir. Hazm a’zolarining shilliq qavati immun hujayralarga boy bo‘lib, antigenlarga qarshi immun javobni to`liq amalga oshirishga qodirdir. Shilliqqavatlarning immunologik faoliyati organizm umumiy immun tizimi faoliyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Hazm a’zolari ajratuv funksiyasini ham bajaradilar. Ichki muhitdagi moddalar almashinuvining chiqindi hosilalari yoki organizm uchun zararli moddalarni buyraklar va ter bezlari qoniqarli ravishda tashqi muhitga chiqara olmagan taqdirda, ular qisman hazm organlari shilliq qavatlari orqali chiqarilash imkoniyati bor. Ammo, moddalar almashinuvining ba’zi hosilalari ichki muhitdan faqat hazm a’zolari
orqali chiqariladi. Masalan, taloqda nobud bo`lgan eritrotsitlardagi gemoglobinning parchalanishi tufayli paydo bo‘ladigan hosilalari (bilirubin) asosan jigar orqali o‘t suyuqligi tarkibida tashqi muhitga ajratiladi. Shu sababli jigar shikastlanganda ichki muhitda bilirubin miqdori keskin ortib ketib, «sariqlik kasalligi» kelib chiqishiga sababchi bo‘ladi.
Ovqatni hazm qilish jarayonini amalga oshirish uchun zarur fermentlar ko‘plab maxsus bezlar tomonidan ishlab chiqariladi. Fermentlar oqsil tabiatiga ega bo`lgan kimyoviy jihatdan faol moddalar bo‘lib, ularning har biri ovqat tarkibidagi yuqori molekulali oqsil, yog‘ yoki uglevod molekulalarini parchalash xususiyatiga egadirlar. Turli xususiyatlihazmfermentlari turli bezlarning, ya’ni so‘lak bezlari, me’da devori bezchalari, me’da osti bezining ekzokrin qismi va ichak devoridagi mayda bezchalar faoliyatining hosilalaridir. Har bir ferment muayyan funksiya bajaradi va faqat o`ziga xos modda yoki moddalar guruhiga ta’sir ko`rsatadi. Masalan, faqat oqsillarga ta’sir etuvchi fermentlarni proteazalar deyiladi. Bu
guruhga pepsin, jelatinaza, ximozin, tripsin, enterokinaza kabi fermentlarni misol qilib ko`rsatish mumkin. Yog`larni parchalaydigan fermentlar lipazalar deb nomlanadi. Ammo, yog`lar lipazalar tomonidan to`liq parchalanishi uchun ularga o`t suyuqligi ta’sir etib, yog`larni emulsiyaga, ya’ni bir-biriga qayta qo`shilib katta tomchi hosil qila olmaydigan nihoyatda mayda yog` tomchilariga aylantirib berishi zarur. Me’da osti bezining shira tarkibidagi lipazalar ta’siri jihatdan ayniqsa aktiv hisoblanadi. Uchinchi guruh fermentlarga karbogidrazalar misol bo`la oladi. Karbogidrazalar uglevodlarni parchalaydi. Ularni soni juda ko‘p bo‘lib, ularning har biri aynan uglevodlarga ta’sir etishi bilan, yoki parchalanish jarayoniga ketma-
ket va ma’lum yo`nalishda ta’sir etishi bilan ta’riflanadi. Masalan, uglevodlarniboshlangich parchalanish jarayoni ogiz bo‘shlig‘ida so‘lak tarkibidagi amilaza va maltaza ta’sirida boshlanadi. Uglevodlarning to`liq parchalanishi esa ichaklarda me’da osti bezining shirasi tarkibidagi amilaza maltoza, laktaza fermentlari ta’sirida amalga oshiriladi. Ovqat hazm tizimi hazm nayi va parenximotoz a’zolardan tarkib topgan Hazm nayini ogiz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo`ngach, me’da, ingichka va yo‘g‘on ichaklar tashkil qiladi. Parenximatoz a’zolarga so‘lak bezlari, me’da osti bezi va jigar kiradi. Hazm naychasining uzunligi 7-8 m.ga teng bo‘lib, 3 bo‘limdan tashkil topgan. Oldingi bo‘lim ogiz bo‘shlig‘i, halqum va
q izilo`ngachdan iborat. Bu a’zolar bosh, bo`yin va ko`krak qafasida joylashgan bo‘lib, to‘g‘ri yo`nalishga ega. Oldingi bo‘lim a’zolari - ovqatni chaynash, so‘lak bilan namlash va ovqat luqmasini shakllantirish, yutish va qizilo`ngach orqali me’daga yetkazish vazifasini bajaradi. So‘lak tarkibidagi amilaza ta’sirida uglevodlar qisman parchalanadi, lizotsim esa bakterisid ta’sir kuchiga ega. Til tarkibidagi ta’m bilish piyozchalari ta’m bilish a’zosini tashkil qilib, ovqatning nordon, achchiq, shirin va sho`r ta’mlarini sezish imkoniyatiga ega
Me’da - organizmda bir qancha funksiyalarni bajaradi (ilova: 40- rasm). Yutilgan ovqat me’dada to`planadi, maydalanadi, harakatlanadi, suriladi. Me’da devori orqali qand moddalar, spirt, suv va tuzlar suriladi, bundan tashqari ekskretor, sekretor va endokrin funksiyalarni ham o`taydi. Me’dada antianemik faktor ishlab chiqariladi. Bu maxsus modda bo‘lib, ovqat tarkibidagi V12 vitaminini o`zlashtirishga yordam beradi. Me’dani asosiy funksiyasi - bu me’da shirasini ishlab chiqarish. Me’da shirasi tarkibida pepsin, ximozin, lipaza kabi fermentlar, shuningdek xlorid kislota va shilliq moddalar tafovut etiladi. Me’da qorin bo‘shlig‘ining yuqori qismida, chap qovurg‘a sohasida, diafragmaning chap gumbazi tagida joylashadi. Katta odamlarda me’da hajmi yegan ovqatiga va ichgan suyuqlik miqdoriga qarab o‘zgaruvchan bo‘ladi va 1,5 - 4 litrni tashkil etadi. O‘n ikki barmoqli ichak - qorin devorining orqa qismida 1-3 bel umurtqalari qarshisida taqa holda joylashgan. O`n ikki barmoq ichakni anatomik xususiyatlaridan biri unga jigar o‘t pufagining umumiy o‘t yo‘li va me’da osti bezining shira ajratib chiqaruvchi bosh yo‘lini ochilishi. Me’dada dastlabki kimyoviy va mexanik parchalanishga uchragan ovqat massalar nordon muhitga
e ga, chunki ovqat massalari qoplama hujayralari ishlab chiqqan xlorid kislotasi va bosh hujayralar tomonidan sekretsiya natijasida ajratilgan pepsinogen bilan aralashib o`n ikki barmoq ichakka tushadi. I.P.Pavlov yaratgan bu yangi usul azolar ishini bir-biri bilan va butun organizm bilan boglangan xolda tekshirish imkon beradi.

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish