Odam tanasining shakllari


Ingichka ichakda ovqatning xazm bo’lishi



Download 0,6 Mb.
bet25/30
Sana23.07.2021
Hajmi0,6 Mb.
#126524
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
Anatomiya fanidan 15talik mavzu

Ingichka ichakda ovqatning xazm bo’lishi .

Ingichka ichakning uzunligi katta odamlarda 6 – 7 m , diametri 2,5-3 sm . Ingichka ichak 12 barmoqli ichak - 20 sm , och ichak va yon bosh ichakka bo’linadi . Oshqozon qisman parchalangan ovqat butkasi 12 barmoqli ichakka to’shadi. Bu erda jigardan o’g pufakda ishlab chiqilgan o’g suyukligi va oshqozon osti bezida ishlab chiqilgan oshqozon osti bezining shirasi yordamida va 12 barmokli ichak devorlarida ishlab chiqilgan ichak shirasi tasi rida ovqat butkasi parchalanadi.



Chaqaloq bolalar bilan go’dak bolalarning og’iz bo’shlig’I nisbatan kichik bo’ladi. Chaynash muskullari yaxshi rivojlangan tip katta, kalta va serbar bo’ladi.chaqaloqlarda so’lak bezlari yetarli rivojlanmagan so’lak kam chiqadi, og’iz bo’shlig’I shilliq pardasi quruq bo’lib turishi shunga bog’liq shuning uchun salga jarohatlanib turadi. 3-4 oylik bolalarda so’lak yetarlicha ajraladi lekin bolada yutish qobiliyati bo’lmaganligi tufayli so’lak oqib turadi. Chaqaloq sut bilan birga bir oz havoni ham yutadi, emish vaqtida boal yutgan bolani tik saqlaganda yuqoriga ko’tariladi, kekirishga sabab bo’ladi va medadan sutning bir qismini o’zi bilan olib chiqadi bu kusuk bo’lib chiqadi….. medaning sig’imi 30-34ml, uch oylik bolada 100ml, bir yoshar bolada 250ml ni tashkil etadi.

SPLANXNOLOGIYA ASOSLARI

Ichki organlar embrional taraqqiyotining 4 - xaftalarida endodermadan paydo bo'lgan birlamchi ichak naychasidan boshlanadi. Ichakning muskul qavati mezodermadan rivojlanadi. Ichak naychasi embrionning umurtqa pog'onasini old tomonda unga boshidan oxirigacha paralel joylashgan bo'ladi. Keyingi rivojlanish davrida ichak naychasi emrionga nisbatan tez o'sib, qorin bo'shlig'idan ikkita burilish (tizza)ni hosil qiladi. Natijada ichak naychasi bosh o'rta va orqa ichak naycha qismlariga ajraladi. Bu vaqtda embrionning bosh qismining bet tomonida ektodermadan og'iz bo'shlig'i va tilning oldingi qismlari rivojlanadi. Bunga qarama-qarshi birlamchi ichak naychasining bosh qismidan esa og'iz bo'shlig'ining va tilning orqa bo'lak, hiqildoq, qizilo'ngach va me'da rivojlanadi. Og'iz bo'shlig'ining oldingi bo'lagi bilan orqa qismi embrion rivojlanishida o'zaro qo'shilib, butun og'iz bo'shlig'i va tilni vujudga keltiradi. Birlamchi ichak naychasining bosh qismidan og'iz bo'shlig'i va tildan tashqari tishlar, so'lak bezlari, limfoid to'qimalar va qalqonsimon bez, qalqonsimon bez orqa tanachalari va ayrisimon bezlar rivojlanadi. Birlamchi ichak naychasining o'rta qismidan o'n ikki barmoq ichak, och ichak, yonbosh ichak va ularga aloqador bezlar (jigar, me'da osti bezi) rivojlanadi. Birlamchi ichak naychasining oxirgi qismidan esa ko'richak, ko'tariluvchi, ko'ndalang va pastga tushuvchi chambar ichaklar. «S» simon ichak va to'g'ri ichak taraqqiy etadi. To'g'ri ichak nayining oxirgi bo'lagi bo'lib, uning pastki qismi muskul qavati, ko'ndalang targ'il muskuldan tuzilgan. Bo'lg'usi to'g'ri ichakning pasti parda bilan berk bo'ladi. Embrion rivojlanishda ektodermada to'g'ri ichakka qarab chuqurcha (bo'lg'usi orqa teshik) vujudga keladi. Keyinchalik rivojlanish prosessida o'rtadagi parda shimilib ketadi va to'g'ri ichak tashqariga orqa teshik orqali ochiladi. Og'iz bo'shlig'i. Og'iz bo'shlig'i (cavum oris) - hazm organlari sistemasining boshlanish qismi bo'lib, ovqat birinchi marta shu bo'shliqda qabul qilinib, tishlar vositasida parchalanadi va so'laklar yordamida ximiyaviy parchalanib, me'daga o'tkazish uchun tayyorlanadi. Og'iz bo'shlig'i – og'izning kirish qismi - daxlizdan va xususiy og'iz bo'shlig'idan iboratdir. Og'iz daxlizi yuqori va pastki lablar bilan, yon tomondan lunjlar bilan, orqa tomondan yuqori va pastki jag' va milklar bilan chegaralanadi. Lablar tashqi tomondan teri, ichki tomondan shilliq pardalar bilan qoplanadi. Shu shilliq pardalarda juda ko'p bezlar joylashadi. Lunj lablarning bevosita davomi bo'lib, uning chuqur qatlamlarida yog' qavatlari, shilliq qavatida esa mayda bezchalar joylashgan. Og'iz bo'shlig'ining yuqori devorini qattiq va yumshoq tanglay hosil qiladi. Xususiy og'iz bo'shlig'i berk turganda ikki yon va old tomondan tishlar chegaralaydi. Yuqori devorini qattiq va yumshoq tanglay hosil qiladi hamda burun bo'shlig'ini og'iz bo'shlig'idan ajratib turadi. Og'iz bo'shlig'ining shilliq qavatida mayda bezlar ko'p. Qattiq tanglay yuqori jag'ning tanglay o'sig'i bilan tanglay suyakning ko'ndalang o'sig'idan tuzilgan. Yumshok tanglay muskullardan iborat bo'lib», orqa tomoni halqumga osilib turadi. Uning o'rtasida tilcha joylashgan. Uning shilliq qavati qattiq tanglay shillik qavatining davomi bo'lib hisoblanadi. Yumshoq tanglaydan oldinda til -tanglay ravog'i, orqada tanglay halqum ravog'i uchraydi. Bu ravoqlar orasida mo'rtak bo'shlig'i bo'lib, tanglay mo'rtagi joylashgan. Mo'rtak tuzilishidan limfoid to'qimalarga kiradi.

Shunday qilib, og'iz bo'shlig'idan xalqumga o'tish teshigi – bo'g'iz (tomoq) yuqoridan yumshok tanglay chodiri, ikki yon tomondan tanglay ravoqlari, pastdan tilning orqa yuzasi va til ildizi chegaralab turadi. Tishlar Tishlar - ovqatni tishlab uzib olish, chaynab maydalash, so'zlarni talaffuz etishda katta rol o'ynaydi. Tishlar tepa va pastki jag'lardan maxsus katakchalarda joylashgan bo'lib, og'iz bo'shlig'ining daxlizi bilan xususiy og'iz bo'shlig'i o'rtasida chegara bo'lib joylashgan. Tishlar epiteliy va mezenximadan rivojlanadi va shilliq pardaning suyaklangan surgichlari hisoblanib, jag' suyaklarining maxsus tish katakchalariga mix kabi kirib joylashgan. Odamlarda tishlar ikki marta almashinadi. Bolalarning sut tishlari b -7 oyligidan boshlab chiqa boshlaydi va 2-2,5 yoshga to'lganda butunlay chiqib bo'ladi. Sut tishi 20 ta bo'lib. 6-7 yoshga qadar turadi. Shu yoshdan keyin doimiy tishlar chiqa boshlaydi. Doimiy tishlar formulasi Og'iz yumilganda yuqori va pastki jag'dagi tishlarning chaynov yuzalari bir - biriga yaqinlashadi. Jumladan, katta va kichik oziq tishlarning chaynov yuzalari birbiriga zich tegib tursa, yuqori kurak tishlar (yuqori jag' suyagining ravog'i kengroq bo'lganidan) pastki jag'dagi kurak tishlarning oldiga o'tadi. Bulardan tashqari, yuqori jag'dagi oldingi tishlar lab tomonga, pastki jag'dagi oldingi tishlar til tomonga qarab yo'nalgan. Har bir tish uch qismdan iborat: uning og'iz bo'shlig'idan o'sib chiqqan qismi - toj qismi, jag' suyaklarining tish kataklariga joylashib turgan qismi - tish ildizi va o'rtasida toraygan joyi - tish bo'yinchasi mavjud. Tishning toj qismi dentin moddasidan tuzilgan bo'lib, ustini eng mustaxkam modda - emal o'rab turadi. Tishning bo'yinchasi va ildizi sement moddasidan tuzilgan. Tishda tish bo'shlig'i bo'lib, bu bo'shliqda - pulta joylashgan bo'ladi. Tish teshigi orqali qon tomir va nervlar pultaga boradi

Hiqildoqning tuzilishi

Hiqildoq (larynx, 140) nafas yo‘lining (burun bo‘shlig‗idan so‘ng) ikkinchi qismi bo‘lib, o‘zidan havo o‘tkazishidan tashqari tozalash, ilitib berish, muhofaza qilish, ovoz paydo qilish kabi funksiyalarni ham bajaradi. Hiqildoq bo‘yinning o‘rta qismida IV–VI bo‘yin umurtqalarining old tomonida joylashgan bo‘lib, Yuqorida til osti suyagiga osilib turadi, pastda esa bir oz torayib, kekirdakka o‘tadi. Hiqildoq orqa tomonda joylashgan halqumning hiqildoq qismi bilan qo‘shilib joylashgan. Chunki nafas sistemasi birlamchi ichak nayining old tomonidan rivojlanganligi sababli hazm a‘zolari sistemasi bilan nafas a‘zolari o‘zaro Yutqin va hiqildoqlar orqali qo‘shiladi. Shuning uchun havo Yutqin orqali hiqildoqqa o‘tadi. Hiqildoqni old tomondan mm. sternohyoideus, sternothyroideus, thyrohyoideus, omohyoideus bo‘yin fassiyasining Yuza varag‗i va traxeya oldi fassiyasi qoplagan.

Bundan tashqari, hiqildoqning old va ikki Yon tomonini qalqonsimon bezning bo‘laklari berkitib turadi. Hiqildoq juft va toq tog‗aylardan tuzilgan. T o q t o g‗ a y l a r uzuksimon tog‗ay (cartilago cricoidea), qalqonsimon tog‗ay (cartilago thyroidea), hiqildoq usti tog‗ayi (epiglottis s. cartilago epiglottica) dan iborat. J u f t t o g‗ a y l a r cho‘michsimon tog‗ay (cartilago arytenoideae), shoxsimon tog‗ay (cartilagines corniculatae) va ponasimon tog‗ay (cartilagines cuneiformes) lardan tuzilgan. U z u k s i m o n t o g‗ a y (cartilago cricoidea) gialin tog‗ayidan uzukka o‘xshab tuzilgan. Uning ingichkalashgan old qismida halqasi (arcus) va orqa kengaygan qismida plastinkasi (lamina) bor. Plastinkaning chekka Yonbosh Yuzasida cho‘michsimon hamda qalqonsimon tog‗aylarning Bo‗g‗im Yuzalari ko‘rinadi. Q a l q o n s i m o n t o g‗ a y (cartilago thyroidea) hiqildoq tog‗aylari ichida eng kattasi bo‘lib, gialin tog‗aydan tuzilgan. Uning ikkita yaxlit plastinkasi (lamina dextra et sinistra) bo‘yin old tomonida burchak hosil qilib qo‘shiladi. Bu burchak erkaklarda yaxshi rivojlanib bo‘rtib chiqqan bo‘lsa, Yosh bolalar va ayollarda o‘tmas burchak (yassiroq) shaklida bo‘ladi. Burchakning tepa tomonidan kesimta (incisura thyroidea superior) ko‘rinsa, plastinkalar orqa tomonining qirralarida tepa va pastki shoxsimon o‘siq (cornu superius et inferius) lar ko‘rinadi. Cornu inferius uzunroq bo‘lib, uchida uzuksimon tog‗ay bilan qo‘shiladigan Bo‗g‗im Yuzasi bor. Plastinkalarning tashqi Yuzasida m. sternothyroideus va m. thyroideus lar yopishadigan qiyshiq chiziq (linea obliqua) ko‘rinadi.

H i q i l d o q u s t i t o g‗ a y i (epiglottis s. cartilago epiglottica) elastik tog‗aydan tuzilgan bo‘lib, Yuqori qismi til asosining orqa tomoniga, uning pastki ingichkalashgan (barg bandi – petiolis epiglottidis) qismi esa qalqonsimon tog‗ayning orqa Yuzasiga (hiqildoqqa kirish qismida) yopishadi. Hiqildoq usti tog‗ayi Yutish jaraYonida hiqildoqqa kirish teshigini yopib, ovqatning halqumdan qizilo‘ngachga o‘tishini ta‘minlaydi.




Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish